Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston milliy banki

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(NBUdan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Birja listingi UZSE: UZ7055810012
Asos solingan 1991 (33 yil avval) (1991)
Boyligi
Aktivlari 983,32 mlrd. soʻm (1-yanvar, 2022)
Sof foydasi 14 584,55 mlrd. soʻm (1-yanvar, 2022)
Xodimlari 5823
Egalari
Sayti nbu.uz/en

"Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonning universal tijorat banki, aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi.

Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshirish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga, tovar va xizmatlarning eksport va import tuzilmalarini yaxshilashga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatish, valyuta mablagʻlarini toʻplash, valyuta manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Oʻzining keng miqyosli infratuzilmasi Bank Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga koʻmaklashib, faol qoʻllab-quvvatlab bormoqda.

Toshkent shahridagi bank binosi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning qarori bilan 1991-yil 7-sentabrda tashkil topgan. Oʻz faoliyatini bank 1991-yil yilning 7-oktabridan yuz nafar xodimlarda boshlagan. Milliybankning birinchi idorasi Oxunboboyev koʻchasi 23 uy manzilida joylashgan.

1992-yili bank mamlakat xalqaro hisob-kitoblarining qariyb 95%ini amalga oshiradi, bu dunyoning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlar tarmogʻini rivojlantirishga yordam bergan. Yilning oxiriga kelib ushbu tarmoq 83 nafar xorijiy banklardan iborat boʻlgan. Boshqaruv raisi R. Azimov hukumat tomonidan Oʻzbekiston nomidan ETTB boshqaruvchisi etib tayinlangan. Oʻzbekiston ETTB strategiyasi maʼqullovini olgan MDXdagi toʻrtinchi mamlakat hisoblanadi. ETTB kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi kredit liniyasi bilan ochildi.

1993 yili xorijiy banklar bilan hamkorlik faol rivojlana boshlandi. Dunyoning 35 mamlakatlarining 120 nafar banklari bilan, jumladan MDX mamlakatlari: Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston banklari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatildi. OʻMB moliyaviy telekommunikatsiyalarning SWIFT, REUTERS, DOW, JONES, TELERATE, BLOOMBERG FINANCE xalqaro tizimiga qoʻshildi. OʻMBning yangi baland binosining poydevoriga kapsula qoʻyildi va uning qurilishi boshlandi.

1994-yili bank Toshkentda va Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida EKV xarid qilish va sotish, MDX mamlakatlarining yoʻl cheklari va valyutalalrini milliy valyutaga almashtirish operatsiyalarini bajaruvchi 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan ayirboshlash shahobchalarini ochdi. Bank oʻziga chet el kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat agenti vazifalarini bajarish zimmasini oladi.

1995-yili Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasini tuzishda bank asosiy taʼsischi boʻlib xizmat qildi. 1996-yili xodimlar soni 2000 kishiga yeti. Shu yilgacha sanoatning eksportga qaratilgan sohalarini ifoda etgan mijozlar bazasi kichik va hususiy korxonalar hisobiga kengayishni boshladi. 1997-yili xodimlar soni 3,4 ming kishiga oshdi.

1998-yili bank Osiyo Banklari Assotsiatsiyasiga (OBA) aʼzo boʻldi. Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib xisob-kitoblarning xalqaro standartlariga muvofiq boʻlgan yangi hisob-kitoblar rejasiga oʻtdi. Bank shaxsiy kapitalining 571 mln. AQSh dollarigacha oshirilishi unga dunyoning 500 ta yirik banklari orasiga kirish imkonini berdi va bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun qoshimcha bazani yaratdi. Korrespondentlik tarmogʻi 432 ta bankkacha oshdi, shulardan 30 ta bank Oʻzbekistonda va 402 tasi-dunyodagi 66 nafar mamlakatlarning xorijiy banklari hisoblanadi. Yilning oxirida rahbariyat oʻzgardi-R. Azimov moliya vaziri etib tayinlandi, uning davomchisi etib esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, bundan oldin oxirgi bir yarim yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan Zaynutdin Mirxodjayev tayinlandi.

