Kontent qismiga oʻtish

Bekzod Mamatkulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bekzod Akmalovich Mamatqulov
Tavalludi
Bekzod Akmalovich Mamatkulov

4-sentyabr 1981-yil (1981-09-04) (43 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat yuridik universiteti
Kasbi Yurist, iqtisodchi, tadbirkor
Dini Islom
Mukofotlari

Bekzod Akmalovich Mamatqulov (Бекзод Акмалович Маматқулов) – oʻzbekistonlik tadbirkor va jamoat arbobi. BMB Holding kompaniyasi asoschisi, kuzatuv kengashi raisi[1].

1981-yil 4-sentyabr kuni Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent yuridik universitetini tugatgan. Davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016-yilda BMB Trade Group investitsion shirkatiga asos solgan. Keyinchalik shirkatning nomi BMB Holding deb oʻzgartirilgan.

2021-yilda oʻz shirkati homiyligida „BMB“ futzal klubini taʼsis etgan va 2024-yil 25-dekabrgacha klub prezidenti boʻlgan. Shu kuni prezidentlikni Aziz Mamatkulovga topshirgan[2].

2021-yilda futzal boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan BMB kubogi musobaqasiga asos solgan[3].

2024-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston futzal federatsiyasiga prezident etib saylandi[4].

2022-yil 19-avgustda „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil 18-avgustda Oʻzbekistonda tadbirkorlar kuni munosabati bilan, Prezident farmoniga muvofiq, Doʻstlik ordeni berilgan[5].