Nadejda Pishulina
Nadejda Pishulina | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
23-yanvar 1983-yil Toshkent |
Sport | |
Qaysi sport | Baydarka va kanoeda eshkak eshish |
Murabbiy(lar)i | P. A. Petrov |
Nadejda Vladimirovna Pishulina (Ryaxova) (1983-yil 23-yanvar, Toshkent) – rossiyalik eshkak eshish boʻyicha sport ustasi, 2000-yillarning ikkinchi yarmida Rossiya terma jamoasi safida qatnashgan. Yevropa chempionati kumush medali sovrindori, jahon chempionatining koʻp karra chempioni, milliy va yoshlar oʻrtasidagi regatalar gʻolibi. U musobaqalarda Omsk viloyatini himoya qilgan, xalqaro sport ustasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nadejda Pishulina 1983-yil 23-fevralda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tavallud topgan. U bolaligidanoq baydarka sporti bilan shugʻullangan. 2005-yilda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Anton Ryaxov bilan birga Omskga koʻchib oʻtgan. Nadejda Omsk davlat olimpiya zaxiralari maktabida Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Aleksandr Shishkin rahbarligida shugʻullangan. Bu vaqtda Jahon kubogi bosqichlarida oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritgan va oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan edi.
Pishulina 2006-yilda Butunrossiya chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng Afinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi va 500 metrlik masofaga toʻrt kishi jamoa boʻlib qatnashadigan musobaqada gʻolib chiqdi. Bundan tashqari, jahon chempionatining turli bosqichlarida shohsupaning uchinchi, ikkinchi va birinchi pogʻonasiga koʻtarildi[1].
Nadejda birinchi marta 2008-yilgi mavsumda kattalar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda oʻzini namoyon qildi, va yana Rossiya terma jamoasining asosiy roʻyxatiga qoʻshildi. U bir qator muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli Milanda boʻlgan Yevropa chempionatida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga sazovor boʻldi[2].
Pishulina 2011-yilgacha faol sportchi boʻlib qoldi. Butunrossiya chempionatlarida medallar qoʻlga kiritdi va yirik xalqaro regatalarda qatnashdi. Professional sportchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, Zlata va Yaroslava ismli ikki qizini tarbiyalay boshladi. Katta sport yutuqlari uchun unga „Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi“ faxriy unvoni berildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Пищулина Надежда Владимировна“. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
- ↑ Юрий Плеханов. „Милан. Чемпионат Европы. Канал Idroscalo“. Спорт-Экспресс (2008-yil 20-may). 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.