Kontent qismiga oʻtish

Qorasuv kanali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻngqirgʻoq Qorasuv Kanalidan yoʻnaltirildi)
Qorasuv kanali
Qorasuv kanali Militsiya akademiyasi yaqinda
Qorasuv kanali Militsiya akademiyasi yaqinda
Tavsif
Uzunligi 35 km
Suv sarfi 18 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Bo‘zsuv
 · Boshlanish joyi Oqqovoq-2 GESning pastki oʻng qirgʻogʻi
Davlat Oʻzbekiston
Qorasuv kanali

Qorasuv kanali (Oʻngqirgʻoq Qorasuv kanali) – Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent viloyat Qibray tumani hududida, Oqqovoq-2 GESning pastki oʻng qirgʻogʻidan boshlanadi.

Uzunligi 35 km (shundan 24 km Toshkent shahri hududida), suv sarfi 18m³/sek. Oʻrtacha chuqurligi 1,5–2 m, eni 10–14 m. Kanalning bosh toʻgʻoniga temir-beton yotqizilgan. Qorasuv kanali suvlaridan 4,1 ming ga ekin maydonini suv bilan taʼminlaydi.

Oqqovoq GESi (2-GES) ostidagi Boʻzsuv kanalidan boshlanadi. Avval sharqqa, soʻngra janubi-gʻarbga qarab oqadi. Toshkent viloyatining Qibray, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Mirobod, Sergeli tumanlari hududidan oqib oʻtadi.

Kanal boʻyida Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent traktor zavodi, TAPOiCh ishlab chiqarish birlashmasi, „Elektroapparat“ zavodi, Ahmad Yugnakiy turar-joy massivlari, Gagarin va Tatarskiy qishloqlari, kichik qabristonlar (bitta pravoslav) joylashgan.

Kanalning Kichkina Qorasuv („Kichik Qorasuv“) yon kanali bor, u Toshkentning shimoli-sharqiy qismida Shoʻrtepa tepaligidagi pravoslav qabristoni yonida asosiy kanal bilan birlashadi[1].

Qorasuv irmqolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtariq – oʻng irmogʻi, Ahmad Yugnakiy massividan boshlanadi. Mirzo Ulugʻbek tumani hududi orqali janubi-sharqiy yoʻnalishda oqadi.

Urus – chap irmogʻi, Qorasuv suvining katta qismi shu irmoqqa quyiladi. Sergeli tumanidan boshlanadi, aeroport yaqinida janubi-sharqqa buriladi. Toshkent viloyatida Xonobod va Oqtepa aholi punktlaridan oʻtadi. Toshkent- Angren temir yoʻliga yetib, janubga buriladi. Sergeli vokzali hududida Chortoq arigʻiga (Chirchiq daryosining bir tarmogʻi) quyiladi.

Eski Polvon – aeroport yaqinida boshlanadigan irmoq[2].

Tarixiy voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1799-yilda Qorasuv boʻyida Toshkent bekligi va Qoʻqon xonligi qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi, unda Toshkent hukmdori Yunusxoʻja bosqinchilarni yengib, 70 kishini asirga oldi (keyinchalik ular omma oldida qatl etildi).

1865-yilda Shoʻrtepa hududida Qorasuv va Kichkina-Qorasuv kanallari qoʻshilish joyida, general Mixail Chernyaev boshchiligidagi rus qoʻshinlari lageri joylashgan edi. 9-may kuni Salor va Darxon oʻrtasidagi toʻqnashuvda gʻalaba qozonib, razvedkachilar otryadini taʼqib qilayotgan lashkarboshi Alimqul boshchiligidagi qoʻqon qoʻshinlari qarorgohga hujum qiladi. Shafqatsiz otishma qoʻl jangiga aylanib ketdi. Qoʻqon xonligi qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi, Alimqulning oʻzi yarador boʻldi. 25 nafar halok boʻlgan rus askari dafn etilgan joyda Toshkentdagi birinchi pravoslav qabristoni paydo boʻlib, bugungi kungacha saqlanib qolgan[3][4][5].

  1. Добросмысловъ А. И.. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ. Историческій очеркъ.. Ташкентъ: Типография Порцева, 1912 — 168-bet. 
  2. P. Baratov, Q. Xolmatov. Toshkent shahrining irrigatsiya shoxobchalari. 
  3. Соколов Ю. А.. Ташкент, ташкентцы и Россия, 10000 экз, Ташкент: Узбекистан, 1965 — 90-bet. 
  4. История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Ташкент: «Фан» УзССР, 1988 — 88-bet. ISBN 5-648-00434-6. 
  5. „Международное информационное агентство «Фергана» — Олег Байрамов. Узбекистан: Православные Ташкента отметили родительский день (фото, видео)“. www.fergananews.com. 2018-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.