Kontent qismiga oʻtish

Nikkō

Koordinatalari: 36°43′11.4″N 139°41′53.4″E / 36.719833°N 139.698167°E / 36.719833; 139.698167
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikkō

日光市
Shahar
Skyline of Nikkō
Nikkō
Bayroq
Nikkō
Gerb
36°43′11.4″N 139°41′53.4″E / 36.719833°N 139.698167°E / 36.719833; 139.698167
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Kanto viloyati
Asos solingan milodiy 766-yil
Maydon 1,449.83 km2 (559.78 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2021-yil 1-oktyabr)
76 452
Zichligi 53 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0288-22-1111
Nikkō xaritada
Nikkō
Nikkō

Nikkō (yaponcha: 日光市 Nikkō-shi?) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 2-dekabr holatiga koʻra, shaharda 36.531 xonadonda hisoblangan 80.239 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa 1 km2 ga 55 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 1,449,83 kvadrat kilometr (559,78 mi²) ga teng. Bu yaponiyaliklar va xalqaro sayyohlar orasida mashhur joy hisoblanadi. Diqqatga sazovor joylarga Tokugava syogunati (Nikkō Tōshō-gū) va uning nabirasi Iemitsu (Iemitsu-byō Taiyū-in) maqbarasi va eramizning 767-yiliga toʻgʻri keladigan Futarasan ziyoratgohi kiradi. Shuningdek, hududda koʻplab mashhur issiq buloqlar (onsen) mavjud. Shahar hududidagi tekisliklarning balandligi 200 dan 2000 metrgacha yetadi[2]. Yaponlarning【日光を見ずして結構と言うなかれ】"Nikkoni koʻrmaguningizcha, hech qachon „kekko“ demang" -degan soʻzlari „Men goʻzallikdan mamnunman“ degan maʼnoni anglatadi[3][4].

Nikko shahar markazi

Nikkō juda katta maydonni egallaydi (1449,83 km 2) shimoli-gʻarbiy Tochigi qishloqlari Tokio shahridan taxminan 140 km shimolda va Tochigi prefekturasi poytaxti Utsunomiya 35 km gʻarbda joylashgan. Bu Yaponiyaning Takayama va Hamamatsudan keyin uchinchi yirik shahri (hududi boʻyicha) hisoblanadi.

Shahardan Vatarase daryosi ham, Kinugava daryosi ham oqib oʻtadi. Chuzenji koʻli va Kegon sharsharasi, Nikko botanika bogʻi kabi hududlar Nikko hududida joylashgan. Shahardagi koʻplab togʻlar va sharsharalar uni gidroelektr energiyasining muhim manbaiga aylantirgan. Bu yerda mis va alyuminiy qazib olish konlari, beton tayyorlash korxonalari mavjud

Garchi Nikko Tokioga Xokkaydoga qaraganda ancha yaqinroq boʻlsa ham, Nikkodagi ob-havo shimoliy Xokkaydo oroli iqlimiga juda oʻxshaydi. Bu holatda Nikko relyefining balandligi muhim rol oʻynaydi. Togʻga koʻtarilganda havo odatda salqinlashadi. Nikkoda oʻrtacha harorat 7 °C (44 °F)[5] eng issiq oydagi harorat 22 °C (72 °F) ga yetadi[6], shuningdek, eng sovuq harorat −8 °C (17 °F) gacha borishi mumkin[7].

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tochigi prefekturasi

Gunma prefekturasi

Fukusima prefekturasi

Nikkō nam kontinental iqlimga ega (Köppen Dfb) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Nikkoda oʻrtacha yillik harorat 7.2 °C (45 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,202 millimetr (87 in) boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 18.8 °C (66 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −3.9 °C (25 °F) boʻladi.