1999-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi va ADFIAP bilan hamkorlikni rivojlantirishga asos solindi. Osiyo moliyaviy hamjamiyati uchun mamlakat iqtisodiyotining salohiyatini ochishga qaratilgan yirik forumlarni, konferensiyalarni birgalikda Oʻzbekistonda oʻtkazish, muayyan loyihalarni, oʻquv dasturlarini amalga oshirishdagi sheriklik borasidagi kelishuvlarga erishildi. Kapital yetarligi koʻrsatkichi boʻyicha bank dunyoning 50 ta yirik bankalari orasida oʻz pozitsiyasiga ega.

2000-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi (OBA) va Osiyo va Tinch okeanini rivojlantirish institutlari assotsiatsiasi (ADFIAP) aʼzosi boʻlib, OʻMB ADFIAP direktorlari kengashining majlisini oʻtkazdi. Shu yilning oʻzida bank oʻzining „OʻMB-Osiyo“ professional futbol klubiga aspos soldi.

2001-yili xorijiy moliyaviy institutlarning qariyb 120 nafar delegatsiyalari bankka tashrif buyurdi. Korrespondentlik tarmogʻi 500 ta bankkacha kengaytirildi, jumladan dunyoning 66 ta mamlakatlaaridan 472 nafar xorijiy va Oʻzbekistonning 28 nafar banki. Bankning internet sayti ishga tushirildi.

2003-yili bank korporativ obligatsiyalar anderraytingini joriy qildi. Bank debyuti oʻzbek fond birjasi ishtirokchilari tomonidan baholanib, „Eng anderrayting kompaniyasi“ unvoni bilan taqdirlandi. 2004-yili bank tomonidan ochiq xalqaro tender chogʻida tanlangan „Globus“ avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy qilish ishlari yakunlandi. Xuddi shu yili yangi mahsulot-uyda saqlash uchun „American Express“ cheklari realizatsiya qilindi. 2005-yildan boshlab bank Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasining aʼzosi boʻladi va shu paytdan boshlab birlashma doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etib, SHTX BABning barcha aʼzolari bilan hamkorlik qilishni boshlaydi.

2006-yili bank 70 turdan ortiq chakana xizmatlar koʻrsatgan, Western Union tizimi orqali pul oʻtkazmalarini amalga oshirgan. Aprel oyida „Asia-Invest Bank“ shoʻba bank bilan birgalikda OʻMB tomonidan tezkor pul oʻtkazmalarining „AsiaExpress“ shaxsiy tizimi joriy etildi. 2009-yili „Ekspert PA“ reyting agentligi tomonidan Milliy bankka yuqori kredit layoqatligi darajasi berildi („A“ reytingi). 2010-yili korrespondentlik tarmogʻi 657 ta bankga koʻpayadi, shulardan 30 nafari Oʻzbekiston banklari va 627 nafari-75 ta dunyo mamalakatlaridagi xorijiy banklar.

2012-yili bank balansiga 66 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulklari topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 116,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2013-yili Milliy bank kredit portfelining summasi 5,32 trillion soʻmni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatiladigan mijozlar soni 3 mln dan oshdi.

2014-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga koʻra, Milliybank kredit portfelining summasi 6,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bank balansiga 68 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulki topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 208 mlrd soʻmni tashkil etdi. Korrespondentlik tarmogʻida 670 nafardan ortiq xalqaro banklar boʻlgan.

2018-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda ilk marta Visa International va „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniya bilan birgalikda MAK OʻMB Visa va Visa Platinum kobrend kartalarining emissiyasi yoʻlga qoʻyildi.

2019-yilning iyul oyida Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi.

Bank faoliyatiga korporativ boshqarishning zamonaviy umumiy qabul qilingan tamoillarini joriy qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli „Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki“ unitary korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirklari toʻgʻrisidagi" qaroriga muvofiq, OʻMB „Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki“ aksiyadorlik jamiyatiga („OʻMB“ AJ) qayta tashkil etildi.

Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi „OʻMB“ AJning taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek, „OʻMB“ AJ qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar, jumladan xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

2020-yili Oʻzmilliybank oʻzining rivojlanishi tarixida muhim qadamini qoʻydi-London fond birjasida 4,85% stavka boʻyicha 5 yillik 300 mln AQSh dollari miqdoridagi debyut yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali xalqaro kapital bozoriga chiqishga erishdi.

Oʻzmilliybank tomonidan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi Bank va bank sohasi uchun ham, umuman Oʻzbekiston uchun ham muhim yutuqlardan boʻldi.

Yevroobligatsiyalarni chiqarish jarayonini tashkil etish uchun bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro tan olingan anderrayter-banklar, auditorlik va yuridik maslahatchilar tanlab olingan:

— anderrayter-banklar-Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC (Yaponiya), Gazprombank (Rossiya);

— auditorlik kompaniya-Ernst&Young;

— yuridik maslahatchilar-Dentons va Linklaters;

— mahalliy ko-menejer- „Ipoteka-bank“ ATIB.

Ushbu mablagʻlardan kelgan tushumlar yirik investitision loyihalarni amalga oshirishga hamda infratuzilmani va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Bundan tashqari, jalb qilingan mablagʻlar lizing xizmatlarini taqdim etish orqali kichik va hususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga va boshqa tijorat banklari bilan birgalikdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan.

Shuni taʼkidlash muhimki, xalqaro moliya bozoriga chiqish mahalliy emitentlar uchun AQSh dollaridagi narx orientirini yaratish hamda yevroobligatsiyalardan tushgan mablagʻlarni XMI va xorijiy banklarning mavjud kredit liniyalariga qoʻshish hisobiga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini berdi.

2021-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi.

Mulkdorlari va rahbariyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yili 30-noyabrgacha bank taʼsischisi va uning ustav fondining asosiy egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan. Vazirlar Mahkamasiga bank ustav fondining kamida 60%i tegishli boʻlgan; ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 mlrd rubl va 200 mln AQSh dollari ajratilgan.

Prezidentning 4540-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yil 30-noyabrdan davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi „OʻMB“ AJning taʼsischisi hisoblanadi.

Boshqaruvchilar roʻyxati
Xizmatini boshlanishi Ismi
1991 Azimov R. S.
1998 Mirxodjayev Z. S.
205 23-noyabr Raximov S. B.
2017 5 mart Xolmuradov S. R.
2017 30-noyabr Mirsoatov A. K.[1]

Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega.

Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllanadi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.

Koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yili Oʻzbekiston banklarining umumiy aktivlaridagi OʻMBning ulushi 40% ortiq boʻlgan. Shu yilning oʻzida bank mamlakatning qariyb 20% korxonalariga, jumladan deyarli 40% qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatdi.

2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan).

2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Plastik kartochkalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yili Milliy bank Visa International aʼzosi boʻldi va Oʻzbekiston bozorida mamlakatda birinchilardan boʻlib Visa Classic plastik kartochkalarini taqdim eta boshladi.

1996-yilning 10-aprelida OʻMB milliy valyutadagi kartochkalar chiqarilishini va ularga xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻydi, 1997-yili esa Oʻzbekistonda birinchi boʻlgan kartochkalar yordamida ish haqini berish loyihasi joriy etildi.

1998-yili bank DUET mikroprotsessorli plastik kartochkalar bilan naqdsiz hisob-kitoblarning koʻp emitentli tizimini joriy qildi va har bir viloyat markazida oʻzining hisob-kitob emission markazini yaratdi. Shu yilning oʻzida Visa Electron plastik kartalari muomalaga chiqarildi.

2001-yilning may oyida OʻMB tashabbusi bilan OʻMB, „Paxtabank“ va „Asaka“ banki ishtirokida soʻm palstik kartochkalari boʻyicha banklararo hisob-kitoblar tizimi ishlashni boshladi.

