Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon — Turkiya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari

Ozarbayjon

Turkiya
Diplomatik vakolatxona
Ozarbayjon elchixonasi Anqarada. Baku sok. No: 1, Oran 06450 Turkiya elchixonasi Bokuda. Samad Vurg‘un ko‘chasi, 134-uy
Elchixona
Elchi Rashad Mamedov Elchi Cahit Bağcı

Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlardir.

Etnik, diniy va madaniy jihatdan Turkiyaga yaqin boʻlgan Ozarbayjon uning Janubiy Kavkazdagi asosiy hamkori boʻlib qolmoqda[1], shuning uchun Turkiya — Ozarbayjonning mustaqilligini mustahkamlash va hududiy yaxlitligini saqlash borasidagi saʼy-harakatlarining sodiq tarafdori.

Еurli manbalarga koʻra, mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi — 9 kmdan 11 km gacha[2].

Ozarbayjon va Turkiya boks jamoalari, 1928-yil.

Ozarbayjon SSR davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kars shartnomasi imzolangandan keyin Turkiyaga Ozarbayjon SSR diplomatik vakillari yuborilgan[3]. 1921-1922 yillarda Ozarbayjon SSR va Kavkazorti SFSRning Turkiyadagi diplomatik vakili Ibrohim Abilov boʻlgan.

1991-yildan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabogʻ urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabogʻ urushi boshlanishi bilan Turkiya, ayniqsa, Ozarbayjon prezidenti Abulfaz Elchibey davrida Ozarbayjonni toʻliq qoʻllab-quvvatladi. Kelbajar viloyati Armaniston kuchlari nazoratiga oʻtganiganidan soʻng Turkiya 6-aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yigʻilishida murojaat bilan chiqdi. Ammo Xavfsizlik Kengashi Turkiya taklif qilgan „Armanistonning suveren — egamen Ozarbayjon Respublikasiga nisbatan tajovuzkorligi“ni rad etdi. Qabul qilingan rezolyutsiyada faqat „Togʻli Qorabogʻdagi mojaroda dushmanlik harakatlari avj olgani“dan jiddiy xavotir bildirildi, Armanistonning tajovuzi haqida hech narsa deyilmadi. 1992-yil mayida arman qurolli tuzilmalari Naxichevanga hujum qildi, Turkiya urushga aralashishi mumkin boʻlgan vaziyat yuzaga keldi[4]. 1993-yilda Turkiya Ozarbayjon viloyatlarini arman qoʻshinlari bosib olganini bahona qilib, Armaniston-Turkiya chegarasini bir tomonlama toʻsib qoʻydi. Turkiya hukumati Armaniston arman genotsidini xalqaro miqyosda tan olinishga urinishini toʻxtatib, oʻz qoʻshinlarini Togʻli Qorabogʻdagi mojaro zonasidan olib chiqib ketish sharti bilan chegarani ochishga vaʼda berdi[5].

Biroq aksariyat hollarda Turkiyaning yordami diplomatiya bilan cheklangan. Tadqiqotchi Svante Kornel fikricha, bunga Turkiyaning Kavkazdagi yana bir nufuzli oʻyinchi[6] — Rossiya bilan munosabatlarini buzishdan qoʻrqishi sabab boʻlgan. 1993-yil aprelida armanlar Ozarbayjonning Kelbajar viloyatini egallab olganida, Turkiya prezidenti Turgut Oʻzal Rossiyani Armanistonni qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblagan edi[7]. Shuningdek, Turkiya Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlikni kengaytirib, qurol yetkazib berishni boshlashini maʼlum qildi. Bunga javoban Rossiya mudofaa vaziri Pavel Grachyov Anqaraga safari chogʻida[8] Anqarani „Ozarbayjondan uzoqroq turing“ degan ma‘noda diplomatik tarzda ogohlantirgan edi.

Ikkinchi Qorabogʻ urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya 2020-yili Ikkinchi Qorabogʻ urushi vaqtida ham Ozarbayjonga siyosiy yordam koʻrsatdi. Oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuva erishilgach, Turkiya Ozarbayjonga Armaniston qoʻshinlari tashlab chiqqan hududlarni minalar va qoʻlbola portlovchi qurilmalardan tozalashda yordam berishni davom ettirdi[9]. 11-noyabrda Rossiya va Turkiya mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Hulusi Akar Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatish boʻyicha qoʻshma markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi[10].

