Kontent qismiga oʻtish

Bagʻdod xalqaro aeroporti

Koordinatalari: 33°15′45″N 44°14′04″E / 33.26250°N 44.23444°E / 33.26250; 44.23444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bagʻdod xalqaro aeroporti
مطار بغداد الدولي
Maṭār Baġdād ad-Dawaliyy
Bagʻdod xalqaro aeroporti, 2007-yil sentyabr
IATA kodi: BGWICAO kodi: ORBI
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik / Harbiy
Operator Iroq hukumati
Joylashuvi Bagʻdod, Iroq
Havo yoʻli tuguni * Iraqi Airways
  • FlyBaghdad
  • UR Airlines
  • Al-Burhan Airways
Dengiz sathidan balandligi 114 ft / 35 m
Koordinatalari 33°15′45″N 44°14′04″E / 33.26250°N 44.23444°E / 33.26250; 44.23444
Vebsayti baghdadairport.gov.iq
Xarita
BGW (Iroq)
BGW
Aeroportning Iroq xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
15R/33L 10,830 3,301 Beton
15L/33R 13,123 4,000 Beton
Maʻlumotlar (2022)
Yoʻlovchilar soni 2,915,052
Parvozlar soni 32,549
Manba: ICAA[1], COSIT[2].

Bagʻdod xalqaro aeroporti (IATA: BGWICAO: ORBI), 1982—2003-yillarda Saddam xalqaro aeroporti (IATA: SDAICAO: ORBS) (arabcha: مطار بغداد الدولي) – Iroqning eng yirik aeroporti. Bagʻdod shahri markazidan 16 km (9.9 mi) gʻarbda, Bagʻdod muhofazasida joylashgan. Iroqning milliy aviakompaniyasi – Iraq Airwaysning asosiy bazasi hisoblanadi.

1929-yil 1-aprelda Bagʻdod gʻarbiy aerodromi Imperial Airways aviakompaniyasining fuqaro reyslari uchun ochilgan[3].

1982-yilgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda fransuz kompaniyasi Spie Batignolles yetakchiligidagi konsorsium aeroportni rivojlantirish boʻyicha kelishuv tuzdi. Ammo Eron—Iroq urushi sababli aeroportning toʻliq ochilishi 1982-yilgacha kechiktirildi. Saddam Husayn sharafiga aeroport Saddam xalqaro aeroporti nomi bilan ochildi[4].

1991—2003-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda BMT Iroqning Kuvaytga bostirib kirishi sababli cheklovlar joriy etganidan soʻng, Bagʻdoddagi fuqaro reyslari deyarli toʻxtatildi[5]. Koʻrfaz urushidan keyin AQSh va Birlashgan Qirollik tomonidan oʻrnatilgan uchish taqiqlari tufayli Iraqi Airways faqat qisqa muddatli mahalliy reyslarni amalga oshira oldi[manba kerak]. Baʼzan xalqaro charter reyslar tibbiyot vositalari, yordam xodimlari va hukumat vakillarini olib kelardi[6] . Royal Jordanian Airlines Ammandan Bagʻdodga muntazam reyslar amalga oshirdi[manba kerak].

2003—2005-yillar (AQSh ishgʻoli)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2003-yilda terminalning ichki koʻrinishi, ishlamaydigan FIDS (pastdan toʻrtinchi qatorda uzoq vaqtdan beri faoliyat koʻrsatmagan Sharqiy Germaniyaning Interflug aviakompaniyasining qizil va oq belgisiga eʼtibor bering), boʻshab qolgan roʻyxatga olish stollari va pasport nazorati joylari

2003-yilda AQSh boshchiligidagi koalitsion kuchlar Iroqqa bostirib kirdi va aprel oyida Bagʻdod aeroportini egallab, uning nomini Bagʻdod xalqaro aeroportiga oʻzgartirdi[7]. Shu bilan birga, aeroportning ICAO kodi ORBSdan ORBIga, IATA kodi esa SDAdan BGWga oʻzgartirildi. Ilgari BGW kodi barcha Bagʻdod aeroportlariga, undan oldin esa Saddam Husayn hukmronligi davrida Al-Muthana aeroportiga tegishli boʻlgan.

2003-yil iyulida aeroport 1991-yildan beri ilk bor fuqaro reyslarini qabul qila boshladi[5].

Bobil terminali, Bagʻdod xalqaro aeroporti, 2022-yil

2004-yilda aeroportni nazorat qilish Koalitsiya muvaqqat maʼmuriyatidan Iroq hukumatiga qaytarildi[manba kerak].

2005—2011-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroportning gʻarbiy qismida joylashgan Sather aviabazasiga Bagʻdoddan muntazam ravishda raketa hujumlari amalga oshirildi. 2006-yil 6-dekabr kuni 107 mm lik raketa hujumi aeroportda toʻxtab turgan C-5A samolyotidan atigi 30 yard (27,5 metr) masofada portladi. Portlash natijasida samolyotda koʻplab oʻq boʻlaklaridan hosil boʻlgan teshiklar yuzaga keldi[manba kerak].

C terminali yangilanib, aeroportda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar uchun uchta faol yoʻlovchi chiqish maydonchasi bilan jihozlandi[manba kerak].

2012-yildan hozirgi kungacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bagʻdod xalqaro aeroportini Yashil hudud bilan bogʻlovchi Bagʻdod aeroporti yoʻli ilgari portlovchi qurilmalar tufayli xavfli yoʻl sifatida tanilgan edi. 2014-yilda ushbu yoʻl turklar koʻmagida palma daraxtlari, manzarali maysazorlar va favvoralar bilan yangilanib, qayta qurildi[8].

2023-yil 1-may kuni Bosh vazir Muhammad Shia al-Sudaniy boshchiligidagi Iroq hukumati Bagʻdod aeroporti xizmatlarini yaxshilash va 2023-yilning ikkinchi yarmida kengaytirish loyihasini boshlash rejasini tasdiqladi. Xalqaro moliya korporatsiyasiga koʻra, 2024-yilda aeroportning kengaytirish rejalari yakuniy bosqichga yetdi.

Harbiy maqsadlarda foydalanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroport ichidagi alohida anklavda Yangi Al-Muthana aviabazasi joylashgan boʻlib, u yerda Iroq Harbiy-havo kuchlarining 23-eskadroni joylashgan. Bu eskadron uchta Lockheed C-130E Hercules transport samolyoti va bir qancha Sukhoi Su-25 hujum samolyotidan foydalanadi[9].

Sather aviabazasi yoki Camp Sather 2003-yildan 2011-yilgacha AQSh Harbiy-havo kuchlari bazasi vazifasini bajargan. Aviabaza Iroq erkinligi operatsiyasida birinchi halok boʻlgan havo kuchlari askari, jangovar nazoratchi shtab serjanti Scoot Sather sharafiga nomlangan. Sather 2003-yilda AQShning Iroq ishgʻoli harakatlarining dastlabki bosqichlarida 24-maxsus taktik eskadronining razvedka boʻlinmasiga rahbarlik qilgani uchun „Jasorat“ qoʻshimchasi bilan Bronza yulduz medali bilan taqdirlangan[10].

Aeroportni rivojlantirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 18-may kuni aeroportni yiliga 15 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan darajaga koʻtarish rejasi eʼlon qilindi. Ushbu rejaga koʻra, uchta yangi terminal qurilishi va mavjud uch terminalni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Har bir terminal yiliga 2,5 million yoʻlovchini qabul qila oladi. Loyiha xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtirishi koʻzda tutilgan[11].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Air Arabia Abu-Dabi[12], Sharja
AJet Anqara[13], Istanbul–Sabiha Goʻkchen[14]
ATA Airlines Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Azerbaijan Airlines Boku[15]
Caspian Airlines Tehron–Imom Xumayniy
Cham Wings Airlines Damashq
Egyptair Qohira
Emirates Toʻxtatilgan: Dubay-Xalqaro[16]
flydubai Dubay-Xalqaro[17]
Gulf Air Bahrayn
Iran Airtour Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Iran Aseman Airlines Tehron–Imom Xumayniy
Iraqi Airways Abu-Dabi, Ahmadobod, IordaniyaAmman–Qirolicha Aliya, Anqara, Antaliya, Arbil, Basra, Bayrut, GermaniyaBerlin, Boku, Dehli, Dubay-Xalqaro, GermaniyaDüsseldorf[18], Frankfurt, Guanchjou[19], Isfahon, Islomobod, Istanbul, Istanbul–Sabiha Goʻkchen, IroqKarkuk, DaniyaKopengagen, Kuala Lumpur–Xalqaro[20], Kuvayt, Mashhad, Moskva–Vnukovo[21], Mumbay, Myunxen, Najaf, IroqNosiriya, Pekin–Poytaxt[22], Qohira, TurkiyaSamsun, Sulaymoniya, Tehron–Imom Xumayniy, Sharja[23]
Mavsumiy: Hurgada[24], Jidda, Madina, Sharm ash-Shayx, Trabzon
Jordan Aviation IordaniyaAmman–Qirolicha Aliya
Mahan Air Kirmon, Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Meraj Airlines Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Middle East Airlines Bayrut
Nile Air Qohira
Mavsumiy: Sharm ash-Shayx[25]
Pars Air Mashhad
Pegasus Airlines Istanbul–Sabiha Goʻkchen
Qatar Airways Doha
Royal Jordanian IordaniyaAmman–Qirolicha Aliya[26]
SalamAir Maskat[27]
Sepehran Airlines Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Syrian Air Damashq
Taban Air Mashhad, Tehron–Imom Xumayniy
Turkish Airlines Istanbul[28]
Mavsumiy: Antaliya
UR Airlines[29] Anqara, Antaliya, Bayrut, Damashq, Istanbul–Sabiha Goʻkchen, TurkiyaSamsun
Zagros Airlines Tehron–Imom Xumayniy
Bagʻdod xalqaro aeroportining havodan koʻrinishi
Aviakompaniya Manzillar
Coyne Airways Dubay-Xalqaro[30]
EgyptAir Cargo Qohira[31]
Silk Way Airlines Boku[32]
Yillar Yoʻlovchilar Yuk tashish Parvozlar
Jami Oʻzgarishi, % da Tonna Oʻzgarishi, % da Parvozlar soni Oʻzgarishi, % da
2015 1 898 589 Maʼlumot yoʻq 11 657,5 Maʼlumot yoʻq 19 952 Maʼlumot yoʻq
2016 1 787 247 Decrease 5.9% 18 903,1 62.2% 16 858 Decrease 15.5%
2017 3 507 910 96.3% 33 254,8 75.9% 31 342 85.1%
2018 3 909 709 11.5% 11 027,0 Decrease 66.8% 37 751 20.4%
2019 3 778 578 Decrease 3.5% 12 057,7 9.3% 37 265 Decrease 1.3%
2020 928 876 Decrease 75.4% 6 105,3 Decrease 49.4% 11 301 Decrease 69.7%
2021 2 071 150 123.0% 7 346,7 20.3% 23 678 109.5%
2022 2 915 052 40.7% 8 803,3 19.8% 32 549 37.5%