2002-yili plastik kartochka egalariga xizmat koʻrsatish tarmoqlarini shakllantirish bosqichi yakunlandi va shu bilan bir vaqtda plastik kartochkalar chiqarilishining bir emitentli tizimidan koʻp emitentli tizimga oʻtish yakunlandi. Natijada butun Respublika boʻylab kartochkalarni chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha hisob-kitob emission markazlar tarmogʻi yaratildi va ahamiyatli qismida bankomat va terminal uskunalarining infratuzilmasi shakllantirildi.

2003-yilning may oyidan boshlab VISA xalqaro kartochkalariga qoʻshimcha ravishda OʻMB bankomatlari tomonidan xizmat koʻrsatila boshlandi.

2004-yili OʻzR Vazirlar Mahkamasining „Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorning amalga oshirilishi tufayli OʻMB tomonidan chiqarilgan plastik kartlalarning ulushi Oʻzbekistondagi plastik kartochkalarning umumiy sonidan 60%ini tashkil etadi.

2007-yildan boshlab OʻMB ish haqi loyihalari doirasida chiqariladigan kredit overdraft kartalarini taklif qiladi.

2008-yili bank toʻlovi uchun plastik kartochkalarni qabul qiladigan oʻzining savdo-servis korxonalari tarmogʻini 2653 tadan 3553 tagacha oshirdi, 2009-yilning 1-oktabr xolatiga-4760 tagacha oshirdi.

2009-yildan beri axborot kioskalari orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha toʻlovlar qabul qilina boshlandi.

2010-yili sms, e-mail va web orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha xabar berishning tajriba loyihasi amalga oshirildi.

2011-yili EMV standartidagi UzCard banklararo toʻlov tizimi plastik online kartalalrining chiqarilishi boshlandi.

2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi.

Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda joriy valyutani sotish mexanizmi kiritildi.

2016-yildan boshlab Milliy bank MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʼzosi xisoblanadi.

2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishini, korxonalar, hususan kichik va oʻrta biznes harajatlarini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.

2017-yilning noyabr oyida bankning masofadan turib kartadan kartaga pul oʻtkazish, turli mahalliy va xorijiy servislarga toʻlov qilish, omonatlarni ochish, kreditlarni soʻndirish va koʻpgina boshqa imkoniyatlarni beruvchi „Milliy“ mobil ilovasi ishga tushirildi.

2017-yilning fevral oyidan boshlab Milliy bankning Visa kartalari boʻyicha internet tarmogʻida tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda tranzaksiyalarning xavfsizligi 3D Secure (Verified by Visa) texnologiyasi bilan qoʻllab-quvvatlana boshlandi, bu esa kartalar boʻyicha firibgarlik xatarini kamaytirdi.

2018-yilning may oyida OʻMB Union Pay International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʼzosiga aylandi.

2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda ilk bor Visa International va „Ozbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda MAK-OʻMB Visa Gold va Visa Platinum kobrend kartalarining chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, ularning egalariga savdo-servis korxonalariga va Internet tarmogʻida Tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda bonus milyalarni olish imkoni taqdim etildi. UzAirPlus MAKning sodiqlik dasturiga koʻra, toʻplangan milyalarni xizmat koʻrsatish sinfini oshirishga, aviachiptaga va boshqalarga almashtirish mumkin.

2019-yilning fevralida OʻMB Visa Business korporativ mijozlar uchun Visa International xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi.

2019-yilning mart oyida internet-doʻkonlar taqdim etgan tovarlar va xizmatlar uchun MasterCard kartalari orqali toʻlov qabul qilish imkonini beradigan MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining kartalari orqali elektron tijorat loyihasi ishga tushirildi.

2019-yilning aprelida bank VISA International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz kartalarni chiqara boshladi.

2019-yilning may oyida Visa International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz ekvayring yoʻlga qoʻyildi. May oyidan boshlab HUMO Milliy toʻlov tizimining kontaktsiz kartalari chiqarila boshlandi. 

2019-yilning iyul oyida Visa International koʻmagi bilan Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi.

2019-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,03 mln donani tashkil etdi.

