Kontent qismiga oʻtish

Olga Stefanishina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olga Vitaliyevna Stefanishina
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-oktyabr 1985-yil (1985-10-29) (38 yosh)
Odessa, Ukraina SSR, SSSR
Turmush oʻrtogʻi Mixail Vasilyevich Stefanishin (2017-yildan ajrashgan)
Bolalari Anastasiya va Daniil
Onasi Nadejda Fyodorovna Kraves
Taʼlim Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universiteti xalqaro munosabatlar instituti
Kasbi huquqshunos, siyosatchi
Dini pravoslaviye

Olga Vitaliyevna Stefanishina (ukraincha: Ольга Віталіївна Стефанішина; 1985-yil 29-oktyabr, Odessa, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik huquqshunos. 2020-yil 4-iyundan boshlab Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil 29-oktyabrda Odessada tugʻilgan[2]. 2006—2007-yillarda xususiy yuridik amaliyot bilan shugʻuallangan. 2007-yil oxirida Ukraina adliya vazirligining xodimi, 2007—2010-yillarda davlat departamentining qonun hujjatlarini moslashtirish boʻyicha Yevropa integratsiyasini huquqiy qoʻllab-quvvatlash departamentining moslashuv ishlarini tashkil etish va rejalashtirish boʻlimi xodimi, 2010-2015-yillarda Ukraina adliya vazirligining xalqaro huquq boʻlimi, Yevropa integratsiyasi departamenti direktor oʻrinbosari, direktori[3], 2017-yilning martidan dekabrigacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha hukumat boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan. 2017 yil dekabr oyida Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasini muvofiqlashtirish boʻyicha hukumat boshqarmasi bosh direktori lavozimiga tayinlanadi. 2019-yilda ishdan boʻshatilgandan soʻng, „Ilyashev i Partnyori“ yuridik firmasida maslahatchi boʻlib ishlagan[4]. 4-iyun kuni Vadim Pristayko oʻrniga bosh vazirning Yevropa integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida 25-raqam ostida „Ukrainaning Groysman strategiyasi“ partiyasidan Oliy Rada deputatligiga nomzodini qoʻygan, biroq gʻolib boʻla olmgan[5]. 2020-yil 4-iyun kuni Oliy Rada Olga Stefanishinani Ukraina bosh vazirining Yevropa integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlash uchun ovoz beradi. 2020-yil 17-avgustdan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi[6]. 5-darajali davlat xizmatchisi.

Stefanishinaning Oliy Radadagi chiqishi

Focus jurnali maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda „100 ta eng nufuzli ukrainalik“ reytingida 45-oʻrin[7] va „2021 yilda Ukrainaning 100 ta eng nufuzli ayoli“[8] reytingida 14-oʻrinni egallagan. 2021-yilda Legal gazetasi maʼlumotlariga koʻra TOP 10 ta muvaffaqiyatli yurist-siyosatchilar roʻyxatiga kiritilgan[9]. Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari sifatida hukumatda bir qator muvofiqlashtirilgan vazifalarni bajaradi. Ukrainaning Yevroatlantika integratsiyasini muvofiqlashtirish komissiyasi raisi[10]. Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar komissiyasi raisi[11][12]. Glazgodagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida (COP26) Ukraina delegatsiyasi rahbari[13]. Chegaralarni kompleks boshqarishni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi rahbari[14]. Yevropa yashil kelishuvi va Ukrainaning yashillikka oʻtishi boʻyicha oliy darajadagi muloqot ishchi guruhi hamraisi[15]. Muloqot 2021-yil fevral oyida Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal va Yevropa komissiyasining Yevropa yashil kelishuv boʻyicha ijrochi vitse-prezidenti Frans Timmermans tomonidan boshlangan.

Olga Stefanishina va Jens Stoltenberg (Bryussel, 2022-yil-10 yanvar)

