Norvegiya (mushuk)
Norvegiya | |
---|---|
Dog‘li, malla va oq rangli urg‘ochi mushuk | |
Umumiy tahalluslar | skogkatt |
Kelib chiqishi | Norvegiya |
Breed standards | |
CFA | standard |
FIFe | standard |
TICA | standard |
WCF | standard |
ACF | standard |
ACFA/CAA | standard |
CCA-AFC | standard |
GCCF | standard |
Uy mushugi (Mushuk) |
Norvegiya mushugi (norvegcha: Norsk skogkatt and Norsk skaukatt) Shimoliy Yevropada kelib chiqqan xonaki mushuklar zotiga mansub[1]. Bu zot juda sovuq iqlimga moslashgan boʻlib, uning uzun junlari unga issiqlikni saqlashga yordam beradi, pastki qismi boʻlsa momiq junlardan iborat. Bu zotning ajdodlari miloddan avvalgi 1000-yillarida Vikinglar tomonidan Norvegiyaga olib kelingan kalta junli mushuklarning zoti hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Norvegiya mushugi deyarli yoʻq boʻlib ketayotgan edi; biroq Norvegiya oʻrmon mushuklari klubining naslchilik dasturi tufayli bu zotning kamayib ketish xavfi bartaraf etilgan. 1970-yillarda Karl-Fredrik Nordane bu zotga eʼtibor qaratib, uni roʻyxatga olish uchun saʼy-harakatlar qilgandan soʻng, ushbu zot Yevropa Xalqaro Mushuklar Federatsiyasi (Fédération Internationale Féline) tomonidan rasman tan olingan. Bu zot Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Islandiya va Fransiyada juda mashhur.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norvegiya mushugi Norvegiya sovuq iqlimida yashab qolishga moslashgan[2][3]. Uning ajdodlari orasida miloddan avvalgi 1000-yildan keyin Vikinglar tomonidan Buyuk Britaniyadan Norvegiyaga olib kelingan sovuqqa moslashgan qora va oq britaniyalik kalta junli mushuklar bo'lishi mumkin deb tahmin qilinadi. Shuningdek, XIV asrda Salibchilar tomonidan Norvegiyaga olib kelingan uzun junli mushuklar ham uning ajdodlaridandir. Bu mushuklar yovvoyi mushuklar bilan koʻpayib, vaqt oʻtishi bilan hozirgi Norvegiya zotiga aylanib ketgan deb e'tirof etiladi[4][5][6].
Baʼzi yozuvchilarning taxminiga koʻra, norvegiya mushuklarini VIII asrda Vikinglar Kaspiy dengizi qirgʻoqlaridan kemiruvchilarga qarshi kurashish maqsadida olib kelishgan[7].
Zotning rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norvegiya mushuklar zoti 1938-yilda birinchi marta koʻrgazmada namoyish etilgan; shu yili Norvegiyada birinchi naslli mushuklar klubi ham tashkil topgan. Seleksionerlar ushbu mushukning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida naslchilik dasturini ishlab chiqqan. Darhaqiqat, bu turning yashab qolishi xavf ostida bo'lgan, ammo mushuklarni tabiiy muhitga qoʻyib yuborish orqali kalta junli hayvonlarning omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishgan[7].
Rasmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Association, Cat Fanciers „Breed Profile: The Norwegian Forest Cat“ (en-US). cfa.org. 2018-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Accueil - chat norvegien - chat des forets norvegiennes“ (fr). Kogkatt-norvegien.org. — „D'un aspect mi-chat, mi-lynx. Contrairement à d'autres races, le "Norvégien" n'est pas le résultat d'une reproduction planifiée mais la conséquence de l'évolution d'un chat placé dans des conditions de survie particulièrement difficiles: le rigoureux climat de la Norvège.“. 2014-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-mart.
- ↑ Rousselet-Blanc, Pie. Encyclopedie Active Le Cha. Larousse Kingfisher Chambers, 1992 — 174-bet. ISBN 2-03-517402-3.
- ↑ Richards, James. ASPCA Complete Guide to Cats: Everything You Need to Know About Choosing and Caring for Your Pet. San Francisco: Chronicle Books, 1999 — 128–129-bet. ISBN 978-0-8118-1929-9.
- ↑ Case, Linda. The Cat: Its Behavior, Nutrition and Health, 1, Ames, Iowa: Wiley-Blackwell, 2003 — 26-bet. ISBN 978-0-8138-0331-9.
- ↑ Taylor, David. Ultimate Cat Book: A Unique Photographic Guide to More Than 100 International Breeds and Variations, 1, New York City: Simon & Schuster, 1989 — 76–77-bet. ISBN 978-0-671-68649-9.
- ↑ 7,0 7,1 „Analysis-of-Breeds“. https://gccfcats.org/wp-content/uploads/2021/10/Analysis-of-Breeds-2014-ordered-by-reg-ranking.pdf. Qaraldi: 4-oktabr 2024-yil.