Ravshan Gʻulomov
Ravshan Ayupovich Gʻulomov | |
---|---|
ruscha: Равшан Аюпович Гулямов | |
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2019-yil 4-iyuldan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Golishev |
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi | |
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Najmiddinxo‘ja Sharipov |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri | |
Mansab davri 2011-yildan – 2012-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Galina Saidova |
Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri | |
Mansab davri 2010-yildan – 2011-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Sunnatilla Bekenov |
Vorisi | Galina Saidova |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-iyul 1968-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Gulyamov Ravshan Ayupovich — 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
Ma'lumoti: oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati 1985-1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.
1986-1988 - harbiy xizmat.
1992-1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.
1992-1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.
1994-1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori o‘rinbosari.
1998-2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.
2001-2004 – Markaziy bank raisining o‘rinbosari.
2004-2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari.
2006-2007 – «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.
2007-2009 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.
2009-2010 – Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.
2010-2011 – Iqtisodiyot vaziri.
2011-2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2012-2017 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.
2017-2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
2018-2019 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri.
2019-2019 – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari[2].
2019-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Равшан Гулямов назначен советником президента“.
- ↑ „Tarjimai hol / O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI“. 2023-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
- ↑ „ГУЛЯМОВ Равшан Аюпович“.