Yuliya Valeryevna Antipova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuliya Valeryevna Antipova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yuliya Valeryevna Antipova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Zelenograd, Moskva, Rossiya
Sherigi Nodari Maisuradze
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 197,25
(28.02.2014)
Qisqa dastur 129,77
(28.02.2014)
Erkin dastur 129,77
(28.02.2014)

Yuliya Valeryevna Antipova (ruscha: Юлия Валерьевна Антипова; 1997-yil 18-dekabr, Zelenograd, Moskva, Rossiya) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sobiq rossiyalik figurali uchuvchi. Yuliya Valeryevna Antipova Nodari Maisuradze bilan sport juftligida 2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egallagan. 2014-yil avgust oyida bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[1] reytingida 19-oʻrinni egallagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Antipova 1997-yil dekabr oyida Zelenogradda tugʻilgan. Koʻp yillar davomida u 10-sonli oʻsmirlar sport maktabida (Zelenograd) figurali uchish bilan shugʻullangan.

Yuliya 2012-yil bahorida murabbiy Natalya Pavlova guruhida juftlikda konkida uchishga oʻtgan. U Nodari Maisuradze bilan juftlikda chiqishlar qila boshlagan. Juftlik 2014-yilgi jahon chempionatda murabbiyi Artur Dmitriyev bilan qatnashgan. Oʻsha yilning yozida Yuliya ogʻir kasal boʻlib qolgan va yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrma olmagan[2][3]. 2014-yil oktyabr oyida Yuliya ota-onasi bilan Isroilga davolanish uchun ketishgan[4]. Antipova Petah Tikva shahridagi Yitzhak Rabin nomidagi Shnayder tibbiyot markazining pediatriya boʻlimiga anoreksiya tashxisi bilan yotqizilgan. Oʻsha paytda qizning vazni 25 kg edi. 2014-yilning 28-noyabrida Isroil OAVlari sportchining ahvoli yaxshilangani haqida xabar tarqatdi[5].

Yuliya Antipova 2015-yilning bahorida tuzalib, klinikani tark etdi va yozda Moskvaga qaytib keldi. 2015-yil dekabr oyida Yuliya mashgʻulotlarni qayta boshlagani va sportga qaytishni rejalashtirayotgani haqida izoh bergan[6]. Biroq, u sportga qaytmagan.

Dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013 — 2014
2012 — 2013
  • Kalinka
  • Take Five
  • Hit the Road Jack

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 12/13 13/14
Jahon chempionatlari 8
Rostelecom Cup 5
Bavarian Open 2 1
Nitsa kubogi 4
Milliy
Rossiya chempionati 4 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]