Nogeyama hayvonot bogʻi
Nogeyama hayvonot bog'i | |
---|---|
Asos solingan | 1951-yil aprel [1] |
Joylashuvi | 63-10 Oimatsu-cho, Nishi-ku, Yokohama, Kanagava Prefekturasi, Yaponiya 〒220-0032 |
Koordinatalar | 35°26′48″N 139°37′22″E / 35.446556°N 139.622873°E |
Maydoni | 9.6 gektar (24 akr) |
Hayvonlar soni | 1416 [2] |
Hayvon turlari soni | 100 [2] |
Yillik tashrif buyuruvchilar soni | 680,000 (2009-yil)[1] |
A’zolik | JAZA |
Veb-sayti | www2.nogeyama-zoo.org |
Nogeyama hayvonot bogʻi |
Nogeyama hayvonot bog'i (yaponcha: 野毛山動物園 Nogeyama Dōbutsuen ) bepul hayvonot bogʻi, 1951-yil aprel oyida ochilgan va Yaponiyadagi Yokohama shahridagi Nishi-ku shaharchasidagi Nogeyama bogʻida joylashgan. U 9,6 gektar (24 akr) maydonni egallaydi, u yerda 100 xil turdagi 1400 ga yaqin hayvonlar yashaydi. hayvonot bogʻi har kuni 9:30 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi va dushanba kunlari yopiq boʻladi.
Hayvonot bogʻi Yokohama hayvonot bogʻi tomonidan nazoratga olingan va Yaponiya hayvonot bog'lari va akvariumlar uyushmasi (JAZA) aʼzosi hisoblanadi.
Hayvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayvonot bogʻidagi hayvonlar orasida mandarin o'rdaklari, turnalar, qizil pandalar, shimpanzelar, hamadryas babunlari, sudralib yuruvchilar, sher, yoʻlbarslar, tanuki (rakun itlari), boʻrsiq, qirgʻovul, sevgi qushlari, zebralar, jirafalar, tuyalar, varilar, qora qalpoqli kapuchinlar, oqqushlar, oʻrdaklar, kagular, pingvinlar, vallabi, kiyik, burgutlar, boyqushlar, kondorlar, ayiqlar uchraydi[3].
Qizil panda hayvonot bogʻiga tashrif buyuruvchilar koʻradigan asosiy hayvonlardan biri, shuningdek, u hayvonot bogʻining eng mashhur hayvonlaridan biridir.
Makigahara bolalar hayvonot bogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Makigahara bolalar hayvonot bogʻi 1979-yilda Nogeyama hayvonot bogʻi tarkibida ochilgan[4][5]. Bu yerda asosan sichqonlar, gvineya choʻchqalari, tovuqlar va kabutarlar va ilonlar kabi mayda hayvonlarni uchratish mumkin.
Muhofazaga olingan jonivorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nogeyama hayvonot bogʻi Yaponiyadagi birinchi hayvonot bogʻi boʻlib, bu yerda leopard (1952), qora antilopalar (1953), dromedar (1954), yalqov ayiq (1965), halqa dumli lemur (1969), qoziqli gibbon va qoraquloq (1974), leopard (1983), gigant chumolixoʻr (1985), Klaynman toshbaqasi (1992), Osiyo oʻrmon toshbaqasi (1997), radiatsiya toshbaqasi (2009) singari noyob turlar koʻpaytiriladi[6][7]. Bu, shuningdek, 1972-yilda kamayib ketish havfi ostida turgan kondorlarni muvaffaqiyatli koʻpaytirish bilan tanilgan dunyodagi ikkinchi hayvonot bogʻi hisoblanadi. 2016-yilda Madagaskarda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Ploughshare toshbaqasi keltirilib koʻpaytirila boshlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ichikawa, Yoshinori „From the Director“ (Japanese). nogeyama-zoo.org. Nogeyama Zoo. 2010-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Welcome to the Nogeyama Zoo“ (Japanese). nogeyama-zoo.org. Nogeyama Zoo. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „Zoo Map“ (Japanese). nogeyama-zoo.org. Nogeyama Zoo. 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „Makigahara Children's Zoo“ (Japanese). nogeyama-zoo.org. Nogeyama Zoo. 2010-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „Animals“ (Japanese). nogeyama-zoo.org. Nogeyama Zoo. 2010-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „Yokohama Nogeyama Zoo“. yokohamaliving.com. Yokohama Living. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „List of Zoos“. jazga.or.jp. Japanese Association of Zoos and Aquariums. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Japanese)
- Nogeyama Zoological Gardens Remembrance and Records (Wayback Machine saytida 2022-12-08 sanasida arxivlangan) (in Japanese)
- Oideyo! Nogeyama Zoo (in Japanese)