Assotsiatsiya shartnomasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish komissiyasi raisining oʻrinbosari[16]. Yevropa komissiyasining Yevropa yashil kelishuv tashabbusi doirasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etishni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi raisining oʻrinbosari[17]. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi[18]. Milliy islohotlar kengashi aʼzosi[19]. „Sluga naroda“ partiyasining siyosiy kengashi aʼzosi[20]. Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari sifatida Ukraina hukumati va Slovakiya respublikasi hukumati oʻrtasidagi hamkorlik komissiyasi[21], Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Ukraina-Germaniya oliy darajadagi guruhini[22] boshqaradi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onasi Nadejda Fyodorovna Kraves (1952-yilda tugʻilgan). Sobiq eri Mixail Vasilyevich Stefanishin, advokat va amaldor. 2017-yilda ajrashishgan[23]. Sobiq eridan Anastasiya ismli qizi va Daniil ismli oʻgʻli bor[24]. Odessada uchta va Kiyevda bitta kvartirasi bor. Shuningdek, 2012-yilda sotib olingan 2009-yilda ishlab chiqarilgan Toyota RAV4 avtomobiliga ega. 2019-yilda ish haqi sifatida 800 ming grivna olgan[25]. 2008-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetini tamomlagan (mutaxassisligi xalqaro huquqshunos, ingliz tilidan tarjimon). 8 yildan soʻng Odessa milliy universitetini moliya va kredit boʻyicha mutaxassis sifatida tamomlaydi. Ingliz, ukrain va rus tillarida soʻzlashadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olga Stefanishina davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi, samarali diplomatik faoliyati va yuqori professionalligi uchun III darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni (2023-yil 21-dekabr)[26], Litva Buyuk Gersogi Gediminas ordeni (2023-yil 5-iyul, Litva)[27], Ukraina Vazirlar Mahkamasining faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Новий віце-прем'єр з євроінтеграції: хто така Ольга Стефанішина“ (uk). УНИАН. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  2. Павло Вуєць. „Нові люди в уряді. Досьє на віце-прем’єра та міністра культури“ (uk). glavcom.ua (2020-yil 4-iyun). 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  3. „Профиль на attorneys.ua“ (uk). «Ілляшев та Партнери». Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  4. „До команди «Ілляшев та Партнери» приєдналась радник Ольга Стефанішина“ (uk). «Ілляшев та Партнери» (2020-yil 28-yanvar). 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  5. „Відомості про кандидата в народні депутати України – Стефанішина Ольга Віталіївна“ (uk). ЦВК України. 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  6. „Стефанишина Ольга: фото, биография, досье“ (ru). LIGA. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  7. „Зеленский vs Ахметов. 100 самых влиятельных украинцев по версии журнала Фокус“ (ru). Фокус (2021-yil 13-dekabr). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  8. „100 самых влиятельных женщин Украины по версии журнала "Фокус" 2021“ (ru). Фокус (2021-yil 29-iyun). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  9. „ТОП-10 успішних юристів-політиків/держслужбовців/суддів“ (uk). Юридична Газета. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  10. „Питання складу Комісії з питань координації євроатлантичної інтеграції України“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  11. „Ольга Стефанішина очолила нову Комісію щодо забезпечення рівних прав для жінок та чоловіків“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  12. „Про утворення робочої групи для узгодження підходу щодо застосування до України механізму коригування вуглецю на кордоні для проведення консультацій з Європейською Комісією“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  13. „Розпорядження Президента України №569/2021-рп“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  14. „Про утворення міжвідомчої робочої групи з питань координації інтегрованого управління кордонами“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  15. „Відбулося друге засідання робочої групи Діалогу високого рівня щодо Європейського зеленого курсу і зеленого переходу України“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  16. „В Уряді створили Комісію для координації виконання Угоди про асоціацію“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  17. „Про утворення міжвідомчої робочої групи з питань координації подолання наслідків зміни клімату в рамках ініціативи Європейської Комісії “Європейський зелений курс”“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  18. „Склад Ради національної безпеки і оборони України“ (uk). РНБУ. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  19. „Про склад Національної ради реформ“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  20. „До політради партії «Слуга народу» ввійшли п'ятеро міністрів“ (uk). Укрінформ. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  21. „Перелік спільних міжурядових комісій з питань співробітництва, головою Української частини яких є Цушко Василь Петрович - Міністр економіки“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  22. „Поглиблення українсько-німецьких відносин є ключовим для євроінтеграції України, - Ольга Стефанішина“ (uk). Кабінет Міністрів України. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  23. „PEP: Профіль: Стефанішин Михайло Васильович, Тимчасово не працюю, Тимчасово не працюю“ (uk). PEP.org.ua. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  24. „Декларації: Стефанішин Михайло Васильович від НАЗК“ (uk). declarations.com.ua. 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  25. „Декларації: Стефанішина Ольга Віталіївна“ (uk). declarations.com.ua. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  26. Ukaz Prezidenta Ukraini ot 21 dekabrya 2023 goda „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Ukraini rabotnikov diplomaticheskoy slujbi“
  27. Dėl apdovanojimo Lietuvos valstybės ordinais ir medaliais