Kontent qismiga oʻtish

Absattar Derbisali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Absattar Bagisbaevich Derbisali
Tavalludi 15-sentyabr 1947-yil
Vafoti 15-iyul 2021-yil
Fuqaroligi Qozogʻiston
Dini islom
Mukofotlari „Parasat“ ordeni (2004)
2-darajali „Baris“ ordeni (2009)
„Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil“ yubiley medali (2001)
„Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ yubiley medali(2005)[1]
„Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ medali[2]
1-darajali Fan va sanʼat ordeni (Misr, 2002, Qozogʻistonda arabshunoslik maktabini tashkil etishdagi xizmatlari, arab filologiyasi va islom fanlari sohasidagi fundamental ishlari uchun)
1-darajali „Al-Faxr“ ordeni (Rossiya Muftiylar Kengashi, 2007)[3]
„Orden Voskhodyashchego solntsa“ oltin nur koʻrinishidagi lentali medal[4]

Absattar Bagisbaevich Derbisali (15-sentyabr 1947-yil, Tulkibosh tumani, Janubiy Qozogʻiston viloyati, Qozogʻiston SSR – 15-iyul 2021-yil) – qozoq diniy arbobi, diplomat, sharqshunos olim. Absattar Derbisali filologiya fanlari doktori, professor, Qozogʻiston Oliy maktabi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi. U, shuningdek, birinchi darajali maslahatchi diplomatik darajasiga ham ega boʻlgan. 2000-yil 24-iyundan 2013-yil 19-fevralgacha Qozogʻiston oliy muftiysi, Markaziy Osiyo muftiylari kengashi raisi, Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga rahbarlik lavozimlarida xizmat yuritgan.

Absattar Derbisali 1947-yil 15 sentyabrda Janubiy Qozogʻiston viloyati, Tulkibosh tumani, V. Kuybishev nomidagi kolxozda tavallud topgan. Shanishqili qabilasining judirik urugʻidan boʻlgan[5].

1970—1989-yillarda – SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida stajyor, aspirant, doktorant; Marokashdagi Muhammad V universitetida stajyor, Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Qozogʻiston respublikasi milliy anlar akademiyasining M. O. Auezov nomidagi Adabiyot va sanʼat instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

1977-yildan 1997-yilgacha – S. Kirov nomidagi Qozoq davlat universitetida ilmiy ishlar bilan shugʻullangan (hozirgi Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti).

1980—1991-yillarda filologiya fakulteti va Absatar Derbisalining bevosita ishtirokida tashkil etilgan sharqshunoslik fakultetlarida rahbar lavozimlarda ishlagan.

1988—1989-yillarda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berilgan.

1991-yildan Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat universitetining tillar va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2000-yil 24-iyundan 2013-yil 19-fevralgacha Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va oliy muftiysi.

2000-yil iyul oyida Sarayevoda va 2002-yil aprel oylarida Kiprda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo Islom shoʻrosining IV—V konferensiyalarida ushbu tashkilot raisining birinchi oʻrinbosari etib saylanadi.

2013-yildan Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi Sharqshunoslik instituti direktori[6].

2021-yil iyul oyida Absattar Derbisali pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqiziladi va 2021-yil 15-iyulga oʻtar kechasi kardiologiya boʻlimida yurak xastaligidan vafot etadi[7][8].

Adabiy va ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Absattar Derbisali arab tili va adabiyoti, qozoq adabiyoti va madaniyatining qadimiy davrlari, Qozogʻistonning xorijiy sharq musulmon mamlakatlari bilan maʼnaviy aloqalari, Oʻzbekiston tarixiga oid, shuningdek, Islom, Qur’on va Muhammad paygʻambarning hadislariga (naqllari) ooid 400 dan ortiq nazariy asarlar va amaliy ishlanmalar muallifi hisoblanadi.

Derbisalining koʻplab tadqiqotlar natijalari BMT (Seul, 1995) va YUNESKO (Toshkent, 2000; Doha, 2001) forumlarida, shuningdek, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Turkiya, Yaman, Iroq, Misr, Tunis, Marokash, Ispaniya, AQSh va boshqa mamlakatlar universitet va akademiyalarida taqdim etilgan.

