Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Turi Davlat muassasasi
Direktori Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich
Xorazm ko'chasi 49, 100047, Тоshkent, Toshkent

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi — Oʻzbekistonning madaniy merosini asrash, rivojlantirish va targʻib qilishga qaratilgan davlat muassasasi. Ushbu markaz maqom sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijrochilik anʼanalarini ilmiy asosda oʻrganish, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda xalqaro miqyosda keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan[1].

Asosiy vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:[1]

  1. Maqom sanʼatini rivojlantirish va ilmiy asosda oʻrganish Markaz Oʻzbekistonda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish, ijro va ijodiy maktablar, shuningdek, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalarning merosini chuqur ilmiy asosda oʻrganish va qayta tiklash ishlarini olib boradi.
  2. Mumtoz ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish Oʻzbek maqom sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari asosida maxsus "oltin fond"ni shakllantirish orqali milliy musiqa merosini saqlash va keng targʻib qilishni maqsad qiladi.
  3. Maqom sanʼatini yosh avlodga yetkazish Xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom sanʼati bilan tanishtirish, milliy oʻzlikni anglash tuygʻusi, badiiy-estetik did va tafakkurni rivojlantirish maqsadida milliy maqom kechalari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va maqom konsertlarini tashkil etadi.
  4. Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik Maqom sanʼati boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targʻib qilish yuzasidan xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi. Markaz xorijiy va mahalliy olimlar ishtirokida maqom sanʼatining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy asoslari va uning milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliqligini chuqur oʻrganadi.
  5. Notalar va yozuvlarni takomillashtirish Mumtoz maqom namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy qilish borasida faoliyat yuritadi.
  6. Ijro yoʻllarini boyitish va ularni oʻrgatish Maqom sanʼatining koʻp asrlik ijro yoʻllarini yangi uslublar bilan boyitish orqali yosh avlod vakillariga oʻrgatadi. Bu jarayonda maqomchilar, maqomshunos olimlar va pedagoglarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi.
  7. Xalqaro tadbirlar va tajriba almashuvi Yurtimizda maqom sanʼati boʻyicha xorijiy yetuk ijrochilarni jalb etish, ularning tajriba almashuvi va mahorat darslarini tashkillashtirish bilan bir qatorda, xalqaro maqom festivallari va tanlovlarini oʻtkazadi.
  8. Respublika boʻylab konsertlar va mahorat darslari tashkil etish Hududlardagi taniqli maqom ijrochilarining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etadi.
  9. Maqomni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish Maqom sanʼatini radio, televideniye, bosma nashrlar va Internet orqali nafaqat Oʻzbekiston, balki xalqaro miqyosda targʻib qilishni maqsad qiladi.

Maqsad va ahamiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaz Oʻzbekistonning boy madaniy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish, xalqaro madaniy almashinuvni kengaytirish hamda maqom sanʼatini milliy va jahon miqyosida keng targʻib qilish orqali sanʼatning rivojiga ulkan hissa qoʻshishni maqsad qiladi.

Manzil va faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazning bosh binosi Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, u respublikaning barcha hududlarida oʻz filiallariga ega. Ushbu filiallar orqali markazning maqsad va vazifalari har bir viloyatda amalga oshiriladi.

