Kontent qismiga oʻtish

Nur-Ostona masjidi

Koordinatalari: 51°07′N 71°26′E / 51.12°N 71.43°E / 51.12; 71.43
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Nur-Ostona masjidi
Nur-Astana meshiti
Нұр-Астана мешіті
Mamlakat  Qozogʻiston
Shahar Ostona
Koordinatalar 51°07′N 71°26′E / 51.12°N 71.43°E / 51.12; 71.43
Meʼmorlar Charles Hadife
Binokorlik ?—2008
Soʻngi imom Absattar Derbisali
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 63 metr (207 ft)


Nur-Ostana masjidi (qozoqcha: Nur-Astana meshiti/Нұр-Астана мешіті; ruscha: Мечеть «Нур Астана»), Qozogʻistonning Ostona shahridagi masjiddir. Bu Markaziy Osiyodagi uchinchi yirik masjid hisoblanadi. Masjidning balandligi 40 metr (131 fut) boʻlib, bu raqam Islom paygʻambari Muhammad vahiylarni qabul qilgan paytdagi yoshini anglatadi. Minoralarning balandligi esa 63 metrni (207 fut) tashkil etadi va bu son Muhammad vafot etgan yoshining ramziy maʼnosidir[1].

Livanning Bayrut shahrida arxitektor Charles Hadife tomonidan loyihalashtirilgan masjid Ostona shahridagi daryoning chap qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, qurilishi 2005-yil mart oyida boshlangan. Masjid Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Qatar amiri Hamad bin Xalifa kelishuviga koʻra barpo etilgan. Masjid oʻz ichida 5000 namozxonni sigʻdira oladi, shu jumladan masjid tashqarisida namozxonlar uchun 2000 kishilik maydon ham mavjud. Qurilishida shisha, beton, granit va alukabond singari materiallardan foydalanilgan[1].

  1. 1,0 1,1 „Nur-Astana Mosque“ (en-US). Alluring World. Qaraldi: 2021-yil 28-may.