Nodari Maisuradze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodari Maisuradze
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Nodari Maisuradze
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sherigi Yuliya Valeryevna Antipova
Oldingi sheriklari Lyubov Iliushechkina
Murabbiyi Artur Dmitriyev

Nodari Otariyevich Maisuradze (ruscha: Нодари Отариевич Маисурадзе; 1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Yulia Antipova bilan juftlikda 2014-yilgi Bavarian Open turniri chempioni va 2014-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eyib, sakkizinchi oʻrinni egallagan.

Maisuradze sobiq sherigi Lubov Iliushechkina bilan 2010-yilgi Skate Canada turniri chempioni, 2011-yil qishki Universiada chempioni, 2009-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2008-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va 2009-yil Rossiya milliy chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maisuradze 2006-yil aprel oyida yakka holda konkida uchishdan juftlikda konkida uchishga oʻtib, Lyubov Iliushechkina bilan juftlik hosil qilgan.

Iliushechkina / Maisuradze juftligi 2007—2008-yilgi mavsumda 2008-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritdi va Rossiyaning kattalar oʻrtasida 4-oʻrinni egalladi.

Juftlik 2008—2009-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining ikkala bosqichida (Chexiya va Belarusda boʻlib oʻtgan) gʻolib chiqdi va birinchi Gran-pri finalida birinchi oʻrinni egalladi. Ular 2009-yilgi Rossiya chempionatida gʻolib boʻldi va Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, u yerda bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. Juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ishtirok etmadilar, ammo figurali uchish federatsiyasi bilan kelishilgan holda, ularga avtomatik ravishda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun jamoadan joy berildi. Juftlik Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun mamlakat terma jamoasiga kiritildi, ammo mart oyi boshida Nodarining jarohati tufayli juftlik turnirni tark etishini eʼlon qilishdi[1].

Nodari Maisuradze Yuliya bilan juftlikda 2012-yil bahoridan boshlab musobaqalarda chiqishlar qila boshlagan. Juftlik 2014-yilgi Jahon chempionatda Artur Dmitriyev murabbiyligida qatnashgan[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antipova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013-2014

  • Beethovenʼs Five Secrets

    The Piano Guys
2012-2013

  • Take Five
  • Hit the Road Jack

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anitipova bilan

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 12/13 13/14
Jahon chempionatlari 8
Rostelecom Cup 5
Bavarian Open 2 1
Nitsa kubogi 4
Milliy
Rossiya chempionati 4 4

Ilushechkina bilan

Musobaqa 2007 — 2008 2008 — 2009 2009 — 2010 2010 — 2011 2011 — 2012
Yevropa chempionati 5
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 4
Rossiya chempionati 4 3 4 5 6
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 2
Gran-pri finali 4
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 6
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 4 5
Gran-pri bosqichlari: Chinese Cup 5 4
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 4
Qishki Universiada 4
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Belarus 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]