Ustoz-shogird maktabi bo‘limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustoz-shogird maktabi bo‘limi O‘zbek milliy maqom san’atining tarixiy shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini chuqur o‘rganish, ularning zamonaviy ijro mahorati va ijodiy bosqichlarini an’anaviy mezonlar asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat olib boradi. Mazkur bo‘lim maqom ijrochiligining o‘ziga xos lokal xususiyatlarini saqlab qolgan holda, zamonaviy talqinlarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ijro usulini saqlash va rivojlantirish: Bo‘lim maqom ijrochilik san’atining an’anaviy va zamonaviy talqinlarini uyg‘unlashtirib, ijro amaliyotida yangi yondashuvlar ishlab chiqadi. Shu jumladan, ustoz maqomchilarning maslahatlari asosida maqom asarlarini ijro etish mezonlarini belgilaydi.
  2. Hududiy muvofiqlashtirish: Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi maqom ansambllari va ijrochilik maktablari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi va ularni muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, ustoz-shogirdlik an’anasining uzviy davom ettirilishini ta’minlaydi.
  3. Ilmiy-tadqiqot faoliyati:
    • Maqomlarning ilmiy-nazariy jihatlarini o‘rganadi va ularni ilmiy asosda tadqiq qiladi.
    • Darsliklar, qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar va maqom namunalarini o‘z ichiga olgan nashrlarni tayyorlaydi va chop etadi.
    • Maqom asarlarini sharhlovchi audio va video materiallar yaratadi.
  4. Ijodiy merosni targ‘ib qilish: Bo‘lim o‘tmishdagi mashhur maqom ustalarining ijodiy merosini o‘rganadi va ularni yosh avlodga tanishtiradi. Yakkaxon va ansambl maqom ijrochiligi sohasida iste’dodli yoshlarni tarbiyalashga ko‘maklashadi.
  5. Madaniy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etish:
    • Maqom san’atini ommalashtirish maqsadida ijroviy anjumanlar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy va ilmiy safarlarni tashkil etadi va ularda faol ishtirok etadi.
    • Ijrochilar o‘rtasida tajriba almashish uchun munozarali uchrashuvlar uyushtiradi.
  6. Badiiy kengash faoliyati: Ustoz-shogird maktabi bo‘limi Maqom markazi huzuridagi Badiiy kengash faoliyatida faol ishtirok etadi va san’at rivoji uchun dolzarb takliflarni ilgari suradi.

Bo‘limda faoliyat olib borayotgan ustozlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur ustozlar o‘z mahoratlari va tajribalari orqali yangi avlod maqomchilari tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shib, milliy san’atni rivojlantirish va kelgusi avlodlarga yetkazishda faol ishtirok etmoqdalar.

Muhim natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustoz-shogird maktabi bo‘limi maqom san’atining saqlanishi va rivojlanishi uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim hissa qo‘shadi. Shuningdek, milliy san’atimizning boy merosini xalqaro miqyosda tanitish, yangi avlod maqomchilarining yetishib chiqishida mustahkam poydevor yaratadi.

Maqom san’atini ilmiy rivojlantirish bo‘limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqom san’atini ilmiy rivojlantirish bo‘limi O‘zbekiston milliy maqom san’atining tarixiy shakllanishi, ijodiy hamda amaliy rivojlanish jarayonlarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish va chuqur o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Mazkur bo‘lim milliy musiqa merosini ilmiy jihatdan tahlil qilish, maqom san’atini nazariy asoslash hamda uni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ilmiy tadqiqotlar olib borish:
    • Maqom san’atining tarixiy rivojlanish bosqichlari va ijodiy jarayonlarini chuqur o‘rganadi.
    • Mashhur maqom ustalari va ijrochilarning ijodiy faoliyatini ilmiy-nazariy tahlil qiladi.
    • Maqom namunalari, ular bilan bog‘liq tarbiyaviy va madaniy merosni ilmiy asoslarga tayangan holda tahlil qiladi va saqlaydi.
  2. Nashr faoliyati:
    • Ilmiy kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar va boshqa turdagi ilmiy asarlarni yozish va nashr qilishni tashkil etadi.
    • Maqom asarlarini sharhlovchi audio va video materiallar yaratadi hamda ularni ommalashtiradi.
  3. Ilmiy-uslubiy rahbarlik:
    • Respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi maqom ansambllari va yakkaxon ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    • Maqom ijrochiligida nazariy va amaliy me’yorlarni ishlab chiqadi hamda ijro amaliyotiga tadbiq qiladi.
  4. Ilmiy va amaliy tadbirlar tashkil etish:
    • Maqom san’atini targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar tashkil qiladi.
    • Ushbu tadbirlarda milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokini ta’minlaydi.
  5. Maqom ustalari merosini o‘rganish va targ‘ib qilish:
    • O‘zbek maqom san’atining mashhur namoyandalari, ularning ijodiy yo‘nalishlari va merosini o‘rganadi.
    • Yosh maqom ijrochilariga ilmiy va nazariy bilimlar berish maqsadida treninglar va ustoz-shogirdlik an’analarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
  6. Ijro intizomini ta’minlash:
    • Bo‘lim faoliyat ko‘rsatadigan barcha xodimlarning mehnat intizomi va ijro mas’uliyatiga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
    • Barqaror ijodiy-psixologik muhitni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
  7. Badiiy kengashdagi ishtirok: Maqom markazi huzuridagi “Badiiy kengash” faoliyatida faol qatnashadi va maqom san’atini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.