Diplomatik munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya Ozarbayjon mustaqilligini 1991-yil 9-noyabrda tan olgan. Turkiya 1991-yilda Ozarbayjon mustaqilligini tan olgan birinchi davlat boʻlgan edi[11].

Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-yanvarda oʻrnatilgan[12].

Turkiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi 1992-yil yanvarida, Ozarbayjonning Turkiyadagi elchixonasi 1992-yil avgust oyida ochilgan.

Ozarbayjon parlamentida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruh faoliyat koʻrsatmoqda. Guruh rahbari — Ahliman Amiraslanov[13].

Turkiya Buyuk Millat Majlisida ikki tomonlama munosabatlar boʻyicha parlamentlararo guruh faoliyat koʻrsatmoqda. Guruh rahbari — Shamil Ayrim.

Ozarbayjon Bosh konsulligi Istanbul va Karsda[14][15][16] faoliyat yuritadi.

Naxichevan va Ganjada Turkiyaning Bosh konsulligi joylashgan[17][18][19][20][21].

Ozarbayjonning Istanbuldagi bosh konsuli — Narmina Mustafoyeva[22].

Tomonlar oʻrtasida 256 ta hujjat imzolangan.

Baʼzi konvensiyalar:

  • Imtiyozli savdo shartnomasi (2020-yil 25-fevral)
  • Aeronavigatsiya xizmatlari boʻyicha kelishuv (2022-yil may)[23]

Iqtisodiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon 2000-yillarda turk tovarlari uchun muhim bozorga aylandi. 2001—2011-yillarda Turkiyaning Ozarbayjonga yillik eksporti 225 million AQSh dollaridan 2 064 million dollargacha koʻtarilgan.

2020-yil 25-fevralida Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya Respublikasi[24] prezidentlari ishtirokida oliy darajadagi Ozarbayjon-Turkiya strategik hamkorlik kengashining VIII yigʻilishi boʻlib oʻtdi, uning doirasida Ozarbayjon-Turkiya davlatlari oʻrtasida bir qator hujjatlar imzolandi[25].

2020-yil dekabr oyida Ozarbayjon Energetika vazirligi va Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi oʻrtasida Naxichevanga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha memorandumi imzolandi[26].

Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasida imtiyozli savdo-sotiq toʻgʻrisidagi kelishuv mavjud[27].

1996-yildan beri iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya faoliyat koʻrsatmoqda.

Ozarbayjonda 5000 ga yaqin turkiyalik yuridik shaxs va tadbirkor faoliyat yuritmoqda[28].

Imtiyozli savdo-sotiq toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida 15 turdagi mahsulotlarning bojsiz aylanmasi amalga oshirilmoqda[29].

Ozarbayjonning Turkiyaga eksporti, yillar boʻyicha
Yil 2020[30] 2021[31]
ming dollar 2 597 776,65 2 818 136
umumiy eksportga nisbatan % 18.91 12.69
Ozarbayjonning Turkiyadan importi, yillar boʻyicha
Yil 2020[30] 2021[31]
ming dollar 1 563 048,04 1 843 709,29
umumiy importning % 14.57 15.75

Neft va gaz sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boku — Tbilisi — Jayhan neft quvuri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boku-Tbilisi-Jeyhan quvurining sxemasi.

Boku — Tbilisi — Jayhan — Turkiyaning Oʻrta yer dengizi sohilida joylashgan Jayhan portiga Kaspiy neftini yetkazib beradigan quvur liniyasi. 2004-yil 3-fevralda Bokuda Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya prezidentlari ishtirokida Boku — Tbilisi — Jayhan loyihasini moliyalashtirish boʻyicha hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtgan edi[32].

