Maftun boʻldim

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ocharovan toboydan yoʻnaltirildi)
„Maftun boʻldim“
Botir Zokirov qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 1958
Nashr qilingan 1958
Janr romans
Davomiyligi 2:55
Bastakor(lar) Mutal Burhonov
Klipi
„Maftun boʻldim“ YouTubeda

Maftun boʻldim“ (ruscha: Очарован тобой) — oʻzbekistonlik sanʼatkor Botir Zokirov ijro etgan qoʻshiq. 1958-yil rejissor Yoʻldosh Aʼzamov suratga olgan „Maftuningman“ myuzikli uchun maxsus yozilgan. Qoʻshiq matnini Turob Toʻla yozgan, musiqasini Mutal Burhonov[1] (ayrim manbalarga koʻra, Manas Leviyev) bastalagan. Filmda „Maftun boʻldim“ qoʻshigʻini aktyor Sanʼat Devonov yaratgan Sharif hamda Turgʻun Azizov yaratgan Bakir obrazlari ijro etgan.

Qoʻshiqning singl oʻlaroq chiqarilgan versiyasida ilk bandi va noqarati oʻzbek tilida, ikkinchi bandi bilan naqarati esa rus tilida ijro etilgan. „Maftun boʻldim“ „Maftuningman“ filmi saundtrekiga kiritilgan birinchi qoʻshiqdir: film boshida titrlar koʻrsatilgan paytda aynan „Maftun boʻldim“ qoʻshigʻi kuyi ijro etilgan. Filmdagi qoʻshiqlarni F. Shamsutdinov dirijyorligi ostida SSSR Madaniyat vazirligi qoshidagi Kino ishlab chiqarish boshqarmasi orkestri ijro etgan.

„Maftun boʻldim“ eng taniqli oʻzbek tilidagi qoʻshiqlarning biridir. Koʻpchilik oʻzbek tinglovchisi qoʻshiq matnini yoddan biladi[2]. „Maftun boʻldim“ qoʻshigʻini koʻplab sanʼatkor kaver qilgan. Jumladan, uni Oybek va Nigora dueti, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining „Soʻgʻdiyona“ milliy cholgʻular kamer orkestri (yakkaxon — Nurmuhammad Muhammedov) va boshqa sanʼatkorlar ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova, Gulshanoy „Эстрадамиз эртаси учун ибрат мактаби“. Yangi Oʻzbekiston (15-may 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  2. Eshbek, Toʻlqin „Буюк композиторнинг ғурурбахш, умрбоқий асарлари“. Uch ildiz (28-aprel 2016-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 3-iyul, 2022-yil(2022-07-03) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.