Kontent qismiga oʻtish

Oscar Isaac

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oscar Isaac

Isaac 2022-yilda
Tavalludi
Óscar Isaac Hernández Estrada

9-mart 1979-yil (1979-03-09) (45 yosh)
Fuqaroligi
  • Guatemala
  • United States (2006-yildan beri)
Taʼlimi
Kasbi
  • Actor
  • producer
Faoliyat yillari 1998-dan beri
Turmush oʻrtogʻi Elvira Lind
Bolalari 2

Óscar Isaac Hernández Estrada — Amerikalik aktyor boʻlib, 1979-yil 9-martda dunyoga kelgan. U oʻzining koʻp qirraliligi bilan tanilgan boʻlib, Gollivudda lotin amerikalik aktyorlar haqidagi stereotiplarni oʻzgartirganligi bilan eʼtirof etilgan. 2017-yilda Vanity Fair uni oʻz davrining eng yaxshi aktyori deb atagan. 2020-yilda The New York Times tomonidan 21-asrning 25 nafar eng yaxshi aktyorlardan biri sifatida qayd etilgan. U Oltin globus mukofotiga sazovor boʻlgan hamda Primetime Emmy mukofotiga daʼvogarlik qilgan. 2016-yilda u Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Guatemalada tugʻilgan Isaac chaqaloqligidayoq oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan. Oʻsmirlik paytida u punk guruhiga aʼzo boʻlgan. Teatr spektakllarida rol ijro etgan hamda kichik rol bilan filmda debyut qilgan. Juilliard maktabida taqsil olgan Isaac 2000-yillarning aksariyat qismida filmlarda yordamchi rollarni ijro etadigan aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Uning ilk asosiy roli bibliyaga asoslangan The Nativity Story (2006) filmidagi Joseph obrazi boʻlgan. 2009-yilda chiqarilgan Balibo filmida yordamchi rolni ijro etgani uchun AACTA Award for Best Actor in Supporting Role sovrinini qoʻlga kiritgan. Robin Hood (2010) hamda Driver (2011) filmlarida yormchi aktyor rollarini ijro etib tanilganidan soʻng u 2013-yilgi Inside Llewyn Davis filmida bosh rolni ijro etgan. Ushbu roli uchun Oltin Globus sovriniga davogarlik ham qilgan. Isaac Most Violent Year (2014), Ex Machina (2015) hamda X-Men Apocalypse filmlaridagi rollari bilan yanada oʻsishga erishgan. Undan tashqari u Yulduzlar jangi franshizasida (2015-2019-yillarda) Poe Dameron rolini ijro etgani bilan butun dunyoga tanilgan. Isaac Operation Finale (2018) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan hamda ushbu filmga prodyuserlik qilgan. Isaac ilmiy fantastik janrdagi Annihilation (2018) hamda Dune (2021), drama janridagi The Card Counter (2021) filmlarida ham rol ijro etgan. Undan tashqari Marvel kino olami ishlab chiqargan Spider-Man: Across the Spider-Verse animatsion filmida bosh qahramonlardan biriga ovoz bergan.

Isaac 3 ta miniseriallarda ham rol ijro etgan. Ulardan birinchisi Show Me a Hero seriali boʻlib, Isaac ushbu serialda Nick Wasicsko rolini gavdalantirgan. Keyinchalik Isaac ushbu roli uchun Oltin Globus sovrinini qoʻlga kiritgan. Undan tashqari Scenes from a Marriage (2021) serialida hamda Marvel kino olami tomonidan ishlab chiqarilgan Moon Knight (2022) serialida ham bosh rollarni ijro etgan. Undan tashqari Isaac Romeo and Juliet (2007), Hamlet (2017), The Sign in Sidney Brustein's Window (2023) teatrlarida ham bosh rollarni ijro etgan.

Hayotining ilk davrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Óscar Isaac Hernández Estrada 1979-yil 9-martda Guatemala shahrida dunyoga kelgan. Onasi Mariya Eugenia Estrada Nikolle Guatemalalik, otasi Óskar Gonzalo Ernandes-Kan esa asli Kubalik boʻlib, oʻpka shifokori sifatida faoliyat olib borgan[1][2]. Uning iqlimshunos opasi Nicole hamda jurnalist ukasi Mike bor[3][4]. Isaacning oilasi u besh oylik payti AQShga koʻchib kelishgan. Ular tez tez mamlakat boʻylab yashash joylarini oʻzgartirib turishgan. Yillar davomida ular Baltimoreda, New Orleansda hamda Miamida hayot kechirib keyinchalik Miamida butunlay yashab qolishgan[5]. Isaac 2006-yilda AQSh fuqaroligini qoʻlga kiritgan[6]. Isaacda bobosi tomondan Fransuz qoni ham bor[7]. Isaac ispan hamda ingliz tillarida soʻzlashadi[8].