Butun neft quvurining rasmiy tantanali ochilish marosimi 2006-yil 13-iyulda Jayhanda[33] boʻlib oʻtdi. Bu MDHda Rossiyadan tashqarida yotqizilgan hamda AQSH va Buyuk Britaniyaning bevosita ishtirokida qurilgan birinchi neft quvuri edi. Ish boshlanishi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kaspiy dengizini qamrab olgan ulkan mintaqadagi kuchlarning geosiyosiy uygʻunligi yana bir bor keskin oʻzgardi. Mavjud Boku-Novorossiysk neft quvuri orqali Rossiya hududi orqali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan katta hajmdagi neftni tashish Rossiyani chetlab oʻtdi va bu uning mintaqadagi taʼsirini kamaytirdi.

Gaz quvurlari yoʻnalish xaritasi

Boku — Tbilisi — Arzrum gaz quvuri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 25-martida Boku — Tbilisi — Arzrum gaz quvurining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, unda Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya rahbarlari ishtirok etdi[34].

Nabukko (Nabucco)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkiya Prezidenti Abdulla Gulning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bokudagi uchrashuvi. 2010-yil 16-avgust.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘anning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bokudagi uchrashuvi, 2020-yil 25-fevral.

25-fevral, Nabukko Turkmaniston va Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, birinchi navbatda, Avstriya va Germaniyaga toprtilgan 3300 km uzunlikdagi magistral gaz quvuridir. Loyiha quvvati yiliga 26-32 milliard kub metr gaz yetkazib berishga moʻljallangan. Loyihaning taxminiy qiymati 7,9 milliard yevroni tashkil etadi. Loyiha 2002-yildan beri ishlab chiqilmoqda. Qurilish 2011-yilda boshlanib, 2014-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan edi[35]. Quvurning katta qismi Turkiya hududidan oʻtishi kerak edi. 2013-yil 28-iyun kuni Nabukko loyihasi yopilgani, ustuvor loyiha endi Trans-Adriatik gaz quvuri ekani va Shohdengiz konidan gazni Ozarbayjondan olib oʻtish umuman muammoli ekani eʼlon qilindi[36][37][38].

TANAP loyihasini ishlab chiqish 2011-yil 17-noyabrda Istanbulda boʻlib oʻtgan Uchinchi Qora dengiz energiya va iqtisodiy forumida rejalashtirilgan edi. 2011-yil 26-dekabrda Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasida gaz quvurini tortish va foydalanish boʻyicha memorandum imzolandi.

2015-yil 17-martda Rejep Tayyib Erdog‘an, Ilhom Aliyev va Georgiy Margvelashvili Turkiya sharqidagi Kars shahrida quvur poydevorini qoʻyish va shu tariqa gaz quvuri qurilishi boʻyicha ishlar boshlanishini nishonlash uchun rasman uchrashdi[39]. Qurilish 2015-yilda boshlandi va 2018-yil iyunida yakunlandi.

TANAP Janubiy gaz yoʻlagining bir qismi boʻlib, Trans-Adriatik quvur liniyasiga (TAP) ulanadi. Quvur Gruziya-Turkiya chegarasidan Turkiyaning gʻarbiy chegarasigacha oʻtadi. Bitta filial Turkiyadan Gretsiyaga, u yerdan Albaniyaga va Italiyadagi soʻnggi manzilga tortilishi rejalashtirilgan. Loyiha Ozarbayjonning Shohdengiz konidan gaz tashishni nazarda tutadi. Gaz quvuri Ozarbayjondagi Sangachal terminalidan boshlanadi. Uning dastlab rejalashtirilgan quvvati 16 milliard kub metr tabiiy gazni tashkil etadi. Olti milliard kub metr Turkiyaga, qolgani esa Yevropaga yetkazib beriladi. 2018-yilda gaz Turkiyaga yetib bordi va 2020-yilda Transadriatik gaz quvuri (TAP) qurilishi tugallangach, gaz Yevropaga yetkazilishi rejalashtirilgan edi. Loyiha aksiyadorlari: SOCAR (58 foiz), Botas (30 foiz) va BP (12 foiz)[40][41][42].

2018-yil 12-iyunda Turkiyaning Eskishehir viloyatida kompressor va oʻlchash stansiyasida Trans-Anadolu gaz quvurining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ozarbayjon va Turkiya prezidentlari gaz quvurini ishga tushirdi[43]. 2019-yil 30-noyabrda Turkiyadagi Edirne shahrining Ipsala qishlogʻida gaz quvuri Yevropa bilan bogʻlandi (1-bosqich)[44].

