Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston futzal federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston futzal federatsiyasi
Fayl:Uzbekistan Futsal Federation.jpg
Turi Nodavlat notijorat tashkiloti
Maqomi Federatsiya
Shiori Oʻzbekistonda futzalni rivojlantirish
Maqsadi Oʻzbekiston futzal klublarini rivojlantirish
Futzal musobaqalarini oʻtkazish
Ishga tushgan sanasi 2001—2002 — Oʻzbekiston mini-futbol (futzal) federatsiyasi
2004—2017 — Oʻzbekiston futzal federatsiyasi
2017—2025 — Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi[1]
Joylashuvi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Armugʻon MFY, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 14-b uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Prezidenti Bekzod Mamatkulov
Bosh mahkamasi Federatsiya
Vebsayti futsal.uz
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Map

Oʻzbekiston futzal federatsiyasi (Ўзбекистон футзал федерацияси) — Oʻzbekistonda futzalni nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tashkilot.

Milliy chempionat, terma jamoalarni tashkil etish, mini-futbolni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi.

2001—2002-yillarda Oʻzbekiston mini-futbol (futzal) federatsiyasi, 2004—2017-yillarda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi, 2017—2025-yillarda Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2025-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi sifatida tashkil etildi va alohida tashkilot oʻlaroq faoliyatini boshladi[2][3].

Maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda mini-futbol (futzal) boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish;
  • Mini-futbolni (futzal) ommalashtirish va targʻib qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish;
  • Futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va futzal mutaxassislarining malakasini oshirish;
  • Futzalning axborot, ilmiy-uslubiy va texnik bazasini qoʻllab-quvvatlash;
  • Assotsiatsiya aʼzolari, futzal faxriylari, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, faoliyati futzal bilan aloqador boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash.