Odiljon Arslonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odiljon Arslonov
Statistikasi
Asl ismi Odiljon Obidovich Aslonov
Vazni

2-o'rtacha (76,2 kg gacha),
O'rtacha (75 kg gacha),

Yengil vazn (80 kg gacha)
Millati o'zbek
Tavalludi 1995-yil 5-iyun
Buxoro, O'zbekiston
Uslubi Chap qanot

Odiljon Obidovich Aslonov (oʻzbekcha: Odiljon Obidovich Aslonov; 1995-yil 5-iyun, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etgan oʻzbek havaskor va professional bokschisi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2022), ikki karra O‘zbekiston chempioni (2019, 2021), O‘zbekiston chempionatining ko‘p karra kumush medali sovrindori, xalqaro va milliy musobaqalarning ko‘p karra g‘olibi va sovrindori havaskorlar turnirlari qatnashchisi.

BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 189-o‘rin (2022-yil noyabr) va o‘zbek supero‘rta vazn toifasidagi bokschilar orasida 3-o‘rinda[1] bo‘lib, dunyoning eng yaxshi supero‘rta vazn toifasidagi TOP-190 bokschilari qatoriga kiradi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odiljon Aslonov 1995-yil 5-iyunda Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan.

Havaskorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaqin atrofda oʻsmirlar sport maktabi joylashgan maktabda oʻqiganligi sababli 10 yoshida boks seksiyasi murabbiyI Hamza Avezov huzuriga kelgan. Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, so‘ngra O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qo‘shilgan va bu yerda Ravshan Xo‘jaev qo‘l ostida shug‘ullangan. 2015-yilda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi, shundan so‘ng O‘zbekiston kattalar terma jamoasiga o‘tgan va o‘sha yili kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori bo‘lgan. 2015―2018-yillarda O‘zbekiston chempionatining uch karra kumush medali sohibi[2].

2018―20200-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda esa 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Fanat Qahramonovga[3][4] yutqazib, uchinchi marta O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori bo‘ldi.

2019-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda hakamlarning ikkiga bo‘lingan qaroriga ko‘ra (hisob: 3:2) yakunda tajribali Fanat Qahramonovni mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan[5]. Va oʻsha yili Rossiyaning „Patriot“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda Saidjamshid Jafarovga yutqazib, yana O‘zbekiston chempionatining kumush medali sohibiga aylangan[6].

2021―2022-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) yengil vazn toifasida (80 kg gacha) jahon chempionatida qatnashgan. 1/16 finalda koʻpchilik hakamlar qarori bilan ochkolar boʻyicha (hisob: 4:1) italiyalik Simone Fiori[7] ni magʻlub etgan, ammo keyin 1/8 finalda - ochkolar boʻyicha raqobatbardosh jangda (hisob: 2:3) 2021-yilgi jahon chempioniga aylangan amerikalik Robby Gonsalezga[8] yutqazgan.

2021-yilning dekabr oyida 81 kg vazn toifasida finalda tajribali Dilshodbek Ro‘zmetovni mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan[9].

2022-yil fevral oyida Stranja kubogida(ingl.) 80 kilogrammgacha vazn toifasida g‘olib bo‘lgan. Sofiya (Bolgariya) shahrida boʻlib oʻtgan finalda bolgariyalik tajribali bokschi Kristian Nikolovni[10][11] ochkolar boʻyicha magʻlub etgan.

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining 80 kg vazn toifasida kumush medali sovrindori boʻlgan va finalda tajribali iordaniyalik Husayn Ishayshga yutqazib qoʻygan[12].

2022-yilning dekabr oyida yana 80 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetovni finalda mag‘lub etib, yana O‘zbekiston chempioni bo‘lgan[13].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 21-dekabr kuni Krasnoyarskda (Rossiya) professional ringdagi debyutini 2-o‘rta vaznda, tajribali rossiyalik Varazdat Chernikovni (11-14) 2-raundda texnik nokautga uchratib, gʻolib boʻlgan[14].

2022-yil 6-avgustda Yekaterinburgda (Rossiya) rossiyalik Nikita Zon (4:0) bilan juda raqobatbardosh jang o‘tkazgan (hisob: 76-76)[15].

Professional janglari statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 jang, 2 gʻalaba (1 nokaut), 1 durang.
Jang
Natija
Jang sanasi
Raqib
Jang oʻtkazilgan joy
davralar, vaqt
Qoʻshimcha
3 2-0-1 2022-yil 6-avgust Nikita Zon (4:0) Rossiya Rossiya RCC boks akademiyasi, Yekaterinburg, Sverdlovsk viloyati
PTS 8 (8)
Hakamlar qarori: 76-76 (3 marta).
2 2-0 2020-yil 1-fevral Belorussiya bayrogʻi Dmitriy Atroxov (16-6) Rossiya Rossiya „Yantarniy“ sport saroyi, Kaliningrad
UD6 (6)
Hakamlar qarori: 60-53 (3 marta).
1 1-0 2019-yil 21-dekabr Varazdat Chernikov (11-14) Rossiya Rossiya Ivan YarIgin nomidagi sport saroyi, Krasnoyarsk
TKO 2 (6), 0:55
Professional boksdagi debyuti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Boxing Ratings: Super middle — Uzbekistan“ (en). BoxRec. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  2. „АСЛОНОВ ОДИЛЖОН“ (rus). PremierBoxing.ru. 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  3. „В Самарканде определили чемпионов республики по боксу“ (ru). uztag.info. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  4. 2018-12-17 11:48:00. „Fanat Qahramonov ham chempionga aylandi“ (uz). Sports.uz (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul. [sayt ishlamaydi]
  5. „Стали известны имена победителей чемпионата Узбекистана по боксу“ (rus). Sports.uz (2019-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  6. „В столичном спортивном комплексе «Универсал» завершился Чемпионат Узбекистана по боксу“ (rus). Darakchi.uz (2020-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  7. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 30 октября — дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  8. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 1 ноября, вечерняя сессия — видео“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 2-noyabr). 2022-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  9. „Открытие новых звёзд бокса Узбекистана“ (rus). Sports.uz (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  10. „73rd Boxing Tournament STRANDJA2022. Finals Results“ (en). BGboxing.org/strandja2022. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  11. „Казах из Узбекистана выиграл «золото» «малого чемпионата мира» по боксу“ (rus). Sports.kz (2022-yil 26-fevral). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  12. „Мужская сборная Узбекистана по боксу завершила чемпионат Азии на первом месте“ (rus). Kun.uz (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  13. „Завершился Чемпионат Республики Узбекистан по боксу среди мужчин“ (rus). OlympicBoxing.uz (2022-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  14. „Узбекский обидчик казахстанского боксера нокаутом дебютировал в профи“ (rus). Sports.kz (2019-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  15. „«Боксировал с ним как с маленьким танчиком», — судьи разочаровали Зоня и Аслонова на турнире RCC“ (rus). Sports.ru (2022-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]