SOCAR Turkiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SOCAR 2008-yilda SOCAR Turkiya shoʻba korxonasi Petkim neft-kimyo majmuasini sotib olish orqali Turkiyaning neft-kimyo sektoriga sarmoya kiritdi[45].

2018-yil 19-oktabrda Turkiyaning Izmir shahrida Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi SOCARga tegishli STAR neftni qayta ishlash zavodining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[46].

Zavod nafta, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, suyultirilgan gaz hamda benzin va mazutdan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan. Bu yerda Azeri Light, Kerkuk va Urals kabi neft turlari qayta ishlanadi. Yiliga 10 million tonna mahsulotni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Gaz taʼminoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Ozarbayjon Turkiyaga 8 milliard 820,24 million kub metr gaz yetkazib berdi[47].

Gaz „Shohdengiz −1“ va „ Shohdengiz −2“ konlaridan qazib olinmoqda.

Boku — Tbilisi — Kars temiryoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boku — Tbilisi — Kars temiryoʻli Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temiryoʻl tarmoqlarini bogʻlaydigan transport koridoridir. Loyihaga 2007-yilda kirishilgan. 2007-yil 7-fevralda Gruziya, Ozarbayjon va Turkiya temiryoʻl koridorini yaratish boʻyicha hukumatlararo bitimni imzolagan edi[48]. Shartnoma doirasida Gruziyaning Axalkalaki stansiyasidan Kars shahridagi temiryoʻl vokzaliga qadar uzunligi 98 km boʻlgan temiryoʻl liniyasi qurilishi kerak edi, shundan 68 km Turkiya, 30 km Gruziya hududiga toʻgʻri keladi[49].

TANAP'ning ochilish marosimi, Eskishehir, 2018-yil 12-iyun.

2017-yil 30-oktyabr kuni Boku Tbilisi Kars (BTK) temiryoʻl liniyasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Ilhom Aliyev, Rejep Tayyib Erdog‘an va Giorgiy Kvirikashvili[50] ishtirok etdi.

Rafineri Holding (SOCAR Turkey Energy) — 60 %

SOCAR — 40 %[51]

Fuqarolar almashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqarolarning vizasiz sayohati toʻgʻrisida kelishuv mavjud[52].

2021-yil dekabr holatiga koʻra, Turkiyada 25 ming ozarbayjonlik talaba tahsil olmoqda. Ozarbayjonda 3 ming turk talabasi bor[53]. Ulardan 700 ga yaqini Ozarbayjon tibbiyot universitetida ta‘llim olmoqda[54].

Sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon kasalxonalardagi tibbiy asbob-uskunalar va asboblarning asosiy miqdori Turkiyada ishlab chiqarilgan[54].

Turkiyada ishlab chiqarilgan 1000 dan ortiq dori vositasi Ozarbayjonda davlat roʻyxatidan oʻtgan[54].

Tibbiyot turizmi rivojlanmoqda.

Harbiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti 2022-yil 28-may kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan Teknofest festivalida.

Turkiya Ozarbayjonning harbiy sohadagi asosiy hamkorlaridan biridir. 1992-yil yanvarida Ozarbayjon prezidenti Ayaz Mutalibov NATOga aʼzo davlat boʻlgan Turkiya bilan harbiy hamkorlik shartnomasi imzolagan edi[55]. Ozarbayjon qurolli kuchlari Turkiya qurolli kuchlari bilan koʻplab sohalarda yaqindan hamkorlik qilmoqda[56].

Turk instruktorlari Ozarbayjon dengiz flotining komanda va razvedka brigadasi kabi maxsus kuchlar boʻlinmalarini tayyorlaydi[57].

Qoʻshma deklaratsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya rahbarining Ozarbayjonga rasmiy ikki kunlik safari doirasida 2021-yil 15-iyunda Shusha shahrida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladi[58][59].

2021-yil 27-iyulda Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Boku deklaratsiyasiga qoʻl qoʻydi[60][61][62].

