Kontent qismiga oʻtish

X-Men: Apocalypse

Vikipediya, erkin ensiklopediya
X-Men: Apocalypse

Film posteri
Rejissyor(lar) Bryan Singer
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Simon Kinberg
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) John Ottman
Kinematografiya Newton Thomas Sigel
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 144 daqiqa[1]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh[2][3]
Til inglizcha
Byudjeti $178 million[4]
Daromadi $543,9 million[4]
Keyingi film „X-Men: Dark Phoenix“

X-Men: Apocalypse“ (tarjimasi „X-odamlar: Apokalipsis“; ayrim oʻzbekcha manbalarda „Gʻaroyib odamlar: Hal qiluvchi on“ oʻlaroq ham maʼlum) — 2016-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „X-Men“ kinofranshizasidagi toʻqqizinchi film; „X-Men: Days of Future Past“ (2014) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli jamoaga asoslangan. 20th Century Fox, Marvel Entertainment, Bad Hat Harry Productions, Kinberg Genre, The Donners' Company, Dune Entertainment, TSG Entertainment studiyalari tomonidan ishlangan, 20th Century Fox tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Bryan Singer rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Simon Kinberg yozgan. Bosh rollarni James McAvoy, Michael Fassbender, Jennifer Lawrence, Oscar Isaac, Nicholas Hoult, Rose Byrne, Tye Sheridan, Sophie Turner, Olivia Munn va Lucas Till ijro etgan.

„X-Men: Apocalypse“ning jahon premyerasi 2016-yilning 9-mayida London shahrida boʻlib oʻtgan. Film kinotanqidchilar tomonidan aralash baholangan.

Eramizdan avvalgi 3600-yilda qudratli mutant En Sabah Nur qadimgi Misrni idora etadi. Uning idrokini boshqa bir odamning tanasiga oʻtkazish marosimi chogʻida u va uning toʻrt tarafdori pistirmaga uchrashadi. Natijada En Sabah Nurning tarafdorlari oʻldirilib, oʻzi esa umrbodga daxma ichida qolib ketadi.

1983-yili Alex Summers (talaffuzi: Aleks Sammers) ukasi Scott (talaffuzi: Skott) ni qobiliyatini boshqarishni oʻrganib olishiga umid qilib professor Charles Xavier (talaffuzi: Charlz Ksaviye) maktabiga olib boradi. Maktabda Scott telepat va telekinez Jean Grey (talaffuzi: Jin Grey) bilan uchrashadi. Ikkalasi ham bir-birini yoqtirib qolishadi.

Ming yillar davomida daxmada yotgan En Sabah Nur bir guruh sigʻinuvchilari tomonidan uygʻotiladi. Soʻngra, En Sabah Nur misrlik yosh mutant qiz Ororo Munroe (talaffuzi: Ororo Monro) bilan tanishadi hamda insoniyat haqida oʻrganadi. Insoniyat yoʻlini yoʻqotgan degan qarorga kelgan En Sabah Nur dunyoni qayta yaratishni reja qiladi. En Sabah Nur Munroening qudratini oshiradi va rejalashtirgan ishi uchun jamoa yigʻishni boshlaydi.

Sharqiy Berlinda Raven (talaffuzi: Reyven) teleportatsiya qilish qobiliyatiga sohib boʻlgan Kurt Wagner (talaffuzi: Kurt Vagner) ni mutantlar oʻrtasida janglar uyushtirish orqali koʻngil ochish uchun moslangan muassasadan ozod etadi. Soʻngra, Kurt Ravenni iltimosiga binoan Amerikaga teleportatsiya qiladi. Bu orada En Sabah Nur ikki mutant — Psylocke (talaffuzi: Psaylok) va Angelning qudratlarini oshirtirib, ikkisini ham jamoasiga qoʻshib oladi.

Kommunistik Polshada Erik Lehnsherr (talaffuzi: Erik Lensherr) xotini va qizi bilan baxtli hayot kechiradi. Erik zavodda ishlayotgan paytida zilzila boʻlganida qobiliyatidan foydalanib zavod ishchilaridan birining hayotini saqlab qoladi. Zavoddagi boshqa ishchilar bu haqida militsiyaga xabar berishadi. Bir guruh militsiya xodimlari uning qizini oʻrmonda garovga olishib, Erikni qoʻlga olishga urinishadi. Erik qizini qoʻyib yuborishlari evaziga ular bilan qamoqqa ketishga rozilik bildirar ekan, qiz otasini olib ketishayotganidan gʻazablanib mutant qobiliyatlarini (ongi bilan oʻrmondagi yovvoyi hayvonlarni chaqiradi) namoyon qila boshlaydi. Bu paytda militsiya xodimlaridan biri tasodifan Erikning xotini va qizini oʻldirib qoʻyadi. Gʻazab otiga mingan Erik militsiya xodimlarining hammasini oʻldiradi.

