Kontent qismiga oʻtish

Nigora Allayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nigora Allayeva
Tavalludi 23.12.1972
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tarix, manbashunoslik
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi FA Tarix instituti

Nigora Ashirovna Allayeva— (1972-yil, 23-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olima. Tarix fanlari doktori (2019). Hozirda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti „Tarixshunoslik va manbashunoslik markazi“ boshligʻi. Nigora Allayeva „XVI—XIX asr 70-yillarida Xiva xonligining tashqi aloqalari tarixi“ mavzusida dastlabki monografik tadqiqot olib borgan.


Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigora Allayeva 1972-yil 23-dekabr Toshkent shahrida shifokorlar oilasida tugʻilgan. U 1990—1995-yillarda Termiz davlat universitetining Tarix fakultetida taʼlim oldi. Universitetda tahsil olish bilan birga, 1992-yildan Hakim at-Termiziy nomidagi 93-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tarix fanidan dars berishni boshladi. 1999-yildan TerDU qoshidagi 1-son akdemik litseyda tarix fani oʻqituvchisi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Shu bilan birga, Nigora Allayeva akademik litseyning „ijtimoiy-gumanitar fanlari“ kafedrasining mudiri, 2002—2003-yillarda litseyning oʻquv ishlari boʻyicha direktor muovini sifatida faoliyat yuritdi. Nigora Allayeva oʻzining ilmiy faoliyatini 2003-yilda OʻzR FA Tarix institutining „Oʻrta asrlar tarixi“ boʻlimi aspiranti sifatida boshlab, t.f.d., prof. Roziya Mukminova rahbarligida ilmiy tadqiqot olib bordi. Aspiranturadan soʻng, u fors va turkiy (chagʻatoy) tildagi qoʻlyozma manbalar hamda rus va ingliz tilidagi birlamchi manbalar bilan ishlay oladigan tadqiqotchi sifatida „Oʻrta asrlar tarixi“ boʻlimiga kichik ilmiy xodim vazifasiga ishga olindi. 2007-yilda Nigora Allayeva „XVI—XVIII asrda Xiva xonligi va Eron oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2009-yilda u katta ilmiy xodimlikka oʻtkazildi va 2010—2012-yillar mobaynida institutning „Oʻrta asrlar tarixi“ boʻlimi boshligʻi sifatida ish olib bordi[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigora Allayeva 2007-yildan buyon Tarix institutidagi bir nechta fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga rahbarlik qilib keladi. U 2009-yilda OʻzR FA Tarix institutida tashkil etilgan professor Roziya Mukminova nomidagi tarixchilar Respublika seminarining tashkilotchilaridan hisoblanadi. Nigora Allayeva oʻrta asrlarning eng murakkab jarayonlari ustida tadqiqot olib borib, 2019-yilning 11-martida „XVI—XIX asr 70-yillarida Xiva xonligining tashqi aloqalari tarixi“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Nigora Allayeva Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda, shuningdek Tarix institutining barcha ilmiy tadbirlarida faol ishtirok etish bilan birga, xalqaro miqyosda ham oʻz malakasini oshirib bordi. U Germaniyaning xalqaro „Gerda Xenkel“ hamda „DAAD“ grantlari doirasida Rossiya FA Qoʻlyozmalar instituti, Eron Islom Respublikasining milliy kutubxona va arxivlari, Germaniyaning Bonn va Bamberg Universitetlari hamda Avstriya FA Eronshunoslik instituti kabi yirik tadqiqot markazlarida ish olib borib, Markaziy Osiyo tarixi boʻyicha xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashinish imkoniga ega boʻldi. Nigora Allayeva bir qancha kollektiv monografiyalar muallifi va tuzuvchisi boʻlib, uning „Xiva xonligi diplomatiyasi tarixi (XVI—XIX asrlar)“ (2019) nomli monografiyasi Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining eng murakkab va kam oʻrganilgan davrini ochib berishi bilan ahamiyatli[2]. Uning 70 dan ortiq ilmiy maqolalari boʻlib, shu jumladan, xalqaro Scopus va Web of science bazasiga kiruvchi „Journal of Persianate Studies“, „Central Asiatic Journal“ hamda „Bulletin of National Academy of sciences of the Republic of Kazakhstan“ jurnallarida ham maqolalar chop ettirib boradi. Nigora Allayeva koʻplab xalqaro konferensiyalarda (Germaniya-Gottenxeym, 2009; Avstriya-Badgashteyn, 2010; Buyuk Britaniya-Kembridj, 2011; Avstriya-Vena, 2012; Germaniya-Berlin, 2014; Shveysariya-Tsyurix, 