Oʻzbekiston iqlimi
Oʻzbekiston iqlimi — keskin kontinental iqlim. O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyo qitʼasining 37 va 45 °C shimoliy kenglik, 56 va 73 gradus sharqiy tekislikda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasining maydoni 447.7 ming km² ni tashkil etadi va shundan 78.8% ini tekisliklar, 21.2% ini tog‘liklar va tog‘ oldi hududlarni oʻz ichiga oladi. Hududining deyarli 5/4 qismi yarimchoʻl va choʻlliklarni, qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy xududlarda baland togʻliklardan iborat[1]. Oʻzbekistonda kontinental iqlimning paydo boʻlishida uning geografik oʻrni, quyosh radiatsiyasi hamda atmosfera sirkulatsiyasi taʼsir etadi. Asosan uzoq qurgʻoqchilik, issiq yoz, yomgʻirli bahor va noustivor qishni tashkil etadi. Mamlakat hududiga turli havo oqimlarining kirib kelishi uchun juda oson hudud hisoblanadi. Shimol, shimoliy-gʻarb va gʻarbiy tarafdan atlantika va arktika havo oqimlari kirib keladi. Respublikida iyul oyining oʻrtacha havo harorati shimolda 26 °C dan janubga 30 °C gacha oʻzgaradi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda −8 °C gacha, janubda esa 0 °C gacha yetadi. Eng past havo harorati −38 °C ni tashkil (Ustyurt tekisliklarida) etadi[1].
Iqlim hosil qiluvchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakatning shimoliy qismiga yozda (22-iyun hisobida) quyoshning 71-72° burchakda nur sochishi maʼlum boʻlsa, janubida ushbu hisob 76° ga teng. Shu bilan birga shimolda quyosh yil davomida 2500-2800 soat nur sochsa, mamlakat janub tomoni esa 3000-3100 soat quyosh nuri ostida boʻladi[2].
Qishda Respublika hududiga shimoli sharqdan va shimoldan kirib kelgan havo oqimlari huduning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Shu sababdan ham havo ochiq boʻladi ammo havo harorati tushib, sovish kuzatiladi.
Yozda Oʻzbekiston hududining asosan tekislik qismi meyoridan oshiq isib ketishi natijasida termik oʻchoq paydo boʻladi. Soʻng, havo juda isib, mahalliy kontinental Тuron tropik havosi vujudga keltiradi. Ushbu past bosimni toʻldirish uchun shimoli gʻarbdan va gʻarbdan salqin havo massasi kirib keladi. Ammo havo qiziganligi sababli bu havo oqimlari yogʻin havoni olib kelmaydi. Bu havo oqimi mamlakat togʻli hududlarida nisbatan havo salqin boʻlganligi sbabli yomgʻir va qor yogʻishiga olib keladi.
Haroratning taqsimlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haroratning taqsimlanishi bevosita yillik oʻrtacha harorat bilan oʻlchanadi. Ushbu daraja Toshkentda +11,9 °C, Nukusda +10,8 °C, Termizda esa +17,0 °C ni tashkil etadi [3].
Mamlakat hududida yoz asosan quruq va issiq boʻlib, uning past tekislik qismida iyulda oʻrtacha harorat +26 +30 °C ga yetsa, janubda esa +31 +32 °C ga yetadi. Eng baland havo harorati Toshkentda +44 °C, Termizda +50 °C gacha qiziydi. Qumlar sirti +75 +80 °C gacha isiydi. Qish oylaridagi oʻrtacha harorat Respublika hududida shimoli gʻarbdan (Ustyurtda –10 –11°C) janubi sharqqa tomon (Toshkentda +0,9 °C, Samarqandda +0,3 °C, Termizda +2,8 °C) ilishi kuzatiladi. Baʼzida Arktika va Sibir havo oqimlarining kelishi va muqum qolishi oqibatida qishda havo soviydi, kuzatilgan eng past harorat Surxondaryoda –20°C, Toshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha soviydi
2015-yilda mamlakatning koʻp joylarida o‘rtacha yillik havo harorati odatdagidan 0.8-2.2 °C ga oshgan[1].
Shuningdek, togʻlarga, umuman olganda yuqoriga koʻtarilgan sari havo harorati pasayib boraveradi.
Yogʻinlarning taqsimlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻgʻinlar Oʻzbekistonning eng yirik sub manbayi hisoblanadi. Yogʻinlar asosan Atlantika okeanida keluvchi havo massalariga bogʻliq. Sabab qilib mamlakat hududi yil fasllari boʻyicha notekis taqsimlanishi ham koʻrsatiladi.
Oʻzbekistonda eng kam yillik yogʻin soni Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga toʻgʻri keladi, odatda 100mm kuzatiladi. Yogʻinlar miqdori sharq va janubi sharqqa tomon relyefning balandlashishi sababli koʻpayib boradi. Oʻzbekistonning togʻ va togʻoldi qismiga yiliga oʻrtacha 300- 550 mm, Gʻarbiy Tyanshan, Hisor-Zarafshon togʻlarining janubi-gʻarbiy nam havosi boʻlgan yonbagʻirlarida 800-900mm yogʻin boʻladi. Oʻzbekistonda eng koʻp yillik yogʻin Gʻarbiy Tyanshan va Hisorning nam havoga roʻpara boʻlgan qismlariga toʻgʻri keladi. Yogʻinlarning asosiy qismi qishda (yillik yogʻin- ning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yogʻadi.
Agarda yogʻin miqdori yiliga tekislik hududlarda 36-45 kunni tashkil qilsa, ushbu koʻrsatkich togʻli hududlarda 75-95 kunni tashkil etadi.
Yogʻinning birmuncha qismi qor shaklida yogʻadi. Ammo, qor tekislik va togʻli hududlarda birdek saqlanmaydi. Masalan, tekisliklarda qor 20-30 kun, togʻli hududlarda esa 90 kundan 100 kungacha saqlanib qoladi[2]. Qor qalinligi tekisliklarda asosan 1-10 sm, togʻoldi hudularda 12-20, togʻli joylarda 60 sm (1,2m dan 2 m gacha hak kuzatilgan).
Shamollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Respublika maydonlarida yil boʻyi shamollar esib turadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ham mahalliy vodiy, Bekobod (Xovos), Qoʻqon, afgʻon shamollari tez-tez kuzatiladi[4].
Bekobod shamoli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qish oylarida vodiyda bosim koʻtarilsa, gʻarb tomonda esa bosim miqdori pasayganda „Xo‘jand“ darvozasi orqali Mirzachoʻl tomon harakatlanadi, shamolning tezligi 30-40 m/sekund ni tashkil qiladi, shunday boʻlsa ham qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazmaydi[4].
Qoʻqon shamoli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahor va kuz oylarida Fargʻona vodiysida bosim pastlaganda gʻarbdan vodiy tomon esib, tezligi 15-25 m/sekundgacha koʻtariladi.
Oʻzbekiston iqlimining quruqlashib borishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonda iqliming qurib borishi soʻnggi 10 yillik ichida (2011-2021) yanada jadallashgani aytilmoqda. Bunga misol tariqasida mamlakat hududida avvalgi yillarda, bir yil davomida 80 kun sovuq havo oqimi kirib kelar edi, ammo, 2021-yilga kelib ushbu koʻrsatkich 2 martaga kamaygani aytilmoqda, Yaʼni bir yil mobaynida sovuq havo oqimining kirib kelishi 35-40 kunni tashkil qiladi[5].
Mamlakat iqliming qurib borishi bir qancha noqulay ob-havoni yuzaga keltirmoqda. Masalan, 2021-yil 4-noyabr kuni kuzatilgan noodatiy chang-qumli toʻzon kuzatildi. O‘zgidromet esa buni 150 yil ichida bunday chang toʻzon bir necha kun havoda saqlanib qolishini kuzatmaganligini taʼkidladi[5].
Iqlim oʻzgarishining oqibatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimning oʻzgarishi Oʻzbekiston uchun quyidagi oqibatlarga olib kelmoqda.
- Havo haroratining ortishi natijasida suvning bugʻ holiga oʻtishining koʻpayishi shu yerlarda suv manbalarining qisqarishiga, tanqisligiga olib kelmoqda.
- 1950-1960-yillardagi yogʻingarchilik miqdori sezilarli darajada qisqargan.
- Yuqoridagi haroratlarning doimiy oʻzgarib borishi Oʻzbekistonda hali uchramagan shamolning yillik oʻrta tezligiga taʼsir etgan. Natijada, shamol tezligi yiliga oʻrtacha 3,8-4,0 m/s dan 3,1-3,5 m/s ga kamaygani kuzatilgan.
- Tuproqning namlik miqdori meyordan pasayishi natijasida takroriy qurgʻoqchilik xavfi boʻlishi ehtimolliligi koʻpaymoqda, har 10 yil ichida takroriy ravishda qurgʻoqchilik har 3 yilida kuzatildi.
- Ekologiyaning yomon tomonga oʻzgarishi hamda Sirdaryo va Amudaryo suvlarining Orol dengiziga yetib bormay yoʻq boʻlib ketishi ham Orol dengizining choʻllashishiga olib bormoqda.
- Ushbu jarayonlar daryolarni qurib uni oʻrnida dengizdan qolgan choʻllar paydo boʻlishiga olib kelmoqda.
- Choʻl holiga kelgan dengizlar yoki suv havzalari esa oʻzida koʻp miqdorda tuz saqlaydi va chang toʻzon tufayli ushbu tuzlar havoga koʻtarilib qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazishi yoxud yaqin atrofdagi aholi orasida kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin boʻlib qolmoqda.
- Atmosfera havosining buzilishi va chang miqdorini koʻpayishiga olib kelmoqda[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 https://fvv.uz/uz/menu/iqlim (Wayback Machine saytida 2023-04-24 sanasida arxivlangan) Manba: fvv.uz. Qaraldi:23-aprel 2023-yil
- ↑ 2,0 2,1 http://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11735-ozbekiston-iqlimi[sayt ishlamaydi] . 23-aprel 2020-yil, 20:52 geografiya.uz
- ↑ http://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11735-ozbekiston-iqlimi.html#sel=10:1,11:37. Geografiya.uz
- ↑ 4,0 4,1 http://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11735-ozbekiston-iqlimi[sayt ishlamaydi] 23-05-2020, 20:52 Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi http://geografiya.uz/
- ↑ 5,0 5,1 https://kun.uz/uz/news/2021/11/10/ozbekiston-iqlimi-keskin-quruqlashib-bormoqda-gidrometerolog gidrometerolog Erkin Abdulahatov 10-oktyabr 2021-yil.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2019/09/26/iqlim-ozgarishi-ozbekistonda-qanday-salbiy-oqibatlarga-olib-kelyapti 2019-yil 26-sentyabr da nashr etildi. KUN.UZ