En Sabah Nur Erikni Auschwitz lageriga olib boradi va unga qudratining asl sathini koʻrsatadi. Erik lagerni buzib tashlaydi va En Sabah Nur boshchiligidagi jamoaga qoʻshiladi. Xavier Erik bilan ongi orqali aloqaga chiqqanda, En Sabah Nur masofadan turib Xavier mutantlar joylashuvini aniqlashda ishlatadigan moslama — Cerebrodan foydalanishga erishadi. En Sabah Nur Xavier orqali tegishli odamlarni butun Yer sayyorasidagi yadroviy arsenallarni fazoga uchirib yuborishga majburlaydi. En Sabah Nur va unga qoʻshilgan toʻrt mutant Xavier maktabiga kelib, uni oʻgʻirlab ketadi. Ularni toʻxtatishga uringan Alex tasodifan portlashni keltirib chiqaradi va butun maktab binosi vayron boʻlishiga sababchi boʻladi. Bu paytda Peter Maximoff (talaffuzi: Piter Maksimoff) yetib kelib, maktab binosi ichida boʻlgan hammani (Alexdan boʻlak; u portlashda halok boʻladi) super tez harakatlanish qobiliyati yordamida bino tashqarishiga olib chiqishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik, polkovnik William Stryker (talaffuzi: Uilyam Strayker) va unga boʻysinuvchi bir guruh askarlar portlash sodir boʻlgan joyga yetib kelishib, Hank, Raven, Peter va Moirani qoʻlga olishadi va soʻroq qilish uchun qarorgohlariga olib ketadi. Scott, Jean va Kurt yashirincha ularning ortidan borishib, Strykerning tajribasi — Weapon X yordamida doʻstlarini xalos etishadi.

Erik qudratidan Yer magnit maydonini oʻzgartirishda foydalanib, sayyora boʻylab koʻplab vayronagarchiliklarni keltirib chiqaradi. En Sabah Nur Xavierning psixik qudratiga sohib boʻlish maqsadida ongnini uning tanasiga oʻtkazishni rejalashtiradi. Xavier telepatik qobiliyati yordamida Jean va boshqalarga falokat chaqiruvini yuboradi. Buning ortidan Jean va boshqa bir guruh mutantlar En Sabah Nur va uning mutantlariga qarshi turish uchun Qohiraga yetib kelishadi. Ular Xavierni qutqarib, uchoqda uchib ketishadi. Angel va Psylocke uchoqqa hujum uyushtirganida, Kurt uchoq ichidagi mutantlarni uzoqroq va xavfsizroq joyqa teleportatsiya qiladi. Uchoq halokatida Angel halok boʻladi.

Erik va Ororo En Sabah Nurga qarshi kurashayotgan jamoaga oʻtishadi. Xavier Jeanni oʻzi oʻylaganidan koʻproq narsalarga qodirligiga ishontiradi. Soʻngra, Jean En Sabah Nurni yondirib kul qiladi. Psylocke qochib ketadi. Xavier Moira bilan qaytadan munosabatlarni boshlaydi. Erik va Jean maktabni qaytadan barpo etishadi. Xavier Erikdan maktabda qolib, oʻquvchilarga saboq berishda yordam berishini soʻraganda, Erik uning taklifini rad etadi. Peter Erikka uning oʻgʻli ekanligi haqida aytmaslikka qaror qiladi. Scott, Jean, Ororo, Kurt va Peter „X-odamlar“ („X-Men“) jamoasiga qabul qilinadi[5].

Titrdan keyingi sahnada qora kostyum kiygan bir guruh odam Strykerning bazasidan Weapon Xga tegishli qon namunasini oladi.

James McAvoy
(Charles Xavier / Profesor X)
Michael Fassbender
(Eric Lensherr / Magneto)
Jennifer Lawrence
(Raven Darkholme / Mystique)
Oscar Isaac
(En Sabah Nur / Apokalipsis)
Nicholas Hoult
(Henry „Hank” McCoy / Beast)
Rose Byrne
(Moira MacTaggert)
Tye Sheridan
(Scott Summers / Cyclops)
Sophie Turner
(Jean Grey)
Olivia Munn
(Psylocke)
Lucas Till
(Alex Summers / Havok)
  1. X-Men: Apocalypse. British Board of Film Classification (9-may 2016-yil). Qaraldi: 9-may 2016-yil.
  2. X-Men: Apocalypse. Lumiere. Qaraldi: 26-aprel 2019-yil.
  3. X-Men: Apocalypse (2016)“. British Film Institute. Qaraldi: 26-aprel 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 X-Men: Apocalypse (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 16-noyabr 2016-yil.
  5. Andrew Dyce. „X-Men: Apocalypse Easter Eggs & Secret Details“. ScreenRant (28-may 2016-yil). Qaraldi: 7-mart 2017-yil.
  6. „James McAvoy goes bald for Professor X“ (9-may 2015-yil). Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.
  7. Stack, Tim (16-iyul 2015-yil). „First look at the new generation in EW“. Entertainment Weekly. X-Men: Apocalypse. Qaraldi: 3-sentabr 2015-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. „Montreal real estate agent gets big break in X-Men: Apocalypse. CTV Montreal (18-iyun 2016-yil). 2016-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2016-yil.
  9. „Over 75 things to know about the sequel“ (inglizcha). Collider (21-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2016-yil.
  10. Franich, Darren (30-yanvar 2015-yil). „Rose Byrne returning as Moira MacTaggert — Exclusive“. Entertainment Weekly. X-Men: Apocalypse. Qaraldi: 31-yanvar 2015-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  11. Shirey, Paul „Meet the X-Men: Apocalypse cast: Storm, Magneto, Cyclops, Psylocke, & more!“. JoBlo.com (21-yanvar 2016-yil). — „Describing the relationship between Quicksilver and Magneto, Peters stated, "I have learned that he's my father at this point and I am trying to ... I don't know what I can say. I'm trying to ... Yeah. It's like an adoptive child or any kind of child who has a strange father trying to ... He knows who he is now so he is trying to find him. He's been searching for him. It's been 10 years and he hasn't found him and then something happens."“. 22-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2016-yil.
  12. Sharf, Zack „Tye Sheridan on getting locked up in Stanford Prison Experiment and joining the X-Men“. IndieWire (24-iyul 2015-yil). Qaraldi: 30-avgust 2015-yil.
  13. Nicholson, Max „Game of Thrones' Sophie Turner says she was cast as Jean Grey in X-Men thanks to "Dark Sansa"“ (10-fevral 2015-yil). Qaraldi: 2-avgust 2015-yil.
  14. X-Men: Apocalypse cast photo: Sophie Turner prepares for Jean Grey role by imitating Jennifer Lawrence character Katniss Everdeen“. Design & Trend (17-iyun 2015-yil). 18-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2015-yil.
  15. Stack, Tim (17-iyul 2015-yil). X-Men: Apocalypse star Olivia Munn on Psylocke's latex costume“. Entertainment Weekly. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  16. X-Men: Apocalypse star Olivia Munn shows off sword skills“. ComingSoon.net (28-iyun 2015-yil). Qaraldi: 29-iyun 2015-yil.
  17. „Meet the new mutants“. Entertainment Weekly's EW.com.
  18. „Storm, Jean Grey, Nightcrawler, Armor, and Cyclops in new X-Men: Apocalypse stills“. Nerd Reactor (17-iyul 2015-yil). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  19. Singh, Sonalee „First look at Apocalypse and Psylocke's costume; Storm seen with a mohawk“. International Business Times (17-iyul 2015-yil).
  20. Martin, Michael X-Men: Apocalypse hi-res images released“. IGN Africa (23-iyul 2015-yil).
  21. X-Men double shot: Angel takes flight and Lucas Till talks Wolverine and Vulcan“. Screen Gonzo (1-iyun 2015-yil). 26-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2022-yil.
  22. „Lana Condor's armor in X-Men: Apocalypse: New powers, old costume“. The Mary Sue. Qaraldi: 22-yanvar 2016-yil.[sayt ishlamaydi]