Kontent qismiga oʻtish

Olyokma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olyokma
Tavsif
Uzunligi
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Olyokma

Olyokma (saxa.: Өлүөхүмэ) — Rossiya Federatsiyasining Chita va Amur viloyatlari hamda Saxa (Yakutiya)dagi dare. Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Olekmin-skiy Stanovik togʻlarining shimol yon bagʻirlaridan boshlanib, avval shimoli-sharq, soʻngra shimoli-gʻarbga oqib Olyok-minsk shahri yaqinida Lena daryosiga quyiladi. Uz. 1436 km, havzasining maydoni 210 ming km². Olyokma, asosan, yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1950 m³/sek. Daryo oktabr oʻrtalaridan may oʻrtalariga qadar muz bilan qoplanib yotadi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Tungir, Nyukja; chapda — Chara. Yenyuk st-yasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Tungir irmogʻi quyilgan joydan yogʻoch oqiziladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil