Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi
Qisqartma OʻzRYSSV
Turi davlat idorasi
Maqomi amalda
Shiori Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va sportni ommalashtirish
Ishga tushgan sanasi 2022-yil 30-dekabr
Vazir Adham Ikromov[1]
Vazir oʻrinbosari Murod Ismoilov
Vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov[2]
Bosh mahkamasi 2-uy, Abdulla Qodiriy koʻchasi, Toshkent, 100017
Vebsayti gov.uz/oz/sport
Map

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi[3].

1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan[3]. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[4].

2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[5].

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻtkazildi[6].

Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi kengaytirilgan[7].