  1. {{{заглавие}}}.
  2. Халатов В. Ю. Геополитический узел Южного Кавказа // География : журнал. — 2006. — № 2. Архивировано 4-fevral 2022-yil.
  3. История Азербайджана В 3 томах. Баку: Издательство АН Азербайджанской ССР, 1963 — 276-bet. 
  4. „Карский договор“. 7-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2011-yil.
  5. „Армяне призвали США надавить на Турцию“. Lenta.ru (22-avgust 2005-yil). 4-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  6. Дворников В.В. „Карабахский конфликт в контексте общественно-политической жизни современного Азербайджана (дискуссионные аспекты)“. 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  7. „Turk Says Russia Is Tangled in Caucasus War“ (inglizcha). The New York Times (15-aprel 1993-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  8. Владимир Саввин. „Россия и Турция не сошлись во взглядах на "горячие точки"“. Коммерсантъ (15-may 1993-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  9. „Турецкие военные саперы прибыли в Азербайджан“ (ruscha). Министерство обороны Азербайджанской Республики. 17-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  10. „Россия и Турция договорились о создании центра по мониторингу в Карабахе“. РИА Новости (11-noyabr 2020-yil). 23-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  11. Саваш Генч. Отношения между ГУАМ и Турцией // Центральная Азия и Кавказ. — 2008. — № 3—4 (57—58). — С. 191. Архивировано 4-fevral 2022-yil.
  12. Эльчин Мехтиев. „Дружба и братство Турции с Азербайджаном имеют глубокие исторические корни“ (ruscha). Trend (14-avgust 2020-yil). 4-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  13. „Межпарламентская группа Азербайджан - Турция“ (ruscha). Национальное Собрание АР Официальный сайт. Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  14. „В Карсе состоится открытие нового здания консульства Азербайджана | V Karse sostoitsya otkritie novogo zdaniya konsulstva Azerbaydjana | Yejednevniy informatsionniy resurs — "Aze …“. 14-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2011-yil.
  15. „Посольство Азербайджана в Турции проведет мероприятия по случаю годовщины Ходжалинского геноцида“. Day.Az (23-fevral 2010-yil). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  16. „Ищите Посольства и Консульства Азербайджана? Информация о посольствах и консульствах Азербайджана за рубежом“. 2010-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2010-yil.
  17. Заур Нурмамедов. „Премьер-министр Турции посетит Нахчыван“. Day.az (29-may 2008-yil). 2008-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „МИД Азербайджана обнародовало приоритеты на 2011 год - Vesti.Az“. 2011-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2011-yil.
  19. Posolstvo Tursii v Azerbaydjane otmechaet godovщinu pobedi v bitve pri Chanaggala | Posolstvo Tursii v Azerbaydjane otmechaet godovщinu pobedi v bitve pri Chanaggala | Yejednevni …
  20. Novosti — Azerbaydjan
  21. „Список посольств иностранных государств в Республике Азербайджан“. 2009-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2010-yil.
  22. „«Моя Родина – это Шуша». Сурая ханум Агаоглу в воспоминаниях Нигяр Ахундовой“ (ruscha). 1news.az. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  23. „Азербайджан и Турция заключили важное соглашение в сфере аэронавигации - ФОТО“ (ruscha). Day.Az (27-may 2022-yil). Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  24. „Состоялось заседание Азербайджано-Турецкого совета стратегического сотрудничества - ОБНОВЛЕНО“ (ruscha). Информационное Агентство Репорт. 25-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2020-yil.
  25. „Подписаны азербайджано-турецкие документы“. Report (25-fevral 2020-yil). 25-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2020-yil.
  26. „Азербайджан подписал меморандум о взаимопонимании с Турцией по поставкам природного газа в Нахчыван“ (ruscha). Информационное Агентство Репорт. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  27. „Соглашение о преференциальной торговле“ (az). e-qanun.az. 18-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
  28. „Азербайджан и Турция планируют значительно увеличить товарооборот“ (ruscha). Day.Az (11-fevral 2022-yil). 20-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2022-yil.
  29. „Торговый оборот между Азербайджаном и Турцией вырос более чем на 12%“ (ruscha). Apa.az. Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  30. 30,0 30,1 „Статистика внешней торговли АР за 2020 год“ (az). Таможенный комитет АР Официальный сайт. 6-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  31. 31,0 31,1 „Статистика внешней торговли АР за 2021 год“ (az). Таможенный комитет АР Официальный сайт. 31-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  32. Sputnik. „Экономика Грузии: новости сегодня / 03.02.2004“ (ruscha). m.sputnik-georgia.ru. 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  33. „Kazakhstan starts transporting oil by Baku-Tbilisi-Ceyhan pipeline“. Itar-Tass (3-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2008-yil.