  • „Parasat“ ordeni (2004)[9]
  • „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil“ yubiley medali (2001)
  • „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ yubiley medali(2005)[10]
  • „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ medali[11]
  • 1-darajali Fan va sanʼat ordeni (Misr, 2002, Qozogʻistonda arabshunoslik maktabini tashkil etishdagi xizmatlari, arab filologiyasi va islom fanlari sohasidagi fundamental ishlari uchun)
  • 1-darajali „Al-Faxr“ ordeni (Rossiya Muftiylar Kengashi, 2007)[12]
  • „Orden Voskhodyashchego solntsa“ oltin nur koʻrinishidagi lentali medal[13]

Absattor Derbisalining „Qozogʻiston oliy muftiysi“ lavozimiga saylanishi Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi nizomiga zid ravishda sodir boʻlgan, unga koʻra muftiy masjid yoki boshqa diniy tashkilotda 10 yil ishlashi kerak boʻlgan[14]. Derbisali muftiylik qilgan qurultoyda yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan. Shu sababdan baʼzi musulmonlar muftiy saylovi hukumat amaldorlari tomonidan „soxtalashtirilgani“ haqida gapira boshlaydi. Absattor Derbisalining oʻzi buni tan olmaydi va bunga javoban ommaviy raddiya eʼlon qiladi[15].

2012-yilda „Qazaqstan qajylary“ diniy birlashmasi raisi (oʻzbekcha: Qozogʻiston ziyoratchilari) Baktibay Aynabekov Absattar Derbisalining 1982-yilda nashr etilgan („Mektep“ nashriyoti) „Arab adebieti“ (oʻzbekcha: arab adabiyoti) kitobining nashr etilishini cheklashni talab qilgan holda sudga murojaat etadi. Bunga sabab ushbu kitobda keltirilgan Islom va Qur’onning ateistik tanqidi edi[16]. Aynabekovning soʻzlariga koʻra, kitobda paygʻambarning xotinlarini haqorat qiluvchi jumlalarni uchratish mumkin va Qur’on Muhammadning oʻz asari sifatida taqdim etiladi. Derbisalining tarafdorlari kitob sovet senzurasi davrida yozilganini, Aynabekovni esa „qora piar“ bilan shugʻullanganini hamda oʻtmishda „Din – afyun“[17] nomli teledasturni olib borganini aytishadi.

  1. 7 sentyabrya v Dome Drujbi sostoyalas seremoniya nagrajdeniya Gosudarstvennimi nagradamiAndoza:Недоступная ссылка
  2. „Глава Православной Церкви Казахстана награждён медалью «20 лет независимости Республики Казахстан»“. 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-dekabr.
  3. „Торжества в Алма-Ате“. 2008-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-iyun.
  4. „Награждение иностранных граждан орденами Японии весной 2019 года (награждение орденом г-на Абсаттара Дербисали) : Embassy of Japan in the Republic of Kazakhstan“. www.kz.emb-japan.go.jp. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  5. Мекембай Омарұлы. Шаңышқылы шежіресі, 1000 экз, Ташкент: Езувчи, 2000 — 26-bet. ISBN 5-8255-0662-4.  (Wayback Machine saytida 2021-05-25 sanasida arxivlangan)
  6. „Дербисали“. Институт востоковедения имени Р. Б. Сулейменова. 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  7. INFORM.KZ. „Ушел из жизни бывший главный муфтий Казахстана“ (ru). www.inform.kz (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.[sayt ishlamaydi]
  8. tengrinews.kz. „Президент Токаев выразил соболезнования родным Абсаттара хаджи Дербисали“ (ru). www.tengrinews.kz (2021-yil 15-iyul). 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  9. „Декабрьский звездопад“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-iyun.
  10. 7 sentyabrya v Dome Drujbi sostoyalas seremoniya nagrajdeniya Gosudarstvennimi nagradamiAndoza:Недоступная ссылка
  11. „Глава Православной Церкви Казахстана награждён медалью «20 лет независимости Республики Казахстан»“. 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-dekabr.
  12. „Торжества в Алма-Ате“. 2008-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-iyun.
  13. „Награждение иностранных граждан орденами Японии весной 2019 года (награждение орденом г-на Абсаттара Дербисали) : Embassy of Japan in the Republic of Kazakhstan“. www.kz.emb-japan.go.jp. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  14. Трофимов, Я. „Государство, общество и религия в современном Казахстане“, . Центральная Азия и Кавказ, Выпуски 13-15. Central Asia & the Caucasus, 2001 — 154-bet. 
  15. Barbara Larkin. International Religious Freedom 2000: Annual Report: Submitted By The U.S. Department Of State. DIANE Publishing, 2001. 
  16. Баяндин, Бакыт. „«Қазақстан қажылары» Бас муфтидің кітабын сотқа берді“. Араша.kz (2012-yil 21-iyun). 2013-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyun.
  17. „"Қазақстан қажылары" Бас мүфтидің кітабын сотқа берді“. Baq.kz (2012-yil 28-may). 2021-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.