2019-yilning 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi — 24 113 ta terminaldan iborat boʻlgan.

2019-yilning dekabrida OʻMB Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Visa Direct servisi orqali kartadan kartaga pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi. Va keyinroq Visa xalqaro toʻlov tizimi Oʻzmilliybankni Oʻzbekistonda Visa Direct innovatsion xizmatini ishga tushirgan birinchi bank unvoni bilan taqdirladi[2].

2021-yilning yanvar oyida OʻMB MasterCard xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi: • Mastercard Standard (USD)/(UZS); • Mastercard Gold (USD)/(UZS); • Mastercard Platinum (USD)/(EUR); • Mastercard World Elite (USD)/(EUR).

2021-yilning fevralida OʻMB „HUMO“ milliy toʻlov tizimining virtual — HUMO Virtual kartalarini chiqarishni boshladi. OʻMBning „Milliy“ mobil ilovasida plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha katta imkoniyatlar yaratildi va xizmatlar koʻrsatish koʻlami kengaytirildi.  

2022-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,78 mln donani tashkil etdi. 2022-yil 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi — 39 180 ta terminal, 392 ta bankomat, 245 ta infokioskdan iborat boʻlgan.

Pul oʻtkazmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yildan boshlab „NKO Vestern Yunion DP Vostok“ bilan imzolangan  „Western Union“ tizimi boʻyicha pul oʻtkazmalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari amalga oshiriladi. 2006-yili OʻzR TIF Milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shoʻba korxonasi — „Aziya-Invest Bank“ tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi „AziyaEkspress“ shaxsiy pul oʻtkazmalar tizimi ishlab chiqildi.  Uning asosiy yoʻnalishi — Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻtkazmalar hisoblanadi .

2007-yilning mart oyida bank „Yevropeyskiy trastoviy bank“ Tijorat banki bilan „MIGOM“ tizimi boʻyicha nosavdo tabiatidagi tezkor oʻtkazmalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

2009-yilning aprel oyida Milliy bank muassasalarining xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan „Bistraya pochta“ tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning mart oyidan bank muassasalari tomonidan MoneyGram pul oʻtkazmalari tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi.

2012-yilning aprel oyida bank „Russlavbank“ YoAJ bilan „Contact“ pul oʻtkazmalari tizimiga ulanish va koʻrsatilgan tizimda pul mablagʻlarini AQSh dollarida va yevroda joʻnatish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish kelishuvini imzoladi.

2013-yili bank Zolotaya Korona servisining ishtirokchisiga aylandi .

2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan boshlab naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda xorijiy valyutani sotish mexanizmi kiritildi .

2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblar oshirilishini, korxonalar, xususan, kichik va oʻrta biznes xarajatlarini qisqarishini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.

2020-yilning fevral oyida OʻMB „Sberbank“ ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.

2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin.

2021-yilning sentabr oyida OʻMB „Solidarnost“ va „Tinkoffbank“ banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.

Tashqi savdo faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllanadi:

  • avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
  • veksellarni diskontlash;
  • faktoring;
  • bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
  • loyihaviy moliyalashtirish;
  • eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
  • muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllanadi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.

Investitsion faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.

Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.

Yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.

Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.

Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar — temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi:

  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish.
  • „Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish.
  • Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash.
  • Navoiy IESni modernizatsiya qilish.
  • Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish.
  • „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish.
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish.
  • „Ohangaron — Pungon“ magistral gaz quvurini qurish.
  • „Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish.
  • „Muborak GQZ“ UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish.
  • „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Assotsiatsiyasi uchun „Daymler-Kraysler“ markasidagi avtobuslarni xarid qilish.
  • „Temir yoʻllar“ DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish.
  • „Oʻzbekneftgaz“ MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash.
  • „Qoʻngʻirot“ KSda gazni quritish uskunasini qurish.

Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar.

Moliyaviy barqarorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi.

2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi „V+“ darajasidan „VV-“ darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng.