Muhim natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bo‘lim maqom san’atining ilmiy rivojlanishiga hissa qo‘shib, milliy madaniyat va musiqa merosining saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Nashr etilgan ilmiy ishlar va maqom namunalariga asoslangan audiovizual materiallar xalqaro miqyosda O‘zbekiston maqom san’atining tanilishiga imkon yaratadi. Bo‘lim, shuningdek, milliy maqom san’atining ilmiy asoslari bilan zamonaviy ijrochilik amaliyotini boyitishga hissa qo‘shadi.

Mazkur bo‘lim faoliyati nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosda ham milliy musiqa merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Cholg‘ularni akustik xususiyatlarini o‘rganish bo‘limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cholg‘ularni akustik xususiyatlarini o‘rganish bo‘limi O‘zbekiston maqom san’atining ijrochilik an’analariga asoslangan musiqiy cholg‘ularni zamonaviy talablarga mos ravishda tahlil qilish, takomillashtirish va saqlash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu bo‘lim maqom ijrochiligida ishlatiladigan cholg‘ularning akustik xususiyatlarini chuqur o‘rganib, ularning tarixiy va zamonaviy ijro imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Musiqiy cholg‘ularni maqom ijrosiga moslashtirish:
    • O‘zbek maqom san’atida ishlatiladigan an’anaviy cholg‘ularni maqom ijrochiligi talablariga moslashtirish, ularni qayta yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlar olib boradi.
    • Cholg‘ularning akustik va texnik imkoniyatlarini chuqur tahlil qilib, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazadi.
  2. Tarixiy va zamonaviy uyg‘unlikni ta’minlash:
    • Maqom ijrochiligida qo‘llanilgan cholg‘ularning tarixiy shakllanish bosqichlarini o‘rganib, zamonaviy ijro uslublariga moslashtirish bo‘yicha innovatsion usullarni ishlab chiqadi.
    • Cholg‘ularni zamonaviy materiallar va texnologiyalar yordamida takomillashtiradi.
  3. Amaliy hamkorlik:
    • Markaz maqom ansambli sozandalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
    • Maqom ansambllarining ijro sifatini oshirish uchun cholg‘ularni sinovdan o‘tkazish, sozlash va parvarishlash ishlarini olib boradi.
  4. Cholg‘ularni ta’mirlash va yangilash:
    • Maqom cholg‘ularining texnik holatini kuzatib boradi va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.
    • Noyob va qadimiy cholg‘ularni asrab-avaylash va ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun mutaxassislar jalb etadi.
  5. Ilmiy-tadqiqot ishlari:
    • Cholg‘ularning akustik xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qiladi va bu borada monografiyalar, maqolalar hamda qo‘llanmalar yaratadi.
    • O‘zbek maqom cholg‘ularining xususiyatlarini dunyo miqyosida tanitish uchun xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etadi.
  6. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish:
    • Cholg‘ularni ishlab chiqarish va ta’mirlash jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
    • Maqom cholg‘ularining ovoz berish sifati va texnik imkoniyatlarini oshirish maqsadida yangi texnologik yechimlarni tadbiq etadi.