Isaac janubiy Floridadagi Westminister Christian Schoolda taqsil olgan[9]. Yoshligidan musiqa hamda filmlar yaratishga qiziqqan Isaac Miamida yashashda turli qiyinchiliklarga duch kelgan. Uning fikricha Miami konservativ tabiati sabab sanʼat uchun moʻljallangan joʻy boʻlmagan. Toʻrt yoshida Isaac hamda opasi uy hovlisida turli spektakllar uyushtirishgan[10][11]. Tahminan oʻn yoshlarida Isaac Qasoskor deb nomlangan uy filmini yaratgan. Filmda u ikki xil rolni ijro etgan. Isaac maktabda ham spektakllarda ishtirok etgan[12]. Isaac oʻzining ilk pyesasini beshinchi sinf payti yozgan[13]. Isaac tomoshabinlar qarshisida rol ijro etishdan zavqlana boshlagan. Bu esa unga ota onasi ajrashayotgan vaqtlarda hamda onasi kasal boʻlgan vaqtlarda stressdan chalgʻishga yordam bergan[14].

A picture of a building in New York City, taken from across the street
Isaac New York shahridagi Juilliard Schoolda aktyorlik sohasida taqsil olgan.

Dindor oilada katta boʻlganiga qaramay Isaac shoʻx bola boʻlgan hamda maktabda koʻplab muammolar keltirib chiqargan[15]. U 2015-yilda bergan intervyusida shunday deydi: „Men sport zalda oʻt oʻchirgichni ishlatib yubordim, devorga tushirilgan suratni rasvosini chiqardim. Shunchaki ahmoqona ishlar bilan shugʻullandim“[16]. Bir kuni Isaacning ustozi uning stolini karton qogʻoz bilan qolganlardan ajratib qoʻygan. Oxir-oqibat Isaac maktabdan haydalgan[17]. 1992-yilda Andrew toʻfoni uning Miamidagi uyini vayron qilgan[10]. Bu vaqtlarda uning ota onasi ajrashishgan hamda Isaac onasi bilan Palm Beachga koʻchib ketgan. U yerda Isaac davlat maktabiga borgan. Isaac yangi maktabini yoqtirib qolgan hamda trailer parkda tanishgan yigitlar bilan kichik guruh tashkil qilgan[18]. U gitara chalishni oʻrganib Quentin Tarantinodan ilhomlanib filmlar yaratishda davom etgan[19][20].

14 yoshida Isaac hamda uning jamoadoshlari talant shousida Nirvana guruhining „Rape Me“ taronasini ijro etishgan, ammo gʻolib boʻla olishmagan.[21] Isaac Santaluces Community High Schoolda taqsil olib, 1998-yilda u yerni tamomlagan[22]. Isaac The Blinking Underdogs nomli ska-punk guruhiga qoʻshilib, ushbu guruh bilan bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan[23][10]. Bu vaqtda u kasting direktori bilan ikki kunlik mahorat darslarida qatnashib Illtown (1998) filmi uchun kichik bir rolni qoʻlga kiritgan[24][10]. Miami sohillarida Area Stage Companyning badiiy direktori John Rodaz bilan tasodifiy uchrashuvi sabab teatrda bir necha rollarni qoʻlga kiritgan. Keyinroq Isaac Joseph Adlerning 2000-yillarda GableStageda sahnalashtirgan This is Our Youth hamda Side Man asarlarida ishtirok etgan[25]. „Latino Gangster“ rollari berilmasligi uchun u kasting jarayonlarida oʻzini Isaac deb tanishtirgan. Oʻzini moliyaviy jihatdan taʼminlash uchun Isaac otasi ishlagan kasalxonada yordamchi sifatida ishlagan[26].

Oʻz kasbini tanlashda ikkilangan Isaac biroz muddat Dengiz piyodasi safiga qoʻshilishni istagan. Dastlab bunga otasi qarshilik qilgan, ammo Isaac uni koʻndirgan. Imtihondan oʻtganidan soʻng Isaac u yerda zahirada fotograf boʻlish istagi borligini aytgan. Biroq, dengiz piyodasi bu taklifni rad etgan[27]. Soʻngra Isaac Miamida Dade Collegeda sahna sanʼati boʻyicha taqsil olib, spektakllarda qatnashishda davom etgan[28]. New Yorkka safari davomida Isaac When itʼs Coctail Time in Cuba spektaklida yosh Fidel Castro rolini gavdalantirib, Juilliard Schoolga oʻqishga qabul qilingan[29]. U yerda oʻqiyotgan payti Macbeth spektaklida rol ijro etgan hamda All About the Benjamins filmida rol oʻynagan[30]. Isaac Juilliard Schoolni 2005-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlagan[31][32][33].

  1. Alonso, Por Begoña. „¿Quién es Oscar Isaac, protagonista de 'Caballero Luna' (Disney+) y el actor más buscado del momento?“ (es-ES). Elle (2022-yil 1-aprel). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  2. Crelin 2016, ss. 47–48.
  3. Lee, Ray (September 16, 2021). 《沙丘》奧斯卡伊薩克將成為下一位漫威英雄?10點重新認識「雷托公爵」奧斯卡伊薩克 [Dune Oscar Isaac to be the next Marvel hero? 10 Facts About 'Duke Leto' Oscar Isaac]. Harper's Bazaar (Chinese (Taiwan)). May 25, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 25, 2022.
  4. Breznican, Anthony (December 15, 2015). „Poe Dameron meets Bro Dameron: Oscar Isaac vs. his journalist brother Mike Hernandez“. Entertainment Weekly. June 16, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 16, 2020.
  5. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  6. Martin, Brett. „Oscar Isaac Talks Star Wars: The Force Awakens. GQ (2015-yil 15-dekabr). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  7. „Oscar Isaac (Inside Llewyn Davis)“. Golden Globe Awards (2013-yil 23-may). 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  8. Oscar Isaac on Being Bilingual. Sirius XM.
  9. Schneller, Johanna. „An actor's classroom punishment that led to Llewyn Davis. The Globe and Mail (2013-yil 27-dekabr). 2022-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Crelin 2016, s. 48.
  11. „He loves playing devil's advocate – and every other role“. The Miami Herald (2001-yil 4-fevral), s. 714. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may. (subscription required)
  12. Mengiste, Maaza. „The Dream of Oscar Isaac“. Esquire (2022-yil 30-mart). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  13. Oscar Isaac on Being Bilingual. Late Night with Seth Meyers. 0:20.
  14. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  15. Shoard, Catherine „Oscar Isaac: 'The irony is not lost on me. Being celebrated for playing someone who wasn't'“. The Guardian (2013-yil 23-may). 2015-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  16. Bhattacharji, Alex (April 2015). „The Evolution of Oscar Isaac“. Details. January 10, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 22, 2022.
  17. Schneller, Johanna. „An actor's classroom punishment that led to Llewyn Davis. The Globe and Mail (2013-yil 27-dekabr). 2022-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  18. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  19. Bhattacharji, Alex (April 2015). „The Evolution of Oscar Isaac“. Details. January 10, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 22, 2022.
  20. McNulty, Bernadette „Oscar Isaac interview for Inside Llewyn Davis: 'I had no interest in going off the rails'“. The Daily Telegraph (2014-yil 6-yanvar). 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  21. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  22. Hernandez, Mike. „Before Star Wars: The Force Awakens, Actor Oscar Isaac Was Just a Miami Kid“. Miami New Times (2015-yil 15-dekabr). 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  23. King 2014, s. 104.
  24. Bishop 2015, s. 211.
  25. Rodriguez, Rene. „Miami's Oscar Isaac soars to new heights in Star Wars: Episode VII – The Force Awakens. The Miami Herald (2015-yil 11-dekabr). 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may. (subscription required)
  26. McNulty, Bernadette „Oscar Isaac interview for Inside Llewyn Davis: 'I had no interest in going off the rails'“. The Daily Telegraph (2014-yil 6-yanvar). 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  27. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  28. Hernandez, Mike. „Before Star Wars: The Force Awakens, Actor Oscar Isaac Was Just a Miami Kid“. Miami New Times (2015-yil 15-dekabr). 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  29. Collinge, Miranda. „Oscar Isaac: High Flyer“. Esquire (2017-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  30. King 2014, ss. 104–105.
  31. „Oscar Isaac News & Biography“. Empire. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  32. „Juilliard: Drama Division: Acting Programs“. Juilliard School. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  33. Fuschetti, Jennifer „Q & A With Oscar Isaac“. Juilliard School (2007-yil 3-sentyabr). 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.