Nile Air
| |||||||
Tashkil topgan | 2006 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 2011-yil mart | ||||||
Havo tuguni | Qohira xalqaro aeroporti | ||||||
Qoʻshimcha havo tuguni | Burj al-Arab xalqaro aeroporti[manba kerak] | ||||||
Park hududi | 6 (2023) | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 23 | ||||||
Bosh qarorgohi | Qohira, Misr | ||||||
Sayti | nileair.com |
Nile Air (arabcha: النيل للطيران) Qohira xalqaro aeroportida baza qilgan Misr aviakompaniyasi. Ushbu aeroportdan Misr va Yaqin Sharq, Fors koʻrfazi, Janubiy Yevropa, Osiyo va Afrikadagi yoʻnalishlarga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Nile Air – Misrdagi eng yirik xususiy aviakompaniya va umumiy aviakompaniyalar roʻyxatida mamlakat flagman aviakompaniyasi Egyptairdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Bu Airbus A320-200s va Airbus A321-200s aviaparkidan foydalangan holda muntazam parvozlarni amalga oshiradigan toʻliq xizmat koʻrsatuvchi (biznes va ekonom-klass xizmatlari bilan) aviatashuvchidir[1]. Aviakompaniya Qohira xalqaro aeroportidagi markazdan operatsiyalardan tashqari, Iskandariyaning Burj al-Arab aeroportida kichikroq bazani boshqaradi[manba kerak].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 1-noyabrda Misr fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati aviakompaniyaga Havo operatori sertifikatini topshirdi. Aviakompaniya 2007-yilda toʻqqizta Airbus A321-200 samolyotiga buyurtma bergan edi[2], ammo 2015-yilda bu buyurtma ikkita samolyotga oʻzgartirildi. 2010-yil avgust oyida oʻz faoliyatini boshladi, 2011-yil mart oyida Misrdan muntazam qatnovlarni[1] va Saudiya Arabistoniga reyslar yoʻlga qoʻyishdan oldin Libyan Arab Airlines bilan qisqa muddatli nam lizing (inglizcha: Wet lease) shartnomasini imzoladi.
2011-yil yanvar oyida aviakompaniya oʻz jadvali va parvozlar roʻyxatini Global yetkazib beruvchilar tizimi (GDS) da eʼlon qilgan Misrning birinchi xususiy aviakompaniyasi boʻldi va hozirda barcha 3 GDS tizimlari – Amadeus, Saber Corporation va Travelportda aviakompaniya parvoz maʼlumotlari mavjud.
2013-yilda Nile Air Arab Aviatashuvchilari Tashkiloti va 2016-yilda Afrika aviakompaniyalar uyushmasiga qoʻshildi[manba kerak]. Shuningdek, 2016-yilda aviakompaniya Amadeusning toʻliq IT-yechimlarini taqdim etuvchi Airline IT portfelidan foydalangan Yaqin Sharqdagi birinchi aviakompaniyaga aylandi[3]. 2016-yil iyun oyida Nile Air va Lila Design birgalikda Airbus A320 (SU-BQM) samolyotida namoyish etilgan Nile Air A320 maxsus „Misr turizmi“ liveriyasi ustida ishladi.
2017-yilda aviakompaniya Misr futbol terma jamoasining rasmiy aviatashuvchisiga aylandi – bu turdagi birinchi kelishuv. Bundan tashqari, aviakompaniya jamoaning asosiy homiylaridan biri sanaladi.
Korporativ faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Egaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nile Air 2008-yilda tashkil etilgan Misr aksiyadorlik kompaniyasi boʻlib, uning 60% misrlik jismoniy shaxslar va kompaniyalarga, qolgan 40% esa Al Tayyar Group (hozirda Seera[4]) sobiq prezidenti taniqli doktor Nosir al-Tayyorga tegishli. Saudiya Arabistoni Qirolligida joylashgan Al Tayyar Group sayyohlik agentligi 15 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi[1]. Nile Air Al Tayyar Travel Holding kompaniyasining hisoblarida „affillangan kompaniya“ sifatida koʻrsatilgan[5].
Oxirgi yillarda aviakompaniya Misr fond birjasiga chiqish niyatida ekanligi haqida bir qancha matbuot xabarlari paydo boʻldi, aviakompaniya aksiyalarining 30 foizi misrlik investorlarga taklif qilindi, egasi va asoschisi Nosir al-Tayyor esa 40% aksiyalar paketini saqlab qoldi[6].
