Oglaxti
Qiyofa
(Oglaxti Qabristonidan yoʻnaltirildi)
Oglaxti — Toshtiq madaniyatita mansub qabriston (miloddan avvalgi 1-asr -milodiy 1-asr). Yenisey daryosi boʻyidagi Oglaxti tori etagida joylashgan. 1903-yil A. V. Adrianov, 1969—70 yillarda L. R. Kizlasov tomonidan oʻrganilgan. Kabrlar ustidagi beresta ustunlar, moʻyna, ipak va jundan tikilgan kiyimlar, qalpoqlar, oyoq kiyimlari va boshqa yaxshi saqlanib qolgan. Qabrlarga gips boʻyoqli maskalar (niqoblar) kiydirib mumiyolangan mayyitlar koʻmilgan. Mayyitlar yoniga idish-tovoq, shuningdek, kichik hajmdagi shamshirlar, xanjarlar, sadoqlar, oʻqyoylar, jez qozonchalar va boshqa qoʻyilgan.[1]