Kontent qismiga oʻtish

Nagidos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

  Nagidos (qadimgi yunoncha: Νάγιδος; lotincha: Nagidus) — Kilikiyaning qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan. Ushbu shahar miloddan avvalgi davrda barpo etilgan boʻlib, gʻarbda Anemurion va sharqda Arsinoe shaharlari oʻrtasida joylashgan[1]. Bugungi kunda uning xarobalari Turkiyaning Mersin viloyati Bozyazi tumani yaqinidagi Sini Cay (Bozyazi Dere) darasida, Paşabeleni nomli tepalikda joylashgan. U Anamurdan taxminan 20 km sharqda. Sharqdan Kelenderis bilan chegaradosh boʻlib, Kelenderis ham Samos mustamlakasi boʻlgan. Kichik Nagidoussa oroli Nagidosning roʻparasida boʻlib, uning yuqorisida Usmonli qoʻrgʻoni xarobalari mavjud[2].

Nagidos yozuvi
(Mersin arxeologiya muzeyida)

Shaharning tashkil etilishi, keyinchalik aholining u yerni tark etib ketishi va shaharning tugatilish tafsilotlari nomaʼlum. Miloddan avvalgi V asrning oxiridan boshlab shaharda yunon va oromiy yozuvlari tushirilgan tangalar zarb qilingan. Ulardan biri fors satrapi Pharnabazus II nomi bilan atalgan. Nagidos zarbxonasidan chiqarilgan tangalarning bir tomoniga ramz sifatida bir shingil uzum tasvirlangan. Nagidos tangalarining koʻpida Afrodita maʼbudasining rasmi tushirilganligi, shahar aholisi orasida unga alohida ehtirom koʻrsatilganidan dalolat beradi[3].

Ellinistik davr va Arsinoega asos solinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 333-yilda shahar Kilikiyaning qolgan qismi bilan birga Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan[4]. Uning oʻlimidan soʻng Kilikiya qisqa muddat Salavkiylar imperiyasining nazorati ostiga oʻtgan. Miloddan avvalgi 281 — 270-yillar oraligʻida shahar Mallus bilan birlashtirilib Antioxeia (Buyuk Menderes) nomli yangi shaharga asos solingan. Tahminan miloddan avvalgi 270-yillarda Suriya urushlari paytida Kilikiya Ptolemaios imperiyasi tomonidan bosib olingan[5].

Bu davrda Arsinoe shahri miloddan avvalgi 279 — 260 — 253-yillar orasida Aetos (Ptolemaios strategosi yoki Kilikiyaning harbiy gubernatori) tomonidan Nagidosdan tortib olingan yerda tashkil qilingan[6]. Aetosning oʻrniga uning oʻgʻli Traseas strategist boʻladi. Bu davrda nagidiyaliklar Arsinoe koʻchmanchilarini yerning yangi egalari sifatida tan olishdan bosh tortadilar. Mojaroni hal qilish uchun Traseas nagidosliklardan yerni Arsinoega berishni soʻraydi, shahar ahli bunga rozi boʻladi[3]. Buning evaziga Arsinoe fuqarolari Nagidos koloniyasiga aylanadilar. Lekin ularning shahri mustaqil boʻlgan. Ikkala shahar aholisi ham isopoliteya almashadi, shunda ikkala shahar fuqarolari ham yagona fuqarolikka birlashishadi.

Arsinoe fuqarolarining Nagidos apokoi deb belgilanishi Nagidos Arsinoeliklarning ona shahri sifatida sifatida tan olinganini anglatardi. Kristian Habicht buni Traseasning Nagidos hududini yoʻqotganligi sabab aholini tinchlantirish maqsadida qilingan diplomatik harakat sifatida izohlaydi[3]. Jon K. Davies buni bir oz boshqacha asoslaydi. Uning tahminiga koʻra Arsinoega miloddan avvalgi 260-yilda asos solingan. Uning yozishicha, Kilikiya o‘shanda salavkiylar tomonidan vaqtincha egallangan, ammo miloddan avvalgi 240-yillarda Ptolemaioslar tomonidan qaytarib olingan. Uning soʻzlariga koʻra, Ptolemaioslar nazorati qayta tiklanganidan keyin yer boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelgan va arsinoelar miloddan avvalgi 238-yildan keyin bir muncha vaqt oʻtgach Traseasga murojaat qilishgan.

Kilikiyaning qolgan qismi bilan bir qatorda Nagidos miloddan avvalgi 197-yilda Salavkiylar hukmronligi ostiga oʻtgan. Qazishma ishlari shuni koʻrsatadiki, shahar aholisi Nagidosni miloddan avvalgi II asr oʻrtalarida tashlab ketishgan. Tahminlarga koʻra bunga sabab Kilikiya qaroqchilarining talon-taroj qilishlari boʻlishi mumkin[7].

Qazishma ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi manbalar Nagidosning joylashuvi toʻgʻrisida muhim maʼlumot beradi. Ularda keltirilishicha, shahar qirgʻoqqa, yaʼni Nagidoussa oroliga yaqin boʻlgan. Bu 1891-yilda avstriyalik arxeologlar Rudolf Xeberdey va Adolf Vilgelmga qadimgi Nagidos hozirgi qaysi joyga toʻgʻri kelishini aniqlash imkonini bergan[3]. 1930-yillarda Shvetsiya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib boradi. 1986-yilda Anamur muzeyida 24 ta qabr topilgan, ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi V asrga tegishliligi aniqlangan. 

Qoʻshimcha Adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bal, Y.; Kelling, G.; Kapur, S.; Akça, E.; Çetin, H.; Erol, O. (2003). "An improved method for determination of Holocene coastline changes around two ancient settlements in southern Anatolia: a geoarchaeological approach to historical land degradation studies". Land Degradation & Development 14 (4): 363–376. doi:10.1002/ldr.563. 
  • Chaniotis, Angelos „Justifying Territorial Claims in Classical and Hellenistic Greece. The Beginnings of International Law“, . The Law and the Courts in Ancient Greece Harris: . London: Gerald Duckworth, 2004. ISBN 9780715631171. 
  • Durugönül, Serra (2003). "Nagidos 2002". Kazi Raporlari 7: 23–25. Archived from the original on 2020-07-12. https://web.archive.org/web/20200712080455/http://www.akmedanmed.com/pdf/2003_7.pdf. Qaraldi: 2023-05-02. Nagidos]]
  • Jones, C. P.; Habicht, Christian (1989). "A Hellenistic Inscription from Arsinoe in Cilicia". Phoenix 43 (4): 317–346. doi:10.2307/1088299. 
  • Jones, C. P.; Russell, J. (1993). "Two New Inscriptions from Nagidos in Cilicia". Phoenix 47 (4): 293–304. doi:10.2307/1088726. 
  • Heberdey, Rudolf. Reisen in Kilikien, ausgeführt 1891 und 1892 im Auftrage der Kaiserlichen Akademie der Wissenschaften, Denkschriften der Kaiserlichen Akademie der Wissenschaften in Wien (German), Vienna, 1896 — 158–159-bet. 
  • Lederer, Philipp (1931). "Die Staterprägung der Stadt Nagidos". Zeitschrift für Numismatik 41: 153–276. 

Turkum:Qadimiy shaharlar