Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Turi | huquqiy |
---|---|
Maqomi | vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 1991 |
Joylashuvi | Toshkent, Islom Karimov koʻchasi, 45a |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Jamshid Qoʻchqorov |
Bosh mahkamasi | Vazirlik |
Vebsayti | mineconomy.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — Oʻzbekistonda iqtisodiyot sohasida boshqaruv organidir[1].
Tashkil topishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisidiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-yanvardagi 37-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan 2018-yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi Qarori bilan tashkil etildi.
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Vazirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2002-2005 — Rustam Azimov (makroiqtisodiyot va statistika vaziri sifatida)
- 2005-2006 — Vyacheslav Golishev
- 2006-2009 — Botir Xoʻjayev
- 2009-2010 — Sunnatilla Bekenov
- 2010-2011 — Ravshan Gʻulomov
- 2011-2017 — Galina Saidova
- 2017-2020 — Botir Xoʻjayev
- 2020-2022 — Jamshid Qoʻchqorov
- 2022-yildan — Sherzod Qudbiyev
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.