Biznes trendlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nile Air xususiy kompaniya boʻlib, yillik hisobotlar chop etilmaydi. Ularning yoʻqligi ortidan kompaniyaning moliyaviy tendensiyalari haqida cheklangan maʼlumotlar mavjud. Mavjud raqamlar quyida keltirilgan (31-dekabrda tugaydigan moliyaviy yillar uchun):
2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | |
---|---|---|---|---|---|---|
Aylanma mablagʻlar | mavjud emas | |||||
Foyda | mavjud emas | |||||
Xodimlar soni | 665 | 762 | 770 | |||
Yoʻlovchilar soni (m) | 0,35 | 0,93 | 1.36 | 1.04 | ||
Yoʻlovchi yuk koeffitsienti (%) | 66.9 | 68.5 | 70 | |||
Samolyotlar soni (yil oxirida) | 2 | 4 | 4 | 6 | 7 | 7 |
Eslatmalar/manbalar | [7] | [7] | [8] | [9] | [10] |
Bosh ofisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniyaning bosh qarorgohi Qohira shahridagi Qohira xalqaro aeroportining 1-terminal roʻparasida joylashgan.
Parvoz manzillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil iyul holatiga koʻra, Nile Air quyidagi yoʻnalishlarga muntazam parvozlarni amalga oshiradi[11]:
Mamlakat | Shahar | Aeroport | Eslatmalar | Manbalar |
---|---|---|---|---|
Misr | Iskandariya | Burj al-Arab aeroporti | ||
Asvon | Asvon xalqaro aeroporti | |||
Qohira | Qohira xalqaro aeroporti | Hab | ||
Hurgada | Hurgada xalqaro aeroporti | |||
Al-Uqsur | Al-Uqsur xalqaro aeroporti | |||
Sharm al-Shayx | Sharm ash-Shayx xalqaro aeroporti | |||
Germaniya | Dusseldorf | Dusseldorf aeroporti | ||
Iroq | Bagʻdod | Bagʻdod xalqaro aeroporti | ||
Basra | Basra xalqaro aeroporti | |||
Kuvayt | Al-Quvayt | Kuvayt xalqaro aeroporti | ||
Saudiya Arabistoni | Burayda | Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti | ||
Haʼil | Ha'il mintaqaviy aeroporti | |||
Jidda | Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti | |||
Jizan | Jizan mintaqaviy aeroporti | |||
Sakaka | Al-Jouf aeroporti | |||
Toif | Toif xalqaro aeroporti | |||
Tabuk | Tabuk mintaqaviy aeroporti | |||
Yanbu | Yanbu aeroporti | |||
Sudan | Port-sudan | Port Sudan yangi xalqaro aeroporti | ||
Shvetsiya | Stokgolm | Stokgolm Arlanda aeroporti | ||
Turkiya | Istanbul | Istanbul Sabiha Goʻkchen xalqaro aeroporti | ||
BAA | Al Ayn | Al-Ayn xalqaro aeroporti | ||
Oʻzbekiston | Toshkent | Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti |
Aviaparki
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil avgust holatiga koʻra, Nile Air aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[12][13]
Samolyot rusumi | Miqdori | Buyurtmalar | Yoʻlovchi oʻrindiqlari soni | Eslatmalar | ||
---|---|---|---|---|---|---|
C | Y | Jami | ||||
Airbus A320-200 | 4 | — | 8 | 156 | 164[12] | |
Airbus A321-200 | 2 | — | 8 | 196 | 204[12] | |
Airbus A321neo | — | 2[14] | EQ
|
Samolyotlar 2026-yilda yetkazib beriladi | ||
Airbus A321XLR | — | 4 | ||||
Jami | 6 | 6 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „About Nile Airline“. 2015-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
- ↑ „Airbus wins Nile Air Order“. 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
- ↑ „Nile Air adopts complete Amadeus IT portfolio“. 2016-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
- ↑ „Al Tayyar Travel Group is now Seera.“. 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
- ↑ „Al Tayyar Travel Group Holding Company Consolidated Financial Statements for the year ended 31 December 2014“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
- ↑ „Nile Air looks to go public on Egyptian Stock Exchange in 2017“. Arabian Aerospace. 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
- ↑ 7,0 7,1 „Nile Air bids to turnaround Egypt tourism“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
- ↑ „AFRAA Annual Report 2017“. AFRAA (2017). 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
- ↑ „AFRAA Annual Report 2018“. AFRAA (2018). 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
- ↑ „AFRAA Annual Report 2019“. AFRAA (2019). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
- ↑ „Our destinations“. nileair.com. 2017-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 „Our fleet“. nileair.com. 2017-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
- ↑ "Global Airline Guide 2019 (Part One)". Airliner World (October 2019): 13.
- ↑ „Airbus makes 46 aircraft deliveries in April 2017 - Wole Shadare“ (2017-yil 6-may). 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.