Muhim natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bo‘limning faoliyati natijasida maqom ijrochiligi uchun yuqori sifatli akustik audiolar yaratiladi va ijrochilik san’ati yanada boyitiladi. An’anaviy maqom cholg‘ularining akustik imkoniyatlari zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirilib, milliy musiqa merosini xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qiladi.

Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunus Rajabiy (1897–1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va akademik, 20-asr oʻzbek musiqa san’atining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkordir. U Toshkent shahrining Chaqar mahallasida, san’atsevar bogʻbon Rajab ota oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidan musiqaga boʻlgan qiziqishi va tabiiy iste’dodi tufayli u oʻzining noyob tinglov idroki va hofiza qobiliyatini rivojlantirgan.

Yunus Rajabiy dastlab madrasada ta’lim olib, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasi (1919–1923), Toshkent Oliy musiqa maktabi (1934) va Moskvadagi bastakorlar kursida (1940–1941) oʻqigan. Musiqiy faoliyatida dutor chalishni Mirza Qosimdan oʻrgangan, oʻzbek mumtoz musiqa an’analarini esa Hoji Abdulaziz, Toʻychi hofiz va Domla Halimlardan oʻzlashtirgan.

Ansambl tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yilda Yunus Rajabiy asoschiligida va rahbarligida "Maqom" ansambli tashkil etildi. Ushbu ansamblning asosiy maqsadi oʻzbek maqom san’atini asrash va targʻib qilish boʻlib, unda oʻzbek mumtoz musiqa asarlari, jumladan, “Shashmaqom”, ijro etiladi. Ansamblning birinchi tarkibi taniqli sozanda va xonandalar, jumladan, Turgʻun Alimatov, Berta Davidova, Orif Alimaxsumov va boshqalar ishtirokida shakllantirilgan.

Ansamblning dastlabki yillarida Shashmaqomning maqom ashula yoʻllari va cholgʻu yoʻllaridan iborat 22 grammplastinka yozib olingan. Bu ijodiy yutuq oʻzbek milliy musiqa merosini saqlash va avlodlarga yetkazishda muhim qadam boʻldi.

Birinchi avlod san’atkorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ansamblning ilk avlodida quyidagi mashhur ijodkorlar faoliyat olib borgan: Yunus Rajabiy, Turgʻun Alimatov, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Fahriddin Sodiqov, va boshqalar. Hozirgi kungacha bu avloddan tirik qolgan san’atkorlar orasida Hadiya Yusupova, Tohir Yusupov, va Erkin Yoʻldoshev bor.

Ikkinchi avlod san’atkorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ansamblning keyingi avlodida Hasan Rajabiy, Izro Malakov, Abdulhoshim Ismoilov kabi ijodkorlar oʻz faoliyatini davom ettirgan. Ularning ijodi ansamblning an’anaviy ijro yoʻnalishini saqlash va rivojlantirishda davom etdi.

Hozirgi avlod

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblida ustozlar va bir qancha yosh va tajribali san’atkorlar faoliyat olib bormoqda.

