Osiyo laylagi
Osiyo laylagi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Laylakdoshlar |
Oila: | Laylaklar |
Urugʻ: | Egar tumshugʻli laylak |
Turlari: | Osiyo laylagi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ephippiorhynchus asiaticus (Latham, 1790) | |
Areal | |
Osiyo laylagi[1] (lotincha: Ephippiorhynchus asiaticus) — laylakdoshlar turkumiga mansub suvga yaqin qush, egar tumshugʻli (Ephippiorhynchus) urugʻidagi ikki turdagi laylaklardan biri.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo laylagi tanasining uzunligi 130-150 santimetrga, qanotlari 230 santimetrga yetadi. Uning boshi, boʻyni va qanot patlari qora, qolgan patlari oq. Tumshugʻi ham qora, uzun oyoqlari yorqin qizil rangda. Qushlarning jinsini koʻz rangi bilan ajratish mumkin: urgʻochilarda ular sariq, erkaklarda jigarrang boʻladi. Joʻjalardagi patlar ochiq jigarrang, oyoqlarida esa toʻq jigarrang. Osiyo laylagi uchish paytida uzun boʻynini oldinga choʻzadi.
Osiyo laylagi ikkita kichik turga ega:
- Ephippiorhynchus asiaticus asiaticus
- Ephippiorhynchus asiaticus australis
Areal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo laylagi janubiy va janubi-sharqiy Osiyoda uchraydigan yagona laylak turi. Hindistonning janubidan Vetnamgacha tarqalgan. Uning yashash joyining janubiy chegarasi shimoliy Avstraliyadir.
Odatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo laylagi Osiyo va Avstraliyaning tropik hududlaridagi botqoqlarda va suv havzalari qirgʻoqlarida uya qurib, tuxum qoʻyadi va bu davrda ular kichik guruhlarda yashaydi. Urgʻochi laylak aylana diametri 2 metr boʻlgan uyada 3 tadan 5 tagacha tuxum qoʻyadi. Ota-ona laylaklarning ikkalasi ham tuxumni bosib yotadi va va joʻjalar chiqadi. Bu qushlar baliq, qurbaqa, yirik hasharotlar, kamdan-kam hollarda esa mayda kemiruvchilar, qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Bu tur Avstraliyada yoʻqolib ketish xavfi ostida hisoblanadi (birinchi navbatda, suv muhitining ifloslanishi va odamlarning ular yashaydigan hududlarga kirib kelishi tufayli).
Fotosurat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 27. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.