Nikkōda qayd etilgan eng yuqori harorat 30.8 °C (87.4 °F) ni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2018-yil 8-avgustda qayd etilgan. Hozirgacha qayd etilgan eng sovuq harorat 1984-yil 15-martda sodir boʻlgan boʻlib, u −18.7 °C (−1.7 °F) edi

Nikkō (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 12,7 14,0 16,7 23,2 16,4 26,8 30,4 30,8 27,6 25,3 19,1 17,2 30,8
Oʻrtacha maksimal, °C −0,3 0,6 4,2 10,1 15,3 18,0 22,1 22,9 18,9 13,7 8,6 2,8 11,4
Oʻrtacha harorat, °C −3,9 −3,5 −0,3 5,1 10,3 14,0 18,2 18,8 15,2 9,6 4,4 −1 7,2
Oʻrtacha minimal, °C −0,3 0,6 4,2 10,1 15,3 18,0 22,1 22,9 18,9 13,7 8,6 2,8 11,4
Mutlaq minimal, °C 12,7 14,0 16,7 23,2 26,4 . 26,8 30,4 30,8 27,6 25,3 19,1 17,2 30,8
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 57,5 48,6 108,5 154,4 177,1 228,8 280,5 332,5 409,0 240,9 97,6 58,4 220 286,69
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[8][9]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[10][1], Nikko aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1950107,674—    
1960110,468+2.6%
197099,415−10.0%
198097,515−1.9%
199097,859+0.4%
200098,143+0.3%
201090,064−8.2%
202077,661−13.8%
1901-yilgi shaharning diqqatga sazovor joylari xaritasi

Shōdō Shōnin (yaponcha: 勝道上人?) tomonidan 766-yilda Rinno-ji ibodatxonasini, keyin 784-yilda Chuzen-ji ibodatxonasini qurildi. Bu ibodatxonalar atrofida Nikkō qishlogʻi rivojlangan. Nikkō Toshho-gu ziyoratgohi 1617-yilda qurib bitkazildi va Edo davrida bu hududga tashrif buyuruvchilarning asosiy tashrif maskaniga aylandi. Bu shogun Tokugava Ieyasu dafn etilgan joy sifatida mashhur boʻlgan. Bu vaqt ichida Nikkōga yaqin hududlardan kirishni osonlashtirish uchun bir qator yangi yoʻllar qurildi. Nikkō shahridagi Tosho-gu, Futarasan ziyoratgohi va Rinno-ji hozirda YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan

Meiji davrida Nikkō togʻ kurort zonasi sifatida rivojlandi va Yaponiyaga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar orasida mashhur boʻldi. Yaponiya milliy temir yoʻllari Nikkōga 1890-yilda Nikko liniyasi qurilishi bilan xizmat koʻrsatishni boshladi, keyin esa 1929-yilda Nikko liniyasi bilan Tobu temir yoʻli ham shahar hududidan oʻtadigan boʻldi.

Nikkō 1889-yilda shahar sifatida (Kamitsuga tumanining bir qismi) zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. 1954-yilda qoʻshni Okorogava qishlogʻi bilan birlashgandan keyin shahar maqomiga koʻtarildi.

2006-yil 20-martda Nikkō qoʻshni Imaichi shahrini, Ashio shahrini (Kamitsuga tumanidan), Fujihara shahrini va Kuriyama qishlogʻini (ikkalasi ham Shioya tumanidan) oʻzlashtirib, rasman yangi va kengaytirilgan shaharga aylanishga muvaffaq boʻldi. Yangi shahar hokimiyati sobiq Imaichi meriyasida joylashgan; sobiq Nikkō meriyasi — Nikkō shahar hokimiyati endilikda Nikkō sunʼiy yoʻldosh idorasi sifatida tanilgan.

Nikko toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Nikkō shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 2-okrugi tarkibiga kiradi.

Nikkō oʻzining tarixiy va goʻzal joylari hamda issiq buloq kurortlari turizmi bilan mashhur. Gidroenergetika ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati, rangli metallar sanoati ham iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Nikkō Yaponiyaning Mintaqaviy jonlanishni ragʻbatlantirish boʻyicha idorasi (Kishida Vazirlar Mahkamasining Kotibiyati) tomonidan aholi sonining kamayishi bilan kurashish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga yordam beruvchi raqamli transformatsiya/tele -ish infratuzilmasining „yuqori standarti“ uchun tan olingan. Tegishli loyihalarga 19,1 million ¥ dan ortiq davlat grantlari berilgan[11].