Ansamblning badiiy rahbari - Abduhoshim Ismoilov

Musiqa rahbari - Abduraxmon Xoltojiyev

Ansambl tarkibida 60ga yaqin sozanda va xonandalar faoliyat yuritadi, ular orasida Abdurashidov Abdulaxat, Orziyev Odil, Gulbaxor Erkulova, Ibragimov Abdinabi, Kenjayev Bobur, Do‘stmurodov Quvonchbek, Ergashev Alimardon, Alimaxsumov Sharofiddin, Ergashev Azamat, Ismoilova Adolat, Jumanova Moxichexra, Ashiraliyev Furqatbek, Farmonova Nafisa, Ruzimov Ziyodjon, Shodmonova Durdona, Muxtarov Lazizbek, Berdiyev Shovkat, Mirminov Rustamjon, Saidova Maftuna, G‘ofurova Dilrabo, Ermuhammadova Ozodaxon, G‘aniyev Jasurbek, To‘rayeva Klara, Murotaliyeva Nargizaxon, Jumanazarov Temurbek, Solijonov Xushnudjon, Abdurashidova Mexrinigor, Axadjonov Asilbek, Akramov Og‘abek, Aliyev Murodjon, Akbarova Mushtari, Aliyev Dostonbek, Nosirov Dostonbek, Abdulatipov Toxirjon, Mo‘minov Mansurbek, Matanov Ikram, Yuldashbayev Azizbek, Turgunov Toxir, Mirzayev Fahriddin, Toshpulatov Qobuljon, Salimova Gavxaroy, Tillanazarov Ozodjon, G‘ofurov Sardorbek, Akramov Otajon, Fazilov Gulomkodir, Orziyev Boboqul, Zokirjonov Xotamjon, Muxtorov To‘ra, Irgashev Mirkomil, Karimjanov Alisher,Maxkamov G‘ofurjon, Norov Feruzbek, Mamadiyev Artikmirza, Davranova Maxfuza, Axmedov Elmurod, Burxanov Otabek, Yunusov Sunnatilla kabi san’atkorlar bor.

Ansamblning roli va ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli oʻzbek xalqining madaniy merosini asrash, milliy musiqa san’atini yangi avlodlarga yetkazish va xalqaro miqyosda targʻib qilishda alohida ahamiyatga ega. Ansambl mamlakat ichida va xalqaro sahnalarda koʻplab muvaffaqiyatli konsert dasturlarini oʻtkazib, Oʻzbekistonning madaniy brendiga aylangan.

"Maqom" ansambli Yunus Rajabiy asos solgan ulkan ijodiy an’analarning davomchisi boʻlib, oʻzining ijrochilik mahorati bilan nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Ansambl bugungi kunda oʻz faoliyatini izchil davom ettirib, oʻzbek maqom san’atini dunyo madaniyatiga tanitishda katta hissa qoʻshmoqda.

Xalqaro maqom san'ati anjumani

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro maqom san'ati anjumani
Xalqaro maqom san'ati anjumani logotipi


Xalqaro maqom san'ati anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori asosida har yili ikki marotaba o‘tkaziladi. Bu anjuman maqom san'ati, uning tarixiy va zamonaviy shakllarini muhokama qilish, xalqaro miqyosda ilmiy almashinuvlarni amalga oshirish hamda maqom san'ati bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borish uchun muhim mexanizm hisoblanadi.

Birinchi Xalqaro maqom san'ati anjumani 2018-yil 6-10-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yuqori badiiy saviyada o‘tkazildi. Ushbu anjumanda 73 mamlakatdan 300 nafarga yaqin taniqli musiqashunos olimlar, mutaxassislar va ijrochilar ishtirok etdilar. Ikkinchi Xalqaro maqom san'ati anjumani 2024-yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO tashkilotlari shafeligi ostida o‘tkazildi. Ushbu anjumanda 80 dan ortiq davlatlardan 400 nafardan ko‘proq ishtirokchi qatnashdi. Anjumanlar davomida maqom san’ati ijro uslublari, o‘quv metodikalari va maqom musiqasining xalqaro miqyosda rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Maqom anjumanida, shuningdek, xalqaro tanlov ham o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar maqom san’ati ijro etish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.[2]

  1. 1,0 1,1 „O'zbek milliy maqom san'ati markazi“. https://gov.uz/oz/madaniyat/departments/subordinate?active=1486da asl nusxadan arxivlangan.
  2. Xalqaro maqom san'ati anjumani, Xalqaro maqom san'ati anjumani. „Xalqaro maqom san'ati anjumani. Xorijliklar qanday fikrda?“. Xalqaro maqom san'ati anjumani. Xorijliklar qanday fikrda? (2018-yil 7-sentyabr), s. 2. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.