Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi. 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv vazirligi ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan[1].
Asosiy vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- birinchi navbatda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymati zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish;
- agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klastyerlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
- agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirishga koʻmaklashadigan qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
- qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
- tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish;
- zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish;
- qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
- oʻsimliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va tuproqni muhofaza qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- ta’lim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
- organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.
Vazirlik funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamgʻarmalarini jalb etadi;
- qishloq xoʻjaligi sub’yektlari oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarni xalqaro andozalar asosida moslashtirish va joriy etish boʻyicha uslubiy-amaliy koʻmaklashadi;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish boʻyicha subsidiya va subvensiyalarni ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi;
- jahon bozorida talab yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini koʻpaytirishga doir takliflar tayyorlaydi;
- qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash boʻyicha joylardagi muammolarni oʻrganish va ularning bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash, saqlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
- klasterlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilib boradi, mavjud muammo va tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
- klasterlash jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va klasterlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy oʻrganib boradi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
- turli ixtisoslashuvdagi klasterlar faoliyatining doimiy monitoringini yuritadi, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
- davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratilishi va ularni maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritadi;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
- qishloq xoʻjaligi korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy jihatdan barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- qishloq xoʻjaligida moliyaviy munosabatlar (kreditlash, lizing, subsidiyalash va dotasiya berish) tizimini sohaning oʻziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
- ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnika va texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- Respublikamizda ishlab chiqarilgan va xorijdan import qilinayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovlardan oʻtkazishni tashkil etadi;
- qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasiga rivojlangan davlatlar tajribalarini tatbiq qiladi;
- gʻoʻza, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, ozuqa va boshqa ekinlarining urugʻlarini, uzum va meva koʻchatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantiradi;
- mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etadi va rivojlantiradi;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini oʻsimliklarni himoya qilish, kimyoviy va biologik vositalar bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha profilaktik va integrasiyalashtirilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etadi;
- mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarda, issiqxona xoʻjaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlar rivojlanishi va tarqalishini prognoz qiladi;
- oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini tashish, saqlash, sotish va qoʻllash, qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻitlarni agrokimyo xaritanomalari asosida tuproqni ozuqa moddalari bilan ta’minlanganligini hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda yetkazib berish boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri — Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Ruzmetov Maqsud Ismoilovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Yuldashev Qahramov Anvardjanovich;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori — To'rayev Alisher Melsovich;
Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Abdualimov Eshmirza O'rolovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Shukurov Alisher Nematullayevich;[2].
2021-yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevning «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmalari tashkil qilindi.
Shuningdek, qarorda 2021-yil 1-martdan vazirlikka toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunuvchi Qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilishi belgilangan. Vazirlik huzuridagi «Monitoring xizmati» davlat muassasasi va vazirlik markaziy apparatidagi Ichki nazorat xizmati negizida Ichki audit va komplayens-nazorat boshqarmasi tashkil etildi[3]. Shu kuni Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda agrar tarmoqni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasiga 24 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirililshi ma’lum qilingan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги тўғрисида низом“. Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги (Аgro.uz). 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Раҳбарият“. Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги (Аgro.uz). 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Президент қарори билан Қишлоқ хўжалиги вазирлигига бир қатор ҳуқуқлар берилди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Қишлоқ хўжалиги жамғармасига 24 триллион сўм маблағ йўналтирилмоқда» — Президент“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 24 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)