Oqboʻyra
Qiyofa
Oqboʻyra | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 148 |
Davlat | Qirgʻiziston |
Oqboʻyra |
Oqboʻyra — Fargʻona vodiysining janubi-sharqidagi daryo. Kichik Olay tizmasining suvayirgʻich qismidan boshlanadi. Uzunligi 70 km. Havzasining maydoni 2676 km². Oʻsh shahridan shimolida tarmoklarga ajraladi. Tekislikka chiqquncha 60 km masofada chuqur darada oqadi. Qor va muz suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 21,1 m³/sek., oqim moduli 7,9 l/sek, km². Iyun — iyul oylarida yillik suvining 16,6—17,7% oqib oʻtadi. O.dan Oʻsh viloyati tumanlari va Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani yerlari sugʻoriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |