Ozarbayjon — Pokiston munosabatlari
Ozarbayjon |
Pokiston |
Diplomatik vakolatxona | |
Islomobod Diplomat shaxarchasi II 1 D va 1 E | Boku Otaturk ko'chasi 30 |
Elchixona | |
Ozarbayjonning Pokistondagi elchisi Xazar Farxadov | Pokistonning Ozarbayjondagi elchisi Bilal Xayi |
Ozarbayjon — Pokiston munosabatlari. Ozarbayjon va Pokiston oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar hisoblanadi. Har ikki davlat Islom hamkorlik tashkilotining doimiy aʼzolari sanaladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr boshlarida Pokistonda (oʻsha paytda Britaniya Hindistoni) 100 mingdan ortiq odam halokatli kasallikdan vafot etgan. Ozarbayjonlik millioner va xayriyachi Hoji Zeynalabdin Tagiyev o‘z hisobidan Pokistonga 300 mingdan ortiq vabo emlash ampulasini sotib olib yuboradi. Aynan shu omil Pokistondagi vabo ustidan g‘alaba qozonishda katta rol o‘ynadi. 20 yil davomida Pokistonda ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelardi. Faqat 1947-yilda, Pokiston mustaqillikka erishgandan soʻng, bu fakt darslikga kiritilgan. O‘shandan beri Pokiston xalqi Ozarbayjonni qardosh davlat sifatida tan olib kelmoqda[1].
Diplomatik munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon va Pokiston munosabatlari muhim savdoviy hamkorlik, diniy bagʻrikenglik, siyosiy jihatdan juda yaxshi rivojlangan munosabatlardan sanaladi. Ozarbayjon va Pokiston ushbu ikkila davlat Osiyo qitʼasida joylashgan boʻlib, davlatlar savdo, mintaqaviy xavfsizlik borasida bir birini qoʻllab quvvatlovchi davlatlar hisoblanadi. Pokiston davlati mustaqilligidan oldin Ozarbayjon davlati haqida maktab darsliklari ilmiy maʼlumotlar keltirilmagan edi. Jahondagi muhim siyosiy-iqtisodiy oʻzgarishlar oqibatida aloqalar hozirda juda yaxshi tarafda chuqirlashgan hisoblanadi.
Pokiston Qorabogʻ mojarosida Ozarbayjonning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, Ozarbayjon esa Kashmirga egalik masalasida Pokistonni qoʻllab-quvvatlaydi. Pokiston dunyodagi Armanistonni tan olmaydigan yagona davlat hisoblanadi[2].
1993-yil aprel oyida Pokiston boshchiligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi[3]. Yig‘ilishda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga oid 822-sonli rezolyutsiya[4] bir ovozdan qabul qilindi.
Pokiston va Ozarbayjon muhim global va mintaqaviy muammolar boʻyicha umumiy qarashlari bilan ajralib turadigan yaxshi munosabatlar va mustahkam sherikchilik asosida oʻzaro aloqalarni rivojlantirib kelayotgan davlatlar sanaladi. Har ikki davlat oʻzlarining diplomatik munosabatlarini „doʻstlik va qardoshlik“ sifatida tavsiflaydi[5]. .
Pokiston 1991-yil 12-dekabrda Ozarbayjonni[6] birinchilardan boʻlib tan olgan. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 1992-yil 9-iyunda oʻrnatilgan[4].
Pokistonning Ozarbayjondagi elchixonasi 1993-yil 12-martda ochilgan. Ozarbayjonning Pokistondagi elchixonasi esa 1997-yil 24-avgustda ochilgan.
Ozarbayjon parlamentida Pokiston bilan aloqalar boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Rahbar Gʻanira Pashayeva hisoblanadi.
Pokiston parlamentida Ozarbayjon bilan aloqalar boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruh faoliyat yuritmoqda . Guruh rahbari Muhammad Talha Maxmud sanaladi. .
Mamlakatlar o‘rtasida 36 ta muhim shartnomalar imzolangan.
Tomonlarning uchrashuvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston Prezidenti Sardor Faruk Ahmadxon Legarining Ozarbayjonga rasmiy tashrifi 1995-yilning kuzida boʻlib oʻtdi. 1996-yil aprel oyida Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev javob tashrifi bilan Pokistonga keldi. Haydar Aliyev Pokiston Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto bilan uchrashdi.
Haydar Aliyevning Pokiston prezidenti Parviz Musharraf bilan uchrashuvi 2000-yilning yozida Eron Islom Respublikasi poytaxti — Tehron shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) sammitida boʻlib oʻtgan[7].
Tomonlar oʻrtasida mudofaa va harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim 2002-yilda imzolangan. Istanbulda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Prezident Haydar Aliyevning Parviz Musharraf bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi[8].
2003-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Bosh vaziri Ilhom Aliyev Pokiston Respublikasi Prezidenti Parviz Musharraf bilan uchrashdi va ikkala davlat oʻrtasida muhim shartnomalar imzolandi.
2004-yilning yozida Parviz Musharraf Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan keldi[9]. Uch kun davomida diplomatik munosabatlarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish boʻyicha shartnomalar imzolandi; terrorizmga qarshi kurash boʻyicha; turizmni rivojlantirish boʻyicha; bojxona ishi koʻrib chiqildi. Davlat rahbarlari Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
2005-yilning bahorida Prezident Ilhom Aliyev Pokistonga tashrif buyurdi. Ikki kunlik tashrif davomida tomonlar hamkorlik salohiyatini muhokama qildilar. Axborot, transport, aviatsiya, madaniy aloqalar, moliya va taʼlim sohalarida 6 ta shartnoma imzolandi.
2006-yil may oyida Bokuda Pokiston Bosh vaziri Shovket Aziz ishtirok etgan IX EKO sammiti boʻlib oʻtdi.
2008-yilda esa Pokiston parlamenti raisi Muhammadmian Sumro boshchiligidagi delegatsiya va Mushahid Husayn Saidiy raisligidagi Pokiston Islom Respublikasi Senatining xalqaro aloqalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi delegatsiyasi, Bokuga tashrif buyurdi.
2017-yilning 1-mart kuni Pokiston poytaxti — Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XIII sammiti bo‘lib o‘tdi[10]. Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon tomonidan Pokiston harbiy-sanoat kompleksi mahsulotlarini import qilish bo‘yicha kelishuv tuzish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi.
2021-yil 27-iyulda Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Boku deklaratsiyasini imzoladilar[11][12][13].
Iqtisodiy munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Savdo, qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoʻshma guruhlar mavjud. Savdo-iqtisodiyot sohasida hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma mavjud.
2005-yilda Bokuda Pokiston Milliy bankining filiali ochildi[14].
2017-yil oxiridan buyon PIR Ozarbayjon bilan Shimol-Janub transport koridorini loyihaga ulash zarurati haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu yoʻlak Ozarbayjon, Eron va Rossiya Federatsiyasi temir yoʻl transportida boʻgʻin boʻlishi mumkin[15].
2017-yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 7,34 million AQSh dollarga yetdi (2016-yilning shu davriga nisbatan 26,55%ga ko‘p). Ozarbayjon Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 5,7 mln AQSh dollari Pokistondan Ozarbayjon mahsulotlari importiga toʻgʻri keldi.
Ozarbayjon va Pokiston oʻrtasidagi oʻrtacha oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2018-yil ikkinchi yarmida 7,3 million AQSH dollarini tashkil qildi.
2018-yilning yanvar-iyun oylarida tovar ayirboshlash hajmi 5,82 million AQSh dollarni tashkil etdi. 2018-yilda ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 36%ga ko‘p bo‘lgani hisoblangan.
Ozarbayjon va Pokiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2018-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 8,34 million AQSH dollarni tashkil etdi. 2017-yilning shu davriga nisbatan umumiy o‘sish 22,46%ni tashkil etdi.
Tovar aylanmasi (mln AQSh)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Eksport
Ozarbayjon |
Import Ozarbayjon |
summa
mln dollarda |
---|---|---|---|
2020[16] | 1657,57 | 11,625,54 | 13,283,11 |
2021[17] | 738,67 | 10 991,84 | 11 730,51 |
Harbiy hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston yadro quroli egalaridan biri va harbiy sanoatning yuqori sur’atlariga ega davlat sanaladi. Pokiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy hamkorlik masalalariga kelsak, umumiy maqsadlar uchun qurol ishlab chiqarish, harbiy korxonalarga poydevor qoʻyish kabi katta shartnomalar koʻzda tutilgan. Pokiston energiya manbalarining etishmasligi tufayli Ozarbayjon bilan energetika sohasida aloqalarni yanada mustahkamlashga harakat qilmoqda[18].
Gumanitar sohada
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012 va 2018-yillar oraligʻida Haydar Aliyev jamgʻarmasi gumanitar hamkorlik asosida Pokistonning bir qancha mahalliy ijtimoiy taʼminot institutlari va xayriya tashkilotlariga yordam koʻrsatdi.
Jamgʻarma, Dera Ismoil Xon hududida suv taʼminoti tizimini qurish uchun mablagʻ ajratdi va Peshovar shahridagi turli kasalxonalarda bepul davolanishni tashkil etdi. Bundan tashqari, Haydar Aliyev fondi Pokistonning 12 universiteti va Rara qizlar maktabining 30 dan ortiq talabalariga stipendiya ajratdi.
2015-yilning 8-aprelda Ozarbayjon Xalqaro taraqqiyot agentligi 2014-yil oktabrda Pokistonning turli shaharlarining qishloq joylarida sodir bo‘lgan suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam ko‘rsatdi[19] .
Madaniyat sohasida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boku davlat universitetida Pokiston tilining maxsus boʻlimi mavjud — Urdu.
1996-yil bahorida Ganja shahrini Pokistonning Multan shahri bilan birlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya qabul qilindi. 2004-yilda Islomobodda ikki tilda — ingliz va urdu tillarida „Ozarbayjonning taniqli mutafakkiri Jalil Mammadguluzodaning asarlariga koʻra“[20] kitobi nashr etildi.
2007-yilda Muzaffarobod shahrida zilzila sodir boʻldi[8]. Ozarbayjon jabrlangan davlatga 1,5 million dollar miqdorida moddiy yordam ko‘rsatdi. Gaydar Aliyev jamg‘armasi raisi tashabbusi bilan Muzaffarobod shahridagi Rara qishlog‘ida zamonaviy uslubdagi o‘rta maktab qurilishi boshlandi. maktab boshlandi, uning tantanali ochilishi 2008-yil fevral oyida boʻlib oʻtdi.
Turizm sohasida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boku-Islomobod, Boku-Karachi, Boku-Lahor reyslari amalga oshiriladi[21].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Как один азербайджанец спас миллион пакистанцев“. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ „Азербайджан - Пакистан: больше чем стратегическое партнерство“ (ru). 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „Азербайджан и Пакистан. Партнёрство.“. 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedemb
- ↑ „PRESIDENT MUSHARRAF’S VISIT TO AZERBAIJAN: AN EFFORT TO BUILD PAKISTANI REGIONAL LEADERSHIP | Central Asia-Caucasus Institute Analyst“. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
- ↑ „Саммит ОЭС“. 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 „Гейдар Алиев и Парвиз Мушарраф“. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Визит Парвиз Мушаррафа в Азербайджан.“. 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Азербайджан-Пакистан: экономические отношения далеки от идеала“ (ru). ru.sputnik.az. 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Турция, Азербайджан и Пакистан подписали Бакинскую декларацию“ (ru). EADaily. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „Azerbaijan, Turkey and Pakistan condemn Armenia's actions - Baku Declaration“ (en). Report News Agency. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „Одна нация — три страны: о сотрудничестве Турции, Азербайджана и Пакистана“ (ru). EADaily. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „Национальный банк Пакистана в Баку“. 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Пакистан ведет переговоры с Азербайджаном о подключении к коридору «Север-Юг» - Minval.az“ (ru). Minval.az (2017-yil 23-oktyabr). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Внешняя торговля Азербайджана 2020“ (az). Статистический Комитет АР Официальный сайт.
- ↑ „Внешняя торговля Азербайджана 2021“ (az). Статистический Комитет АР Официальный сайт.
- ↑ „Азербайджан и Пакистан договорились о расширении сотрудничества в энергетике, нефтегазодобыче и поставок энергоресурсов“ (ru). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „BILATERAL RELATIONS“. islamabad.mfa.gov.az. 2019-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
- ↑ „Официальные визиты глав государств“. 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Открылся прямой авиарейс Исламабад-Баку -ФОТО“ (ru). Apa.az. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Niyazov N. S. 1994-2010 yillarda harbiy sohada Ozarbayjon-Pokiston munosabatlarining rivojlanishi. Volgograd davlat universitetining Vesti-da Arxivnaya kopiya . Ser. 4, Sharq. 2011-yil. No 1 (19). 104-112-betlar.