2015; Xitoy-Pekin, 2017; Rossiya-Moskva, 2018, 2021; Tojikiston-Panjikent, 2018, 2019; Eron-Tehron, 2019) oʻz ilmiy ishi yuzasidan maʼruzalar qilgan. Nigora Allayeva bevosita oʻrta asr qoʻlyozmalari, arxiv hujjatlari hamda turli yoʻnalishdagi birlamchi manbalar bilan ishlovchi mutaxassis, qolaversa, talabchan va zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlarga ega olima sifatida 2020-yilda OʻzR FA Tarix institutida shakllantirilgan „Tarixshunoslik va manbashunoslik“ markazining boshligʻi etib tayinlandi. Hozirda Nigora Allayeva institutda manbashunoslik yoʻnalishini chuqurlashtirish va tarixshunoslik tadqiqotlarini yanada rivojlantirish borasida istiqbolli rejalar ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, u ilmiy darajalar beruvchi Ixtisoslashgan ilmiy kengashning ilmiy seminar raisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Qoʻlga kiritilgan ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka etkazish borasida ham oʻz hissasini qoʻshayotgan Nigora Allayeva doimiy ravishda „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalidagi koʻrsatuvlarda ishtirok etib keladi. Olima Oʻzbekiston tarixini birlamchi manbalar asosida yanada chuqur yoritish va manbashunoslik yoʻnalishida yirik fundamental tadqiqotlarni davom ettirish hamda bu sohaning kelajagi uchun yosh kadrlarni tayyorlash maqsadi yoʻlida tinmay izlanishdadir.

Asosiy ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monografiya va risolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Allayeva N.A. Xiva xonligi diplomatiyasi (XVI-XIX asrlar). — Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. — 272 b.
  2. Allayeva N.A. Xiva xonligi diplomatiyasi va savdo aloqalari (XVI-XIX asrlar) / Toʻldirilgan va qayta ishlangan nashr. — Toshkent: Akademnashr, 2019. 496 b.
  3. Allayeva N.A. Oʻzbek xonliklari tarixshunosligi. Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun metodik qoʻllanma (mualliflar jamoasi). — Toshkent, 2011. — 90 b.
  4. Allayeva N.A. Oʻrta Osiyo xalqlari etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik jarayonlarning manbalarda aks etishi (XVI-XIX asr birinchi yarmi) (mualliflar jamoasi). — Toshkent: Yangi nashr, 2011. — 120 b.
  1. Allayeva N.A. Xiva xonligi aholisi etnik tarkibining ayrim manbalarda aks etishi // Oʻzbekiston etnologiyasi dolzarb muammolari mavzusidagi IV Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. -Toshkent-Namangan, 2007. — B. 91-96.
  2. Allaeva N.A. Illumination Khiva-Turkmen relations in the Turkic and Persian manuscripts (16-19th cent.) // Cultural heritage — a source of history, cultural and spiritual revival of the world. Collection of the international scientific conference. — Ashgabad, 2008. — Pp. 320.
  3. Allayeva N.A. Xiva — Eron oʻzaro aloqalarining etnomadaniy jarayonlarga taʼsiri (XVI — XIX asrlar) // Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 525 yilligiga bagʻishlangan Respublika yosh olimlar ilmiy toʻplami. — Toshkent, 2008. — B. 13-15.
  4. Allayeva N.A. Rizoquli Xidoyat va uning „Xorazm safarnomasi“ // Oʻzbekiston tarixining dolzarb masalalari: yondashuvlar va asosiy yoʻnalishlari. Respublika yosh olimlar birinchi ilmiy konferensiyasi materiallari toʻplami. — Toshkent, 2009. — B. 233-237.
  5. Allayeva N.A. Xorazm tarixshunoslik maktabining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari // Oʻzbekistonda tarix fani: 20 yildan soʻng. Anʼanaviy beshinchi Respublika tarixshunoslik oʻqishlari. — Toshkent, 2010. — B. 15-20.
  6. Allayeva N.A. Xiva xonligi va Usmoniylar oʻzaro aloqalari tarixidan // Respublika yosh olimlarining anʼanaviy ikkinchi ilmiy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2010. — B. 223-227.
  7. Allaeva N.A. Vneshne-politicheskie svyazi Xivinskogo xanstva / Istoriya Uzbekistana (XVI — pervaya polovina XIX v.) (mualliflar jamoasi). Otv. red. D.A. Alimova. Tom 4. — Tashkent: Fan, 2012. — S. 301-315.
  8. Allaeva N.A. Vneshne-politicheskie svyazi Xivinskogo xanstva / Xorezm v Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana (XVI — pervaya polovina XIX v.) (mualliflar jamoasi). Otv. red. E.V. Rtveladze, D.A. Alimova. — Tashkent, 2013. — S. 218-232.
