Kontent qismiga oʻtish

Nemuro yarimoroli

Koordinatalari: 43°23′7″N 145°49′0″E / 43.38528°N 145.81667°E / 43.38528; 145.81667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nemuro

根室半島 Nemuro-hantō
Yarimorol
Yarimorolning sun'iy yo'ldosh surati
Yarimorolning sun'iy yo'ldosh surati
43°23′7″N 145°49′0″E / 43.38528°N 145.81667°E / 43.38528; 145.81667
Mamlakat Yaponiya
Maydon 270 km2 (100 kv mi)
Iqlim turi Koppen Dfb
Nemuro xaritada
Nemuro
Nemuro

Nemuro yarimoroli (根室半島 Nemuro-hantō) – Yaponiyadagi Xokkaydo orolining sharqiy sohilida joylashgan yarimoroldir. Yarimorol Nemuro shahrining tarkibiga kiruvchi, uning sharqiy qismidagi uzunligi 30 kilometr, eni 19 kilometr boʻlgan maydondadir. Nemuro yarimorolining sharqiy chekkasida joylashgan Nosappu burni Xokkaydo orolining eng sharqiy nuqtasi hisoblanadi. Shimoliy qirgʻoqlari Nemuro koʻrfaziga, janubiy sohillari esa Tinch Okeaniga tutashgan. Nemuro yarimorolidan sharqqa tomon choʻzilgan hududlarda Rossiya tomonidan boshqariladigan ammo Yaponiya ham egalikka daʼvo qiladigan Habamai arxipelagi orollari joylashgan. Yarimorolida kichik hajmli Hanasaki porti mavjud. 1991-yildan beri Kuril orollaridan kelgan rus baliqchilariga oʻz baliqlarini Hanasaki portida sotish uchun kirishga ruxsat berilgan.

Nemuro yarim orolining katta qismi nam kontinental iqlimga ega (Koppen Dfb). Biroq, mavsumiy kechikish fenomeni taʼsiri tufayli, yoz mavsumining oʻrtasi koʻpincha avgust oyining ikkinchi yarmi va sentyabr oyining birinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Masalan, Nosappu burnida bahor koʻpincha may oyining oxirlarida keladi va baʼzi yillarda qish hatto iyun oyining oxirlarida ham davom etadi. 1983-yilda uzluksiz sovuq havo oqimi tufayli hududda qish iyul oyining oxirigacha tugamadi va avgust oyida birdan yoz fasli boshlanib ketdi. Shuningdek, iyun oyida maksimal harorat 12 °C dan oshmadi[1].

Iyun oyida Nemuroda Yaponiyadagi eng erta – soat 3:30da quyosh chiqishini kuzatish mumkin. Iqlimi sabab, sakura gullash mavsumi Nemuroda barcha mintaqalarga qaraganda kechroq boshlanadi[2].

Hayvonot olami

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yarim orolda yashovchi qushlar orasida puffino, oqqush, Blakiston boyqushi, oq dumli suvburgut, Steller dengiz burguti, qora oʻrmonchi, dala gʻozi va yapon turnasi kabilar mavjud. Yarimorol hududida tulki, kiyik va burunduq kabi hayvonlar ham koʻp uchraydi[3].

  1. 納沙布 1983年(月ごとの値) 主な要素
  2. „Nemuro Tourist Information“ (deadlink). 2014-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  3. „Информация о туризме г. Нэмуро“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.