Kontent qismiga oʻtish

Odamning qini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Odamning qini

Tashqi koʻrinishi

Ayollarning chanogʻining sagittal kesmasi.

Qin (lotincha: vagina — qin, gʻilof [1]) — ayolning toq ichki jinsiy aʼzosi, kichik chanoq boʻshligʻida joylashgan mushak-elastik naysimon aʼzo. Tanadan hayz va vaginal suyuqliklarni chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi shuningdek, qinning vazifasi jinsiy aloqa qilish va tugʻriq jarayonida qatnash hisoblanadi.

Qinning oldingi devorining yuqori qismi siydik qopi tubiga tegib tursa, pastki qismi ayollar siydik chiqarish nayining devoriga birikib ketgan. Orqa devorining yuqori qismi qorinparda bilan qoplansa, pastki qismi toʻgʻri ichakning oldingi devoriga tegib turadi. Bokira qizlarda bu teshik odatda qizlik pardasi bilan yopiladi. Bachadonga nisbatan qin old tomondan ochilgan burchak hosil qiladi. Qinning old va orqa devorlari oʻrtasida ularning qoʻshilishi natijasida qin boʻshligʻi yoriqsimon shaklga ega boʻladi.

Kesmadagi qinning anatomik tuzilmalari

Anatomiya va fiziologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayol qinining oʻrtacha uzunligi 7 sm dan 12 sm gacha. Ayol tik turganida qin bir oz yuqoriga egiladi..

Qinning devor qatlamlari
Qinning oldingi uchdan bir qismida shilliq qavatning burmalari

Qin devorlarining qalinligi 3–4 mm va uchta qatlamdan iborat:

  • Qinning ichki yoki shilliq qavati. U qatlamli yassi epiteliy bilan qoplangan boʻlib, qinda koʻp sonli koʻndalang burmalarni hosil qiladi. Ushbu burmalar zaruriyat boʻlganda, qinning hajmini oʻzgartirishga imkon beradi. Burmalar bola tugʻish davrida aniq namoyon boʻladi.
  • Qinning oʻrta yoki silliq mushak qatlami. Oʻrta mushakli qavat boʻylama va koʻndalang yoʻnalishga ega mushak tutamlaridan iborat. Qinning yuqori qismida mushakli qavat bachadon mushakli qavatiga oʻtib ketsa, pastki qismida mushakli qavati nisbatan kuchli rivojlangan boʻlib, oraliq mushaklari bilan qoʻshilib ketadi. Qinning pastki uchini va siydik chiqarish nayini oʻragan koʻndalang-targʻil mushak tolalari oʻziga xos qisqichni hosil qiladi.
  • Qinning tashqi yoki adventsial qatlami. Mushak va elastik tolalali elementlari boʻlgan biriktiruvchi to'qimadan iborat[2].

Kopulyativ funktsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qin urug'lantirish jarayonida ishtirok etadi. Erkaklarda jinsiy aloqa (kopulyatsiya) paytida chiqarilgan urugʻlik suyuqligi qinga kiradi, u yerdan sperma bachadon boʻshligʻi va naychaga kiradi. Spermatozoidlar, asosan, bachadon boʻyni yoʻlidagi shilliq qavati yoʻnaltirilgan bachadon boʻyning orqa (chuqurroq) qin boʻshligʻida toʻplanadi. Bachadon boʻyni shilliq qavat sekretsiyasi fazoviy aloqalar va fizika-kimyoviy xususiyatlar (past yopishqoqlik, ishqoriy reaktsiya va boshqalar) natijada spermatozoidlarning yuqori jinsiy yoʻllarga kirib borishi va urugʻlanish jarayoniida ishtirok etishiga yordam beradi.

Tugʻriq funktsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qin tugʻish jarayonida ishtirok etadi: bachadon boʻyni bilan birgalikda homila va platsenta oʻtadigan tugʻilish yoʻlini hosil qiladi. Xomilaning toʻsiqsiz oʻtishi mumkin, chunki homiladorlik paytida vaginal toʻqimalarda fiziologik oʻzgarishlar sodir boʻladi (mushak tolalari, biriktiruvchi toʻqimalar, qon tomirlarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi, toʻqimalarning seroz emdirilishi va boʻshashishi), buning natijasida uning devorlari elastik va choʻziluvchan boʻladi.

Tugʻriq bosqichi
Bolaning tug;ulish vaqti: Boshining tugʻruq paytidagi koʻrinishi.
Ayollar jinsiy organining geomitrik shakillari.
  1. russkoe slovo „vlagaliщe“ ispolzuetsya v znachenii „nojni“, naprimer, v perevode „Iliadi“ Gnedicha
  2. „Анатомия на medicinform.net“. 2008-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-may.