Manba: Statistika markaziy tashkiloti. Havo transporti harakatlari statistikasi, 2015[33], 2016[34], 2017[35], 2018[36], 2019[37], 2020[38], 2021[39] va 2022[40].

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Koʻrfaz urushi davrida yerda turgan Iraqi Airwaysning ikkita Tupolev Tu-124V samolyoti AQSh bombardimoni natijasida yoʻq qilindi[manba kerak].
  • 2000-yil iyun oyida saudiyalik ikki nafar sobiq harbiy zobit Londonga uchayotgan samolyotga chiqib, uning yoʻnalishini Bagʻdodga oʻzgartirishga majbur qildi. Ular Iroqda boshpana soʻrashni istashgan, ammo Iroq maʼmurlari keyinchalik harbiylarni Saudiya Arabistoniga deportatsiya qildi[41].
  • 2003-yil 22-noyabrda DHL Aviation nomidan faoliyat yurituvchi European Air Transport Airbus A300B4 yuk samolyoti (roʻyxatdan oʻtish raqami OO-DLL) havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, SA-14 „Grail“ raketasi bilan urib tushirildi. Samolyotning gidravlik tizimi ishdan chiqdi, bu esa boshqaruvni yoʻqotishiga olib keldi. Ekipaj samolyotning shassisini ochib, qarshilikni oshirdi va dvigatellar quvvatidagi farqlardan foydalanib, samolyotni boshqarib, minimal zarar bilan qoʻndirishga muvaffaq boʻldi. Ekipajning uchchala aʼzosi ham omon qoldi. Ushbu hodisadan soʻng, fuqarolik samolyotlari yerdan qurollar bilan zarba olish xavfini kamaytirish uchun odatda spiral qoʻnish texnikasini qoʻllay boshladi[42].
  • 2015-yil 26-yanvar kuni Dubaydan Bagʻdodga 154 yoʻlovchi bilan uchib kelayotgan flydubai Boeing 737-800 samolyoti Bagʻdod xalqaro aeroportiga yaqinlashayotganda oʻtochar qurollar bilan oʻqqa tutildi. Samolyot muvaffaqiyatli qoʻndi[43]. Samolyotga kamida uchta oʻq tegishi oqibatida bir yoʻlovchi yaralangan. Hodisadan keyin BAAning Flydubai va Emirates aviakompaniyalari Dubaydan Bagʻdodga parvozlarini toʻxtatdi. Turkish Airlines va Royal Jordanian aviakompaniyalarining parvozlari ham vaqtincha toʻxtatildi[17].
  • 2020-yil 3-yanvarda AQShning dron zarbasi Bagʻdod aeroporti yaqinida yoki uning yoʻlida ketayotgan kortejni nishonga oldi. Bu hujumda Eronning Quds kuchlari rahbari Qosim Sulaymoniy va Xalq safarbarlik kuchlari rahbarining oʻrinbosari Abu Mahdiy al-Muhandis halok boʻldi[44][45][46].
  1. „Iraq's AIP. Consolidated edition, February, 2021“. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  2. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2022“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  3. Great Britain. Colonial Office; League of Nations. Council. Iraq, Report on Iraq Administration (mt). H.M. Stationery Office, 1927 — 3-PA114-bet. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul. 
  4. Technology Transfer to the Middle East: Summary. DIANE Publishing, 1984 — 273-bet. ISBN 978-1-4289-2383-6. 
  5. 5,0 5,1 „Baghdad International Airport“ (en-US). Airport Technology. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  6. „Iraq Baghdad Private Jet Charter“.[sayt ishlamaydi]
  7. „Renamed airport gateway to Iraq's future“ (en-US). Air Force (2003-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  8. Arango, Tim. „Amid Mutual Suspicion, Turkish Premier Visits Iraq“. The New York Times Company. The New York Times (2014-yil 20-noyabr). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-noyabr.
  9. AirForces Monthly. Stamford, Lincolnshire, England: Key Publishing Ltd, August 2014 — 22-bet. 
  10. „SSgt Scott Sather“. www.airforcespecialtactics.af.mil. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  11. „Archived copy“. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-may.
  12. „Air Arabia Abu Dhabi launches new direct flights to two cities in Iraq“.
  13. „Turkish Airlines adds Ankara – Baghdad service in S19“. 2019-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  14. Liu, Jim „Turkish Airlines confirms AnadoluJet network transition from late-March 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  15. „AZERBAIJAN AIRLINES RESUMES BAGHDAD SERVICE FROM LATE-DEC 2023“. AeroRoutes (2023-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
  16. https://www.emirates.com/ae/english/help/travel-updates/#5236
  17. 17,0 17,1 Fahim, Kareem. „Airlines Suspend Flights to Iraq's Baghdad Airport After Jet Is Hit by Gunfire“ (2015-yil 27-yanvar). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  18. „Iraqi Airways Resumes Dusseldorf Service from Nov 2023“. AeroRoutes (2023-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  19. „Iraqi Airways to Resume Guangzhou Service in 4Q23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  20. „Iraqi Airways Resumes Kuala Lumpur From Feb 2024“.
  21. Liu, Jim. „Iraqi Airways Germany / Russia service changes from Oct 2017“. Routesonline (2017-yil 11-oktyabr). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  22. „Iraqi Airways Plans Beijing May 2024 Launch“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  23. „Iraqi Airways Adds Sharjah From late-Oct 2024“.
  24. „Iraqi Airways files Hurghada / Trabzon schedules from July 2019“. routesonline.com (2019-yil 16-iyul). 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  25. „Nile Air schedules Baghdad charters from July 2019“. routesonline.com (2019-yil 27-iyun). 2019-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyun.
  26. „Gulf Air and Royal Jordanian suspend service to Iraq amid regional tensions“.
  27. „SalamAir launches flights to Baghdad“ (en). Oman Observer (2023-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  28. „Istanbul New Airport Transition Delayed Until April 5, 2019 (At The Earliest)“. 2019-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-fevral.
  29. Liu, Jim „UR Airlines files S20 network“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  30. conyeair.com - Gulf Schedule (Wayback Machine saytida 4 June 2019 sanasida arxivlangan) retrieved 24 November 2019
  31. „Dnata scoops new Egyptair Cargo handling deal in Dubai ǀ Air Cargo News“. www.aircargonews.net. DVV Media International (2018-yil 30-may). 2018-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  32. silkwayairlines.com – Our network (Wayback Machine saytida 3 November 2019 sanasida arxivlangan) retrieved 24 November 2019
  33. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2015“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  34. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2016“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  35. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2017“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  36. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2018“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  37. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2019“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  38. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2020“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  39. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2021“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  40. „اﻟﻧﻘل اﻟﺟوي ﻓﻲ اﻟﻘطﺎع اﻟﺣﮐوﻣﻲ إﺣﺻﺎء ﻧﺷﺎط ﺔـ ﻟﺳﻧ 2022“. Central Organization for Statistics and Information Technology (COSIT). Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  41. „ASN Aircraft accident Boeing 777-268 HZ-AKH Baghdad“.
  42. „The opinion pollsters who dodged mortar fire and militias“. BBC News (2013-yil 5-iyun). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  43. "Boeing Hit by Gunfire in Baghdad". Airliner World: 83. March 2015. 
  44. „Archived copy“. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
  45. „US kills powerful Iranian general Qassem Soleimani in Baghdad airstrike“. The Times of Israel. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
  46. Crowley, Michael; Hassan, Falih; Schmitt, Eric. „U.S. Strike in Iraq Kills Qassim Suleimani, Commander of Iranian Forces“. The New York Times (2020-yil 2-yanvar). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.

Vikiomborda Baghdad International Airport mavzusiga oid fayllar bor