Nasrullaxon (Afgʻoniston)
Nasrullaxon | |
---|---|
Afgʻon amiri | |
Mansab davri 1919-yil 21-fevral – 1919-yil 28-fevral | |
Oʻtmishdoshi | Habibullo |
Vorisi | Omonullaxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1874-yil Samarqand Turkiston general-gubernatorligi |
Vafoti |
1920 Kobul Afgʻoniston |
Fuqaroligi | Afgʻoniston amirligi |
Ota-onasi |
|
Nasrullaxon (pushtuncha / dariycha : نصرالله خان), (1874–1920)[1] – Afgʻonistonning amiri, amir Abdurrahmonxonning ikkinchi oʻgʻli edi. U 1919-yil 21 fevraldan 28-fevralgacha bir hafta davomida Afgʻoniston taxtini amir sifatida egallagan.
Hayotining boshlangʻich davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasrullaxon 1874-yili Samarqandda tugʻilgan[2]. U amir Abdurrahmonxonning ikkinchi oʻgʻli edi. Uning akalari Habibulloxon va Muhammad Umarxon edi[3]. Nasrullaxonning tugʻilishi otasi Abdurrahmonxon Rossiya Turkistonida surgunda yashagan davrda sodir boʻlgan.
1880-yil 22-iyulda Nasrullaxonning otasi inglizlar tomonidan magʻlub etilganidan soʻng, Afgʻoniston tashqi siyosatini Britaniya siyosatiga moslashtirish sharti bilan Afgʻoniston amiri sifatida tan olingan. Otasining taxtga chiqishi natijasida Nasrulla (va uning akasi Habibullo) Afgʻonistonning shahzodalari (valiahd) boʻldi.
Angliyaga tashrif
[tahrir | manbasini tahrirlash]1895-yilda amir Abdurrahmonxon qirolicha Viktoriyaga hurmat bajo keltirish uchun Angliyaga davlat tashrifi bilan borish niyatida edi. Ammo uning sogʻligʻi bu safarga toʻsqinlik qildi va uning oʻrniga oʻgʻli shahzoda Nasrullaxonni yubordi[4]. Nasrulla 1895-yil 29-aprelda 90 dan ortiq oliy martabali afgʻon zodagonlari va bir guruh ruhoniylar hamrohligida Bombeydan joʻnab ketdi[5]. 23-may kuni shahzoda Angliyaning Portsmut shahriga yetib bordi[6].
1895-yil 27-mayda shahzoda Windzorda qirolicha tomonidan qabul qilindi[6]. Safar davomida u Liverpul yer usti temir yoʻliga, Ascot, Glazgo va Elswick Companyga bordi[7][8]. U Liverpul musulmon instituti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Abdulla Quilliamga 2500 funt sterling taqdim qildi.
Nasrulla Angliyaga tashrif buyurgan paytda 20 yoshda edi. Xabar qilinishicha, u ingliz tilini yaxshi bilmas, mahalliy matbuotda yaxshi taassurot qoldirmagan[9].
1895-yil 3-sentyabrda u Angliyadan Parijga joʻnab ketdi[10]. Parijdan Rim va Neapolga yoʻl oldi hamda 1895-yil 16-oktyabrda Karachiga yetib keldi. Kvetta, Chaman va Qandahor orqali Kobulga qaytib keldi[6][11].
1895-yilda Nasrulla va uning ukasi Habibullo Britaniya Hamdoʻstligi oldidagi xizmatlari uchun qirolicha Viktoriyadan Avliyo Maykl va Avliyo Jorj ordenini oldilar[6].
Habibulloxon hukmronligi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1901-yil 3-oktyabrda Nasrullaning otasi Abdurrahmon 57 yoshida vafot etdi va Nasrullaning ukasi Habibullo Afgʻoniston taxtiga primogenitura huquqi bilan oʻtirdi[6].
Oʻlimidan oldin Abdurrahmon oʻz hukmronligi va Afgʻoniston barqarorligiga qarshilik koʻrsatadigan har qanday manbalarni qatʼiy qonunlar va cheklovlar bilan butunlay boʻysundirishga harakat qilgan. Abdurrahmon cheklovlaridan jabrlanganlar orasida diniy muassasalar ham bor edi. Abdurahmon vafot etgach, diniy muassasalar oʻz kuchini tiklashga intildi va Nasrullada potentsial ittifoqchini koʻrdi. Nasrulla bu borada chuqur dindor boʻlib, Qur’onni toʻliq yod olgan „Qur’on hofizi“ darajasiga erishgan edi[12]. U butun umri davomida islom tamoyillari bilan qatʼiy uygʻunlashgan afgʻon siyosatini qoʻllab-quvvatlagan[13].
Ukasini taxtga daʼvogar deb bilgan Habibulloxon Nasrullani tinchlantirish va uning qoʻllab-quvvatlashini qoʻlga kiritish uchun har qancha harakat qildi. Habibulloh taxtga oʻtirgach, Nasrullani afgʻon armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinladi va unga Davlat kengashi raisi unvonini ham berdi[13].