  34. „Азербайджан значительно нарастил экспорт газа по трубопроводу БТЭ“. EADaily (15-sentabr 2021-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  35. Наталья Жогова. „Россия победила в гонке газопроводов“. Взгляд (6-fevral 2008-yil). 4-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  36. „EU-backed Nabucco project ‘over’ after rival pipeline wins Azeri gas bid“ (inglizcha) (27-iyun 2013-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  37. Eoin O'Cinneide. „TAP confirmed as Shah Deniz 2 winner“ (inglizcha). Upstream Online (28-iyun 2013-yil). 2-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  38. Алена Миклашевская. „Румыния поставила крест на Nabucco“. Коммерсантъ (29-avgust 2013-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  39. „Aliyev, Erdogan Sign Inter-Governmental Agreement on Trans-Anatolia Gas Pipeline to Europe - Jamestown“ (inglizcha). Jamestown. 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  40. „About Tanap | Tanap“. 7-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  41. „Trans Anatolian Natural Gas Pipeline Project | Tanap“. 5-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  42. „Trans Anatolian Natural Gas Pipeline Project (TANAP) - Hydrocarbons Technology“. 24-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  43. „В Турции открыли газопровод TANAP“ (ruscha) (12-iyun 2018-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  44. „Turkey connects Europe, Asia with major gas line TANAP“. DailySabah. 1-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2019-yil.
  45. „Нефтехимический комплекс SOCAR вошел в топ-10 рейтинга ESG“ (ruscha). Day.Az (11-oktabr 2021-yil). 20-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  46. „SOCAR’ın dev yatırımı STAR Rafineri açıldı“. NTV (19-oktabr 2018-yil). 20-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  47. „Азербайджан в числе основных поставщиков газа в Турцию“ (ruscha). Day.Az (29-aprel 2022-yil). 10-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  48. „Открытие ж/д Баку-Тбилиси-Карс намечено на конец октября“. www.kavkazplus.com. 19-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  49. „Азербайджан начнет финансирование грузинского участка строительства линии Карс-Тбилиси-Баку“. Regnum (19-mart 2007-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  50. „Баку-Тбилиси-Карс: путь к успеху открыт — Turkish Forum“ (ruscha). 19-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  51. Azvision. „Azerbaijan always with Turkey - Erdogan“ (en). https://azvision.az.+19-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2018-yil.
  52. „Соглашение о безвизовых поездках“ (az). e-qanun.az. 18-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
  53. „Названо число обучающихся в Турции азербайджанских студентов“ (ruscha). Day.Az (18-dekabr 2021-yil). 21-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  54. 54,0 54,1 54,2 „В Баку анонсированы завершение пандемии и запуск спецпортала для выезжающих на лечение в Турцию“ (ruscha). Vesti.az. Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
  55. „Азербайджан-НАТО (обзор взаимоотношений с 1992-го по 2006 год)“. 23-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2011-yil.
  56. Алексей Дружинин. „Азербайджано-турецкие отношения в военной сфере продолжатся — Алиев“. РИА Новости (2-noyabr 2009-yil). 19-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2022-yil.
  57. Emil Sanamyan. „U.S. foreign aid, Turkey's Akhtamar ploy, looking for intelligence in Azerbaijan“ (inglizcha) (16-aprel 2007-yil). 26-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2010-yil.
  58. „Турция и Азербайджан договорились о союзничестве и обороне“. lenta.ru. 18-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  59. „Erdoğan ve Aliyev 'Şuşa Beyannamesi'ne imza attı“ (turkcha). www.trthaber.com. 15-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  60. „Турция, Азербайджан и Пакистан подписали Бакинскую декларацию“ (ruscha). EADaily. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  61. „Azerbaijan, Turkey and Pakistan condemn Armenia's actions - Baku Declaration“ (inglizcha). Report News Agency. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  62. „Одна нация — три страны: о сотрудничестве Турции, Азербайджана и Пакистана“ (ruscha). EADaily. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.