Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1943-yil 20-oktabr |
Joylashuvi | Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 43-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Muftiy | Nuriddin Xoliqnazarov |
Oʻziga tegishli tashkilotlar |
hududiy vakilliklar, Vaqf xayriya jamoat fondi Toshkent islom instituti |
Vebsayti | muslim.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili, Rus tili, Arab tili |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi — Oʻzbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943-yil 20-oktabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyida taʼsis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu tashkilot 1992-yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan, 1996-yildan hozirgi nomi bilan ataladi.
Bo'linish, islohot va nomni o'zgartirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora Oʻzbekistondagi musulmonlar oʻrtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. Moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehson, yordamchi xoʻjaliklar va boshqalar hisobiga taʼminlanadi. Idora rahbar organi — Oliy hayʼat. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, taʼlim va kadrlar tayyorlash, masjidlar va fatvo boʻlimlari bor. Toshkent islom institutida (1971) va oʻnta oʻrta maxsus islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar yetishtiriladi. Idora muassisligida „Hidoyat“ jurnali va „Islom nuri“ gaz. nashr etiladi. Idora tasarrufidagi „Movarounnahr“ nashriyoti diniy adabiyotlar, diniy taqvim va boshqalarni chop etadi. Musulmonlar idorasi xorijiy mamlakatlardagi koʻpgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Har yili davlat tomonidan belgilangan kvota asosida minglab kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. Idora oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonunga rioya qiladi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida“gi 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qaroriga asosan idora qoshida maxsus jamgʻarma tashkil etildi.
Muftiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1943—1957)
- Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1957—1982)
- Shamsiddinxon Boboxonov (1982—1989)
- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1989—1992)
Movarounnahr musulmonlari idorasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1992—1993)
- Muxtorjon Abdullayev (1993—1996)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muxtorjon Abdullayev (1996—1997)
- Abdurashid Bahromov (1997—2006)
- Usmonxon Olimov (2006—2021)[1][2]
- Nuriddin Xoliqnazarov (2021—hozirgacha)[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Усман Алимов“ (ru). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ UzDaily. „Скончался Председатель Управления мусульман Узбекистана“ (ru). UzDaily.uz. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ muslim.uz. „МУФТИЙ САЙЛАНДИ“ (ru-ru). old.muslim.uz. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Rasmiy veb sayti
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |