Olmosxon Otabekova
Olmosxon Otabekova | |
---|---|
Tavalludi |
1922-yil |
Vafoti |
1987-yil Jalolobod viloyati Bozorqo'rg'on tumani |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | paxtakor |
Mukofotlari |
Sotsialistik Mehnat Qahramoni Oktabr Inqilobi ordeni Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni |
Olmosxon (Oʻlmasxon) Otabekova (1922-yil, Turkiston ASSR Fargʻona viloyati — 1987-yil, Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon tumani) — sovet qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmosxon Otabekova 1922-yilda Turkiston ASSR Fargʻona viloyati (hozirgi Oʻsh viloyati) hududida tavallud topgan.
Komsomolchi Olmasxon Otabekova 1944-yil boshida Bozorqo‘rg‘on tuman komsomol qo‘mitasi kotibi bo‘lib faoliyat olib borgan. 1944—1953-yillarda paxtachilik brigadasi boʻlim boshligʻi, 1953-yilda Lenin tumanidagi „Frunze“ kolxoz xoʻjaligi rahbari etib tayinlanadi. Otabekova rahbarlik qiladigan kolxoz qishloq xoʻjaligining yetakchilaridan biriga aylanadi, ekin maydonlari ikki barobarga, chorva mollari 78 foizga, sut ishlab chiqarish 5 barobarga, mayin tolali jun ishlab chiqarish 2 barobarga oshadi. Paxta maydonlaridan jami 24,9 tonna paxta hosili olinadi.
Keyinchalik Otabekova qishloq xoʻjaligi yosh staxanovitlarining viloyat mitingida soʻzga chiqib, oʻz lavozimidan ozod qilinishini va yoshlarni dala mehnatiga jalb qilinishini soʻraydi. Shundan soʻng Otabekova „Qizil Oy“ kolxozi xizmatiga yoʻnaltirilib, unga reja boʻyicha har gektardan 9.5 sentnerdan paxta olish topshirigʻi yukatiladi, Otabekova esa yerning har gektaridan 43 sentnerdan paxta hosili olishga erishib, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.
Otabekova mehnat faoliyati davomida ikki marta SSSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qand lavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni keng qo‘llashda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Oʻlmasxon Otabekova Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Oktabr Inqilobi ordeni, Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordenlari, shuningdek, koʻplab boshqa medallar bilan taqdirlangan[1].
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda Otabekova xotirasiga bagʻishlangan Qirgʻiziston pochta markasi chiqariladi[2]. Shuningdek, Pomir togʻ choʻqqilaridan biri Otabekova nomi bilan ataladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Exo dalekoy voyni — UXODILI DYeVUShKI V ZABOY…[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka)
- Docheri zemli Kirgizskoy Arxivnaya kopiya ot 24 oktabrya 2018 na Wayback Machine
- History of KG Arxivnaya kopiya ot 18 maya 2012 na Wayback Machine (rus.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда колхозникам, колхозницам, работникам машиннотракторных станций и совхозов, партийным и советским работникам Киргизской ССР»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
- ↑ V Kirgizii vipuщena marka v chest znatnogo xlopkoroba Olmosxan Atabekovoy[sayt ishlamaydi]