Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Oʻzbekiston
Mezbon mamlakat Fransiya
Manzili 22 rue d'Aguesseau
Elchi Sardor Rustamboyev
Bosh konsul Niyozxoʻjayev Valijon Salohiddinovich
Sayt Oʻzbekiston.fr

Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi hisoblanadi. Elchixona 22 rue d’Aguesseau koʻchasida, Rue de Surène koʻchasi bilan kesishgan joyda, Fransiya poytaxti Parijning 8-okrugida joylashgan. 2018-yildan buyon Sardor Rustamboyev Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelgan. Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi shuningdek Portugaliyada Oʻzbekiston vakolatxonasida ham faoliyat olib boradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1995-yilda Parijda oʻz elchixonasini ochgan. Fransiya Respublikasining oʻsha davrdagi Prezidenti Fransua Mitteran 1994-yili Toshkentga rasmiy tashrifi chogʻida Parijda Oʻzbekiston elchixonasi ochilishi boʻyicha oʻz tilaklarini bildirgan edi[1].

Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomzodlik sanasi Ishonchnomalarni topshirish sanasi Elchi
? 1995-yil 18-yanvar [JORF 1] Akmal Saidov
? 1997-yil 22-iyul Tohirjon Mamajonov
? 2003-yil 4-noyabr [JORF 2] Hamidulla Karomatov
? 2006-yil 10-fevral [JORF 3] Ravshanbek Olimov
? 2009-yil 26-yanvar [JORF 4] Bahromjon Aʼloyev
? 2012-yil 26-oktyabr [JORF 5] Ravshan Usmonov
? 2018-yil 31-avgust [JORF 6] Sardor Rustamboyev

Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonaning konsullik boʻlimidan boshqa konsulligi yoʻq[2].

  1. Remise de lettres de créance, JORF 18 du 21 janvier 1995, 1109, NOR MAEP9550000G.
  2. Remise de lettres de créance, JORF 171 du 25 juillet 1997, 11122, NOR MAEP9750052E.
  3. Remise de lettres de créance, JORF 36 du 11 février 2006, 2185, texte 1, NOR MAEP0650007G.
  4. Remise de lettres de créance, JORF 23 du 28 janvier 2009, 1593, texte 1, NOR MAEP0950004E.
  5. Remise de lettres de créance, JORF 254 du 31 octobre 2012, 17057, texte 1, NOR MAEP1250101E.
  6. Remise de lettres de créance, JORF 0204 du 5 septembre 2018, texte 2, NOR EAEP1823931X.