Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Turi Oliy taʼlim
Maqomi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 15-avgust
Hududiy xizmati Oʻzbekiston
Vazir Kongratbay Sharipov
Vebsayti gov.uz/oz/edu
Til(lar)i Oʻzbek tili

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini nazorat qiluvchi davlat hokimiyatining vakillik organidir.

1991-yil 15-avgust kuni tashkil topgan. 2022-yil 24-dekabrda qayta tashkil etilgan[1]

Maqsadi va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, oʻrta maxsus, professional taʼlim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga soladi. Xalqaro mezonlar asosida oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash, oʻquv jarayonini tashkil etish meʼyorlarini belgilaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash ishlarini tashkil qiladi. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantiradi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantiradi. Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlaydi, yangi ishlanmalarni tijoratlashtiradi, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantiradi[2].

Vazirlik huzuridagi tashkilotlar:

  1. Innovatsion rivojlanish agentligi
  2. Bilim va malakalarni baholash agentligi
  3. Oliy attestatsiya komissiyasi

Yangi vazirlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi negizida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etildi. Bu Oʻzbekiston prezidentining „Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida koʻzda tutilgan holda amalga oshirildi[3][4][5].

  1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi negizida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda
  2. Vazifa va funksiyalar
  3. „Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda“. www.daryo.uz. Daryo.Uz (24-dekabr). Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.
  4. „OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NEGIZIDA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TASHKIL ETILMOQDA“. www.sifatli.uz. SIFAT.UZ. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.
  5. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ФАРМОНИ, Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 21.12.2022 йилдаги ПФ-269-сон „ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“. www.lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi (2022-yil 24-dekabr). Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.