Kontent qismiga oʻtish

Nikel rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikel rudalari - tarkibidagi nikelni sanoat miqyosida ajratib olish iqtisodiy foydali boʻlgan ta-biiy mineral hosilalar. Nikel rudalarining sulfidlimis va silikatli turlari boʻladi. Hozirgi tarkibida nikel boʻlgan 100 dan ortiq mineral maʼlum. Sulfidli-mis Nikel rudalariga, asosan, pirrotin, pentlandit, xalkopirit va magnetit, ikkinchi darajali va kamyoblariga pirit, xromit, kubanit, millerit, polidimit, platinoid minerallar va boshqa kiradi. Bu ruda konlarining aksari qismi tokembriy kris-talli qalqonlar va qad. platformalarga mansub magmatik hosilalarga tegishli. Yaxlit va xol-xol rudalar qatlam va to-mirsimon tana, linza va tomir koʻrinishida joylashgan. Qalinligi 50 m gacha, baʼzan 300 m gacha. Sulfidli rudalarda nikelning miqdori 0,3 dan 4% gacha boʻladi. Rudadan nikel va misdan tashqari bir qancha boshqa elementlar ham ajratib olinadi. Konlari RF (Norilsk, Pechenga), Kanada, Avstraliya va Jan. Afrikada bor. Silikatli Nikel rudalari ultrabazitlar nurash poʻstining boʻsh gilsimon hosilalaridan iborat. Ularda Ni 4% gacha va undan yuqori boʻladi. Asosiy minerallari: garniyerit, non-tronit, nepuit, revdinskit, kerolit, serpentin, gidrogetit, gyotit, asbolan, gidroxlorit. Silikatli rudalar orasida temirli, magneziyali, kremniyli, gil-tuprokli turlari mavjud. Konlari Gretsiya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi (Norilsk va Tuvada), Ukraina va boshqa joylarda bor. Oʻzbekistonda Toshqazigan (Quljuqtov) ko-nida mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil