Shoazim Minovarov
Shoazim Minovarov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2021-yil 25-maydan – 2022-yil 2-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Rustam Qosimov |
Vorisi | Muzaffar Komilov |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2006-yil 1-avgustdan – 2006-yil 1-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Najmiddin Komilov |
Vorisi | Bahrom Abduhalimov |
Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori | |
Mansab davri 2017-yil 17-iyuldan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1-avgust 1951-yil |
Mukofotlari |
Shoazim Shoislamovich Minovarov (1951-yil 1-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha sobiq davlat maslahatchisi[1][2]. Asl kasbi tarjimonlik.
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining nabirasi[3].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoazim Minovarov 1951-yil 1-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning bobosi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlidir. Shoazim Minovarovning asl kasbi tarjimonlik boʻlidiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlanganida, bu mukofotlarni Shoazim Minovarov qabul qilib olgan[3].
Shoazim Minovarov 1973-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishini tamomlagan. SSSRning Gvineyadagi elchixonasida va Jazoirdagi bosh konsulligida ishlagan[3].
Tarjimonlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U tarjimon sifatida fransuz tilidan Charles Perronning „Ona gʻoz ertaklari“, „Qizil qalpoqcha“, „Kuloyim yoki billur boshmoqchalar“, „Ustasi farang yoki etik kiygan mushuk“, „Sehrgarlar“, „Kokildor Rike“ ertaklarini, Jean-Marie Gustave Le Clézioning „Odel. Mondo va boshqa hikoyatlar“ asarini, François Mauriacning „Ilonlar komida“ romanini, Montesquieuning „Fors nomalari“ asarini, Lucien Kerenning „Buyuk Temur“ pyesasini, Patrick Modianoning „Toʻy sayohati“ romani va Maupassantning hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1973-yilda Toshkent davlat universitetini fransuz tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 1973-1994 — Toshkent davlat universitetida chet tili oʻqituvchisi.
- 1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari departamentining birinchi kotibi[4];
- 1997-yil 27-iyundan — 2006-yil 1-avgustgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi;
- 2006-yil 1-avgustdan — 1-dekabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi;
- 2006-yil 1-dekabrdan — 2008-yil 28-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari;
- 2008-yildan — 2012-yilgacha — Oʻzbekistonning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi;
- 2013-yildan nafaqada;
- 2015-yil apreldan — 2017-yil iyulgacha — Toshkentdagi Fransuz alyansi (fransuzcha: Alliance Française Tachkent) raisi;
- 2017-yil 17-iyuldan hozirgacha — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori;
- 2021-yil 25-maydan 2022-yil 2-fevralgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президентнинг жамоат ва диний ташкилотлар билан ҳамкорлик масалалари бўйича маслаҳатчиси тайинланди“. Bugun.uz. 12-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 май. (Wayback Machine saytida 12-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида 28.08.2020 йилдаги ПФ-6055-сон
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Akmal Saidov. „Tarjima sanʼatidan — nafis diplomatiya sari“. Xalq so'zi (2021-yil 30-iyul). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
- ↑ https://web.archive.org/web/20071129211216/http://mfa.uz/rus/mid/rukovodstvo/
- ↑ „МИНОВАРОВ Шоазим Шоисламович“. CentrAsia.