Nasrullaning taʼsir darajasi haqida Angus Xemiltonning 1910-yilda chop etilgan „Afgʻoniston“ kitobida Habibulloxonni „irodasiz“ hukmdor deb taʼriflagan. Ushbu kitobda Nasrullaning taxtga urinish ehtimolini „Afgʻondagi boʻronli yulduz“ deb taʼrifllangan[14].
Vorislik va oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil fevral oyida amir Habibulloxon Afgʻonistonning Lagʻmon viloyatiga ovga joʻnadi. Uning mulozimlari orasida Nasrullaxon, Habibulloxonning birinchi oʻgʻli Inoyatulloh va Habibulloning bosh qoʻmondoni Nodirxon bor edi. 1919-yil 20-fevral oqshomida Habibulloxon buyrugʻi bilan chodirida uxlab yotgan kenja oʻgʻlini oʻldirtirdi. Nasrullani afgʻon taxtiga voris qilmoqchi boʻldi. Nasrullo dastlab taxtga oʻtirishdan bosh tortdi va Habibulloxonning toʻngʻich farzandi Inoyatullohga bay‘at eʼlon qildi. Inoyatulloh rad javobini berib, otasi Nasrullani haqli ravishda merosxoʻr qilib qoʻyganini va uning amir boʻlishini xohlayotganini aytdi[15].
Habibulloxon partiyasining qolgan qismi janubi-sharqqa Jalolobodga yoʻl oldi va 1919-yil 21-fevralda shaharga yetib keldi. Shundan soʻng Nasrullaxonni Habibulloxonning birinchi oʻgʻli Inoyatulloh qoʻllab-quvvatlagan holda amir deb eʼlon qildi[16].
Habibulloxonning birinchi xotinidan boʻlgan uchinchi oʻgʻli Omonullaxon bu xabarni eshitgach, Kobulda podshohning vakili sifatida qolgan edi. Shu fursatdan foydalanib, u darhol Kobuldagi xazinani oʻz qoʻliga oldi va amakisiga qarshi davlat toʻntarishi uyushtirdi[17]. U Nasrullaxonga qarshi urush eʼlon qilib, Kobul va markaziy hukumatni oʻz nazoratiga oldi. Nasrullaxon podshoh boʻlishi uchun qon toʻkilishini istamasdi. U Omonullohga shohlikka ega boʻlishi mumkinligini aytdi va Saudiya Arabistoniga surgun qilinadi. Omonullohxon Qur’onga qasam ichdi, agar Nasrullaxon Kobulga qaytsa, unga hech qanday zarar boʻlmaydi va keyin xohlaganini qila oladi. 1919-yil 28-fevralda Omonullohxon oʻzini amir deb eʼlon qildi[16][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Afghanistan Ameer's Prince“. New York Times (1895-yil 24-may). Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Abdur Rahman Khan" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) Cambridge University Press
- ↑ Hamilton, Angus. Afghanistan, Oriental Series. Boston: J. B. Millet Company, 1910. ISBN 9781113611291.
- ↑ Tate, George Passman. The Kingdom of Afghanistan: a historical sketch. "Times of India" offices, 1911. ISBN 9788120615861.
- ↑ „Afghanistan Ameer's Prince“. New York Times (1895-yil 24-may). Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Tate, George Passman. The Kingdom of Afghanistan: a historical sketch. "Times of India" offices, 1911. ISBN 9788120615861.
- ↑ How Michael. „When a Silloth weapons range welcomed Afghanistan royalty“. Times & Star. Cumbrian Newspapers (2009-yil 2-iyul). 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ The Times, 17 June 1895
- ↑ How Michael. „When a Silloth weapons range welcomed Afghanistan royalty“. Times & Star. Cumbrian Newspapers (2009-yil 2-iyul). 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ „At last the Shahzada goes away“. New York Times (1895-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ National Geographic Magazine 1921, Volume 39, p 97
- ↑ Saikal, Amin. Modern Afghanistan: a history of struggle and survival. I. B. Tauris, 2004. ISBN 1-85043-437-9. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.
- ↑ 13,0 13,1 Saikal, Amin. Modern Afghanistan: a history of struggle and survival. I. B. Tauris, 2004. ISBN 1-85043-437-9. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.
- ↑ Hamilton, Angus. Afghanistan, Oriental Series. Boston: J. B. Millet Company, 1910. ISBN 9781113611291.
- ↑ Molesworth, George Noble. Afghanistan 1919: An Account of Operations in the Third Afghan War. Asia Pub. House, 1962. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.
- ↑ 16,0 16,1 „Afghanistan 1919–1928: Sources in the India Office Records“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
- ↑ The Butcher of Amritsar – General Reginal Dyer Nigel Collett, 2006
- ↑ Clements, Frank. Conflict in Afghanistan: a historical encyclopedia. ABC-CLIO, 2003. ISBN 1-85109-402-4. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.