  9. Allaeva N.A. K voprosu posolskogo seremoniala v sredneaziatskix xanstvax: osnovnie etapi i pravila etiketa // Markaziy Osiyo tarixi zamonaviy medievistika talqinida (Professor Roziya Mukminova xotirasiga bagʻishlangan kollektiv monografiya). — Toshkent, Yangi Nashr, 2013. — B. 174-185.
  10. Allaeva N.A. The Shajara-yi Turk as an Important Source on the History of the Relations between Khiva and its Neighbors // Journal of Persianate studies. — Brill, 2014. — № 7. — Pp. 55-87.
  11. Allayeva N.A. Roman Gogning „Safar kundaligi“ — XVIII asr Oʻrta Osiyo tarixiga doir muhim manba sifatida // Sharqshunoslik ilmiy toʻplami (OʻzR FA). — Toshkent, 2014. — № 17. — B. 14-25.
  12. Allayeva N.A. XIX asr Xiva xonligida elchilik xizmati: Eron elchisining safar tafsilotlari // Oʻzbekiston tarixi. — Toshkent, 2014. — № 2. — B. 31-43.
  13. Allayeva N.A. Xiva xonligi tashqi munosabatlarining mamlakatdagi etnomadaniy jarayonlarga taʼsiri // Imom al-Buxoriy saboqlari. — Samarqand, 2014. — № 3. — B. 28-31.
  14. Allayeva N.A. Tarixnavislikda tashqi aloqalar masalasi va uning davlatchilik tarixini oʻrganishdagi oʻrni // Sharqshunoslik. — Toshkent, 2014. — № 1. — B. 34-44.
  15. Allaeva N.A. Yevropeyskie posetiteli v Xive: istoricheskiy obzor i statisticheskie dannie po inostrannim vizitam // Sharqshunoslik. — Toshkent, 2014. — № 3-4. — B. 123-132.
  16. Allaeva N.A. „Putevie zametki“ Yevropeysev i ix znachenie v izuchenii diplomaticheskix slujb v Xivinskom xanstve // Tarix fani Markaziy Osiyo intellektual rivoji kontekstida / D.Alimova muharrirligi ostida. — Toshkent, 2014. — B. 257-266.
  17. Allayeva N.A. Xiva xonligining Qozoq juzlari bilan oʻzaro aloqalari manbashunosligiga doir // „Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari va metodologiyasining dolzarb masalalari“ mavzusidagi Respublika VII ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2015. — B. 34-36.
  18. Allayeva N.A. XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligida rus elchilarini qabul qilish: umumiy va xususiy jihatlari // Xalqaro munosabatlar. — Toshkent, 2015. — № 4. — B. 68-79.
  19. Allayeva N.A. Xiva xonligining Dashti Qipchoq bilan oʻzaro aloqalari tarixining ayrim jihatlari // Oʻzbekiston tarixi. — Toshkent, 2016. — № 4. — B. 3-10.
  20. Allaeva N.A. Central Asian statehood issue through the question of foreign relations of the Khivan khanate // 14th Bi-Annual Conference of European Society for Central Asian Studies (ESCAS). — Zurich, October, 2015. — Pp. 23.
  21. Allaeva N.A. The Role of Khorezm in the Economic System of International Trade Relations in the 16th — 19th centuries // Special Program Central Asia. Final Publication. — Germany, 2015. — Pp. 17.
  22. Allayeva N.A. Lost in Khvarazm. On the Interdependence of Power and Conflict in the Example of Nadir Shah’s Khiva Campaign(s) // Central Asiatic Journal. — Germany, 2016. (59) 1/2. — Pp. 77-100.
  23. Allayeva N.A. (D. Begalieva bilan hammualliflikda). Xiva xonligida „Xon koʻtarish“ marosimi va uning muhim jihatlari // Meros. — Toshkent, 2016. — № 1. — B. 90-99.
  24. Allayeva N.A. Xorazm tarixidan bir lavha: talqin va tahlil // Yosh sharqshunoslarning akademik U. Karimov nomidagi XIII ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari toʻplami. — Toshkent, 2016. — B. 80-84.
  25. Allayeva N.A. XIX asrga oid „Xorazm Safarnomalari“ning Xiva xonligidagi „elchilik xizmati“ tarixini oʻrganishdagi oʻrni // „Oʻzbekistonda elchilik xizmati tarixidan: tahlil va talqin“ mavzusidagi professor R. Mukminova nomidagi anʼanaviy Respublika tarixchilari ilmiy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2016. — B. 155-168.
  26. Allayeva N.A. Xiva xonligi tarixiga doir hujjatlarning qiyosiy tahlili borasida ayrim mulohazalar (XVIII-XIX asrlarga oid maktublar misolida) // OʻzMU xabarlari. — Toshkent, 2017. — № 1/4. — B. 7-10.