Oʻzbekiston Respublika tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining kredit reytinglari (2019-yil 1-iyul holatiga)
Agentlik Reyting Qiymati
Moodyʼs Barcha reytinglar boʻyicha prognoz Barqaror
Milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha B1
Xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha B1
Standard & Poorʼs Uzoq muddatli reyting BB-
Qisqa muddatli reyting B
Fitch Uzoq muddatli reyting BB-
Qisqa muddatli reyting B
AKRA Xalqaro shkala boʻyicha BB
Milliy shkala boʻyicha A-
  • „The Banker“ jurnalining reytingiga koʻra,1993-yildan Milliy bank dunyodagi eng yirik bank institutlarining birinchi mingtaligiga kirib, 862 oʻrinda turadi .
  • 1998-yil — „Euromoney“ jurnali OʻzR TIF MBni Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etdi, 2002-yili esa shu jurnalning versiyasi boʻyicha OʻMB respublikada „Yil banki“ deb eʼtirof etildi .
  • 2000-yil — „Thomson Bank wath(TBW)“ xalqaro agentligi kredit reytingini  „LC-1“ darajada va mamlakat reytingini „IC-B/C“ darajada tasdiqladi .
  • 2001-yil -  „The Banker“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ eʼtirofi .
  • 2002-yil — „Euromoney“ va „Global Finance“dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“  .
  • 2004-yil — „Global Finance“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ .
  • 2012-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha tanlovda eng yaxshi bank deb eʼtirof etilgan . „RIA Reyting“ reyting agentligining MDH mamlakatlari bank sektorini oʻrganishi boʻyicha „MDH mamlakatlarining eng yirik banklari roʻyxati“da bank 50-chi pozitsiyani egallagan . 
  • 2013-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlovda „jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi bank“ va „eng innovatsion bank“ deb eʼtirof etilgan . „RIA reyting“ maʼlumotlariga koʻra „MDHdagi eng yirik banklar roʻyxati“da bank 55-chi pozitsiyani egalladi .
  • 2021-yil — OʻMB olib borayotgan faoliyatining va Oʻzbekiston aholisiga taqdim etayotgan xizmatlarining sifati uchun Yevropa sifatni oʻrganish jamiyatining (European Society for Quality Research) xalqaro konvensiyasida „Quality Achievements Award 2021“ mukofotini oldi.

Filiallari va boʻlimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud.

Shoʻba korxonalari va tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asia-Invest Bank

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yili Rossiya hududida (Moskva shahrida) Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida „1996-1997-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida“gi huqumatlararo Kelishuvga binoan, moliya-bank sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida birinchi Oʻzbekiston-Rossiya banki — „Aziya-Invest Bank“ Aksiyadorlik tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) taʼsis etildi. 

NBU Invest Group

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 31-mart kuni 25 mln AQSh dollari miqdoridagi  ustav fondi bilan „NBU Invest Group ochiq aksiyadorlik jamiyati“ shoʻba kompaniyasi tuzildi. NBU Invest Group kompaniyasini tuzishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston korxonalarining qayta tuzilishini va aktivlarini boshqarishni taʼminlashga hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qodir boʻlgan kompaniyani taʼsis etishdan iborat edi. Faoliyatning asosiy yoʻnalishi boʻlib aktivlarni boshqarish hisoblanadi. Sanoat korxonalarini amaliy boshqarish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan va biznes-rejalashtirish, marketing, korxona faoliyatini monitoring qilish, realizatsiya kanallarini va yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni boshqarish, kadrlarni boshqarish, xarajatlar va unumdorlikni tahlil qilish kabi sohalarni oʻz ichiga kiritadi.  OʻMB investitsion loyihalarida ishtirok etish hisoblanadi.

  1. 1,0 1,1 „O'zmilliybank (NBU) - Depozit.uz“ (2022-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  2. „Visa O'zmilliybankni Visa Direct xizmatini ishga tushirgan O'zbekistondagi birinchi bank deb tan oldi - Depozit.uz“ (2021-yil 12-fevral). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.