Kontent qismiga oʻtish

Okan Yalabık

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Okan Yalabık
Tavalludi 13-dekabr 1978-yil (1978-12-13) (46 yosh)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2001–hozirgacha
Boʻyi 1,80 m

Okan Yalabik (1978-yil 13-dekabr) – turkiyalik aktyor[1]. Istanbul universiteti Davlat konservatoriyasida teatr yoʻnalishini tamomlagan, Kadir Has universitetida kino va drama magistri. 2001-yildan beri u yigirmadan ortiq filmlarda suratga tushgan[2][3].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalabik 1978-yilda Baliqesir viloyatida joylashgan Istanbul shahrida dunyoga kelgan. U oilaning ikkinchi farzandi edi. Yoshligida Machka boshlangʻich maktabiga borib, u yerda aktyorlikka boʻlgan qiziqishi uygʻonadi. Uning Radikal gazetasida bergan intervyusiga koʻra, uyga akasi Ozan Ferhan Shensoyning „Ferhangi Shayler“ filmi kassetasini olib kelgach Yalabik ushbu filmga qiziqib qolganligi sababli filmning har bir satrini yod olib, aktyor boʻlishga ahd qiladi[4]. Keyinchalik Shishli Terakki litseyi[5] soʻngra esa Sakıp Sabanji Anadolu Litseyiga bordi. 1993-yilda Chengiz Devecini maktabga taklif qilib, Sakıp Sabanji Anadolu Litseyi Teatr boʻlimining tashkil etilishiga yordam berdi.[6] Koʻplab havaskorlik jamoalarida turli rollarni oʻynagan Yalabik, oxir-oqibat 1997-yilda Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasiga teatr fakultetiga oʻqishga kirdi. U oʻzining birinchi rolini 1998-yilda Kenter teatrida sahnalashtirilgan spektaklida Marti rolini oʻynaydi[6]. Bir muddatdan soʻng, u Nükte, Sırça Kumes, Inishmorelu Yüzbaşı spektakllarida bir xil sahnada turli obrazlarni gavdalantiradi. 2006-yilda Orxan Hakalmazning Shu Kishlanin Kapısına klipida[7], 2007-yilda esa Sezin Akbaşoʻgʻullari bilan Robert Bosch GmbHning Turkiya uchun reklama roligida rol oʻynagan. Soʻng, „Gülüm“, „Kolay Para“ kabi filmlarda ham ishtirok etgan.

Okan Yalabik „Ylan Hikayesi“ nomli jinoyat serialida qatnashgan. U Serserida suratga olingan kinoda ham sobiq sevgilisi Gamze Özçelik bilan rol ijro etdi. Aktyor Beren Saat,Cansel Elçin bilan mashhur „Hatirla Sevgili“ va „Bu Kalp Seni Unutur mu“ serialida rol oʻynagan[8][9]. 2010-yilda Yavuz Turgulning Av Mevsimi filmidagi Hasan obrazi uchun 4-Yeshilcham mukofotlarida „Eng yaxshi yordamchi erkak aktyor“ namenatsiyasiga sazovor boʻldi. Xuddi shu yili u Kadir Xas universitetining kino va dramaturgiya sohasida magistratura bosqichini tamomladi[10].

Ozan Yalabik 2011-yilda „Muhteşem Yüzyıl“ tarixiy serialida Pargali Ibrohim Posho rolini 82-qismgacha ijro etdi va u filmning keyingi qismlarida esa oʻz obrazi uchun ovoz beri[11][12].

2015-yilda Mehmet Ada Öztekin rejissyorligidagi atvning „Analar va Anneler“ serialida Sinem Kobal, Hazar Ergüçlü va Binnur Kaya bilan birga bosh rollarda ishtirok etgan. Ammo reytinglar pastligi sababli serial 9-qismdan soʻng tugatiladi[13].

2016-yilda Bolqon urushlari natijasida qolgan taʼsirlar haqida Ozan Açıktan tomonidan suratga olingan Annemin Yarasi nomli filmda rol oʻynadi[14]. Xuddi shu yili u Bulent Üstünning romani asosida sahnalashtirilgan Kötü Kedi Sherafettin animatsion filmida Adnan va Çizer rolini ijro etdi[15].

Shuningdek, u Turkiyada suratga olingan „39 qadam“ spektaklida rol ijro etib, teatrdagi faoliyatini davom ettirdi[16].

Aktyor Yalabik nay va gitara chalishni yaxshi koʻradi. Okan aktrisa Hande Soralga uylangan edi, ammo maʼlum muddatdan keyin ayrim sabablarga koʻra, ular ajrashishlariga toʻgʻri keldi.

Eng yaxshi yordamchi aktyorligi uchun Yeşilçam mukofoti (2011)

  1. „who's who : okan yalabik“. www.turkishculture.org.
  2. „okan yalabık - mimarca sanat“. mimarcasanat.com.
  3. „Bir kadın üç adam“.
  4. Nazan Özcan. „Oyuncuyu senaryo ikna eder“. Radikal (2010-yil 7-fevral). 2016-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  5. Kurhan, Ömer F.; Öztürk, Mutlu (December 2000). „Cengiz Deveci ile Söyleşi“. Mimesis. № 8. Qaraldi: 26 August 2018.
  6. „Türk tiyatrosunun yükselen yıldızları“. Hürriyet (2005-yil 24-dekabr). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  7. „Pargalı meğer klip yıldızıymış“. Mynet (2011-yil 10-iyun). 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  8. „Sadece dudaklarımız birbirine değdi“.
  9. „Sadece dudaklarımız birbirine değdi“.
  10. „Okan Yalabık: Seyircinin bu projeye kayıtsız kalmayacağına inanıyordum“. raninitv (2014-yil 6-noyabr). 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  11. „Yazarken de çekerken de ağladık“. Mynet (2013-yil 20-fevral). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  12. „Pargalı İbrahim, Muhteşem Yüzyıl'a Geri Döndü!“. Haberler.com (2013-yil 21-sentyabr). 2016-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  13. „Analar ve Anneler erken final yapıyor!“. medyaloji.net (2016-yil 11-dekabr). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  14. „İşte Annemin Yarası filmin fragmanı, konusu ve oyuncu kadrosu“. Milliyet (2016-yil 19-mart). 2016-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  15. „Okan Yalabık: Sanki oyun parkındaydık“. Habertürk (2016-yil 7-fevral). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  16. „39 Basamak: Ekibi topladılar!“. Radikal (2016-yil 11-fevral). 2016-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.