  27. Allayeva N.A. Soʻnggi oʻrta asrlarda Xiva xonligining ichki va tashqi savdosiga doir tarixiy maʼlumotlar // Oʻzbekiston tarixi. — Toshkent, 2017. — № 2. — B. 3-12.
  28. Allayeva N.A. Maktublarda aks etgan tarix yoxud Xiva xonligining Eron bilan diplomatik yozishmalari (XVI — XIX asrlar) // Tamaddun nuri. 2017. — № 4. — B. 53-55.
  29. Allayeva N.A. Rossiya davlat arxivi qadimgi aktlar fondining XVII asr Xiva xonligi tarixiga doir ayrim hujjatlari // „Arxivlar va moddiy-madaniy meros obʼektlari: integratsiya jarayonlari, muammolar va ularning echimlari“ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami. — Toshkent, 2017. — B. 15-20.
  30. Allaeva N.A. Travelogues. Iranian „Safaratnamas“ and Russian Travel Diaries as an Effective Instrumentality of Diplomacy // Performance of Diplomacy in the Early Modern World / Proceedings of the Symposium organized by Viennese Research Institute of Don Juan Archiv Wien. — Vienna, 17-18 March, 2017. — Pp. 8-9.
  31. Allaeva N.A. Continuity of Mongol Traditions in the Early Modern Practice of Power Legitimation in Khwarazm // International Conference „China and Central Asia from the Pre-Mongol to the Post-Mongol Periods: History and Culture“. — Beijing, 2017. — Pp. 10-11.
  32. Allayeva N.A. Xiva xonligining savdo-tijorat aloqalarida import mahsulotlari va ularning xonlik iqtisodiyoti rivojiga koʻrsatgan taʼsiri (XVI-XIX asrlar) // Xorazm Maʼmun Akademiyasi axborotnomasi. — Xorazm, 2018. — № 3. — B. 54-58.
  33. Allayeva N.A. „Shohidu-l-iqbol“ asarida Oʻrta Osiyo xonliklari oʻzaro aloqalarining aks etishi // Markaziy osiyoda intellektual meros: anʼanalar va innovatsiyalar (XIX — XX asr boshlari). Ilmiy toʻplam / Masʼul muharrir D.H. Ziyaeva. — Toshkent, 2018. — B. 11-17.
  34. Allayeva N.A. Nekotorie dokumenti po istorii vneshnix svyazey Xivinskogo xanstva v pozdnee srednevekoviy period // Vestnik Tadjikskogo Pedagogicheskogo Instituta (g. Panjikent), 2018. — № 3. Ch. I. — S. 38-43.
  35. Allaeva N.A. Central Asia and Iran 16th — 19th Centuries: the Ways and Forms of Intellectual and Cultural Exchanges. Intellectual and Cultural Relations between Iran and Central Asia and Caucasus. Tehran. 2019. P. 17.
  36. Diplomatic Performance at the Royal Court of Khiva in the 19 th century. Xorezm v istorii narodov Yevrazii: Sbornik materialov Mejdunarodnogo simpoziuma, posvyaщennogo 150-letiyu so dnya rojdeniya akademika V.V. Bartolda. Kazaxstan (Kaskelen). 2019. C. 68-77.
  37. Rossiyskiy faktor v xivinsko-kazaxskix otnosheniyax. Tsentralnaya Aziya v epoxu srednevekovya i novogo vremeni: obщestvo, kultura, istochniki. Pod redaksiey: D. Alimova, F. Shvars. Tashkent-Vena. 2019. S. 355-370.
  38. Yalangtoʻsh Bahodirxon shaxsi bilan bogʻliq bir maktub xususida. Samarqand va Zarafshon tarixi zamonaviy tadqiqotlarda. Samarqand oʻqishlari — I. Toshkent-Samarqand. 2020. 350-356-betlar.
  39. Allaeva N. Sefevidskoe gosudarstvo i Xivinskoe xanstvo: Osnovnie formi i xarakternie svoystva vzaimootnosheniy // Materiali nauchnoy konferensii „Ukraїna-Azerbaydjan“. Otvet.redaktor Ya.V. Pilipchuk. Kiev, 2021. S. 9-13.
  40. Allaeva N. K voprosu diplomaticheskix korrespondensiy v istorii vneshnix svyazey Xivinskogo xanstva // Markaziy Osiyo tarixi rasmiy hujjatlarda (VII — XIX asrlar) (xalqaro anjuman materiallari) — Istoriya Tsentralnoy Azii v ofitsialnix dokumentax (VII-XIX vv.) (materiali mejdunarodnoy konferensii). Toshkent: Fan, 2021. B. 137-144.