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikko shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 23 ta davlat boshlangʻich maktabi, 12 ta davlat oʻrta maktabi hamda uchta birlashtirilgan davlat boshlangʻich/oʻrta maktabiga ega. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Oliy maktablar:

  • Tochigi prefekturasining Nikko Meiho oliy maktabi (yaponcha: ja 栃木県立日光明峰高等学校?)
  • Tochigi prefekturasining Imaichi oliy maktabi (yaponcha: ja 栃木県立今市高等学校?)
  • Tochigi prefekturasining Imaichi texnika oliy maktabi (yaponcha: ja 栃木県立今市工業高等学校?)
Nikkoning ramzlaridan biri boʻlgan Shinkyo koʻprigi.

JR Sharqiy yoʻli — Nikko liniyasi

  • Fubasami — Shimotsuke-Ōsava - Imaichi - Nikkō

Tobu temir yoʻli — Tobu Nikko liniyasi

  • Shimo-Goshiro — Myōjin — Shimo-Imaichi — Kami-Imaichi — Tōbu Nikkō

Tobu temir yoʻli — Tobu Kinugava liniyasi

  • Shimo-Imaichi — Daiya-Mukō — Ōkuva — Shin-Takatoku — Kosagoe — Tobu - Kinugava-Onsen — Kinugawa-Kōen - Shin-Fujivara

Yagan temir yoʻli

  • Shin-Fujivara — Ryūōkyō — Kavaji-Onsen — Kawaji-Yumoto — Yunishigava-Onsen — Nakamiyori-Onsen — Kamimiyori-Shiobara-Onsenguchi — Ojika-Kōgen

Vatarase Keikoku temir yoʻli

  • Haramukō — Tsūdō — Ashio — Matō

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tōhoku tezkor yoʻli — Yaita IC, Yaita-Kita PA
  • Nikkō Utsunomiya koʻchasi — Kiyotaki IC, Nikko IC, Imaichi IC, Dosava IC, Osava IC
  • Milliy yoʻnalish 119
  • Milliy yoʻnalish 120
  • Milliy yoʻnalish 121
  • Milliy yoʻnalish 122
  • Milliy yoʻnalish 352
  • Milliy yoʻnalish 400
  • Milliy yoʻnalish 461

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikko qishda shahar boʻylab ovqat izlab yuradigan maymunlari bilan mashhur. Kanman yurishidagi Jizo Bosatsu haykallari. Asosiy shahardan bir oz tashqarida, mahalliy aholi tez-tez tashrif buyuruvchilarga haykallarni sayr qilishlarini va orqaga qaytganda ularni qayta sanashlarini aytadilar. Raqam koʻpincha boshqacha boʻlib, mahalliy aholi orasida afsonani ahamiyatini oshiradi. Kanmangafuchi tubsizligi — Nantai togʻining otilishi natijasida lavadan hosil boʻlgan joy[12]

Nikko Kirifuri skeyt markazi

Nikkō xokkey boʻyicha Osiyo ligasida Nikko Ice Bucks oʻyinlarining markaziy shahri hisoblanadi. Nikkō Kirifuri muz arenasida 2007-yil aprel oyida xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (I divizioni) boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, bu yerda konkida uchish boʻyicha musobaqalar ham amalga oshiriladi.

Qardosh shaharlar bilan munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „Nikkō City official statistics“ (yaponcha) (2-dekabr 2020-yil). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2021-yil.
  2. „Nikko City/Location, Topography & History of Nikko City“. Nikko City. 2007-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel 2008-yil.
  3. Lohn, Steve. „Shrine of the Shogun“. The New York Times (11-sentabr 1983-yil).
  4. „Nikko/Aizu - Challenging“. okatours.com. 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2019-yil.
  5. „NIKKO, 24-hr Average Temperature“. worldclimate.com.
  6. „NIKKO, Average Maximum Temperature“. worldclimate.com.
  7. „NIKKO, Average Minimum Temperature“. worldclimate.com.
  8. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
  9. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
  10. „Nikkō population statistics“ (inglizcha) (11-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2021-yil.
  11. „地方創生テレワーク交付金の交付対象事業一覧(新規事業)“. 内閣府地方創生推進室 (10-avgust 2021-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2022-yil.
  12. „About Kanmangafuchi Abyss – Nikko Travel Guide | Planetyze“ (inglizcha). Planetyze. Qaraldi: 24-noyabr 2017-yil.
  13. Kirkup, James. "Obituary: Masaru Ibuka, " Independent (London). December 22, 1997.
  14. [1] Baseball-reference.com
  15. [2] Official home page (yaponcha)
  16. official home page(yaponcha)