Cherkez
Qiyofa
(Norboyalishdan yoʻnaltirildi)
Cherkez | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Salsola richteri |
Cherkez, norboyalish (Salsola richteri (Moq.) Karel) — shoʻradoshlar oilasiga mansub yirik buta yoki daraxt Oʻrta Osiyoning qumli choʻllari, Eron va Afgʻonistonda oʻsadi. Boʻyi 4 m cha, barglari ingichka, deyarli ipsimon, uz. 4—8 sm. Gulyonbargchalari gullaridan qisqa yoki ularga teng. Gullari koʻrimsiz, gulqoʻrgʻoni oddiy, besh boʻlakli. Iyun—sentabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonning qumli yerlarida keng tarkalgan. Yemxashak va dorivor oʻsimlik. Undan koʻchma qumlarni mustahkamlashda ham foydalaniladi. Xashagi toʻyimli, mevasidan dorivor moddalar, yangi barglaridan gazlama boʻyoqlari olinadi, yagdil novdalari sovun tayyorlashda ishlatiladi. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |