Nikolay Morozov
Nikolai Morozov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Nikolay Aleksandrovich Morozov |
Davlat |
Belarus Rossiya Ozarbayjon (1994) |
Tavalludi |
17-dekabr 1975-yil Moskva |
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) |
Oldingi sheriklari |
Tatyana Navka (BLR) Yekaterina Gvozdkova (RUS) Olga Pershankova (AZE) |
Oldingi murabbiylari |
Alexander Julin Janna Gromova |
Yakunlagan | 1998 |
Nikolay Aleksandrovich Morozov (ruscha: Николай Александрович Морозов; 1975-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchish boʻyicha murabbiy va xoreograf. Nikolay Rossiya, Belarus va Ozarbayjon vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Sherigi Tatyana Navka bilan birga 1998-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Belorussiya vakili sifatida 16-oʻrindan joy olgan va 1998-yilgi Jahon chempionatida 10-oʻrinni egallagan. Faoliyatining boshida Ozarbayjon vakili sifatida Olga Pershankova, Rossiya vakili sifatida esa Yekaterina Gvozdkova bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morozov 1996-yilda Tatyana Navka bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan va ular Belarusiyani himoya qilganlar. Morozov 1997-yilgi Jahon chempionatidagi mashgʻulotlarning birida tizzasidan jarohat olgan, shunga qaramay juftlik musobaqada 14-oʻrinni egallagan va jarohat operatsiya qilingan.
Navka / Morozov juftligi 1997 Karl Schäfer xotirasiga bagʻishlangan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻlgan. 1998-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkin dasturnning yarmida chiroqlarning deyarli toʻrtdan bir qismi oʻchib qolgan, lekin Navka / Morozov juftligi chiqishini toʻxtatmagan. Ular Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiadada 16-oʻrinni egallagan va 1998-yilda Minneapolisda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ularga Konnektikut shtatining Simsberi shahridagi Xalqaro konkida uchish markazida Aleksandr Julin va Bob Yang murabbiylik qilishgan[1]. Navka boshqa konkida uchuvchi bilan birga musobaqalarda qatnashishga qaror qilganida, Morozov uch oy davomida boshqa ayol bilan juftlikda konkida uchishga harakat qilgan, keyinchalik nafaqaga chiqqan[2].
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri
Ozarbayjon vakili sifatida Pershankova bilan birga
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | |
---|---|
Musobaqa | 1993 — 1994 |
Jahon chempionatlari | 21 |
Yevropa chempionati | 21 |
Golden Spin of Zagreb | 1 |
Milliy | |
Ozarbayjon chempionati | 1 |
Rossiya vakili sifatida Gvozdkova bilan birga
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||
---|---|---|
Musobaqa | 1994 — 1995 | 1995 — 1996 |
Lysiane Lauret Challenge | 3 | |
St Jervais International | 5 | |
Millatlar kubogi | 9 | |
Nebelhorn Trophy | 8 | |
Milliy | ||
Rossiya chempionati | 6 |
Belarus vakili sifatida Navka bilan birga
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||
---|---|---|
Musobaqa | 1996 — 1997 | 1997 — 1998 |
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 16 | |
Jahon chemp. | 14 | 10 |
Yevropa chemp. | 12 | 10 |
Rossiya GP kubogi | 6 | 3 |
GP Millatlar kubogi | 4 | |
Schäfer xotirasi | 1 | |
Milliy | ||
Belarusiya chemp. | 1 | 1 |
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Navka bilan)
Season | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
1997 — 1998 |
|
|
1996 — 1997 |
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Cup of Russia“. 2012-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ „ru:СПИСОК кандидатов в спортивные сборные команды Российской Федерации по фигурному катанию на коньках на 2011-2012 гг.“ [2011–2012 list] (ru). Russian Figure Skating Federation. Russian Sports Ministry (2011). 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.