Kontent qismiga oʻtish

Muzxona majmuasi

Koordinatalari: 41°22′34″N 60°21′05″E / 41.376173059290885°N 60.35140047872848°E / 41.376173059290885; 60.35140047872848
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muzxona majmuasi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′34″N 60°21′05″E / 41.376173059290885°N 60.35140047872848°E / 41.376173059290885; 60.35140047872848
Turi majmua
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asoschi Muhammad Aminxon
Asos solinishi XIX asr
Binolar muzxonalar
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Qurilish materiali pishiq gʻisht
Map
Muzxona majmuasi xaritada

„Muzxona“ majmuasi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. XIX asrda qurilgan. Obyektning joylashgan manizli: Xorazm viloyati Xiva shahrining „Kalta minor“ MFY, Qodir Yoqubbov koʻchasi, 67-uy. Muzxona majmuasi Muhammad Aminxon tomonidan qurilgan boʻlib, obyekt yer tagida joylashgan. Muzxona katta gumbazga ega va 1 qavatdan tashkil topgan[1]. Muzxona" majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarorining Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorida koʻra turizm mashrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021—2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturiga kiritilgan[2]. Muzxona majmuasi Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodogrlik boʻlib, Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[3].

Muzxona majmuasi Muhammad Aminxon davrida (18511855) Dishan qaʼla devorlari ichida, suv ombori yonida qurilgan boʻlib, bir nechta muz saqlaydigan bionlardan tashkil topgan. Bulardan biri Nurullo chitkar mahallasida barpo etilgan (hozirda Xiva shahrining Kaltaminor mahalla fuqarolar yigʻini hududi hisoblanadi)[3]. Muzxonaning asosiy qismi yer ostida boʻlgan boʻlib, pishgan gʻishtdan qurilgan. Muzxona bir xonali katta gumbazli xonaqohni eslatadi. Kech kuzda havo sovib, hovuzlar suvi yaxlashi bilan muzlar toʻplanib, qamishlarga oʻralib, muzxonalarda saqlangan. Bahor kelishi bilan ularni eritib, ichimlik suvi sifatida foydalanishgan.

Yana bir muzxona Ichan qal’aning janubi-gʻarbiy qismida, Bolahovuz suv ombori yaqinida joylashgan. Bu muzxona binosi ham gumbazli tuzilishga ega boʻlgan boʻlib, balandligi 7 metr boʻlgan, pishiq gʻishtdan qurilgan, diametri 10 metr, devorlari 1,5 metr qalinlikda boʻlgan[4]. Mazkur muzxonaning poydevori yerga 2 metr chuqurlikka kirgan. Qishda, suv omboridagi suv muzlaganda, muz katta bloklarga boʻlinib, muzxonada saqlangan. Qamish qatlamlari muz bloklari orasiga izolyatsiya sifatida qoʻyilgan. Issiq mavsumda muz eritilib, undan sovutilgan ichimlik suvi sifatida foydalanishgan[5].

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi „2013—2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida“gi farmoni asosida iva shahrida turzimning rivojlantirish uchun umumiy qiymati 53,6 million dollar mablagʻ ajratilgan. Natijada 2014-yilda dasturdagi 90 ta loyihadan 20 tasi yakunlangan, loyiha ichida boʻlgan Bibi Xojar maqbarasi, Chodir va Muzxona majmualari, Otajon toʻra madrasasi, qo‘g‘irchoq teatri qayta taʼmirdan chiqarilgan[6].