Pınargözü gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pınargözü
Chuqurlik 720 metr (2,362 ft)
Uzunlik 16 kilometr (10 mi)
Ochilish yili 1964-yil
Turi gʻor
37°41′44″N 31°18′33″E / 37.69556°N 31.30917°E / 37.69556; 31.30917 G OKoordinatalari: 37°41′44″N 31°18′33″E / 37.69556°N 31.30917°E / 37.69556; 31.30917 G O
Xaritani koʻrsatish/yashirish
[[File:|290px|Pınargözü gʻori xaritada]]

Pınargözü gʻori (turkchada: Pınargözü Mağarası, tarjimasi: „suv koʻzi“) — Turkiyaning Isparta viloyati, Yenişarbademli tumanidan 18 km gʻarbda joylashgan gʻor[1]. U Turkiyadagi eng uzun gʻor boʻlib, haligacha toʻliq oʻrganilmagan. Gʻorga kirish joyi 1550 metr balandlikdagi Dedegöl togʻi etagidan boshlanadi. Oʻrmonli hududida Kızıldağ milliy parki joylashgan[2]. Gʻor ogʻzidan Devre Su deb nomlanadigan suv oqimi oqib turadi[3]. Gʻorda tor teshiklar boʻlib, ular orqali 166 km/soat tezlikda doimiy shamol aylanadi[4]. Dastlab gʻor topilgan joy sharsharalar, suvli yoʻlaklari koʻpligi sabab oʻrganish qiyin hisoblangan va oldin maʼlum boʻlgan turk gʻorlari roʻyxatiga kiritilmagan[5]. U yerga borishga ham faqat tegishli uskunalarga ega mutaxasislarga ruhsat berilgan[6].

Qidiruvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻor ilk marta 1964-yilda Turkiyalik gʻorlar otasi hisoblangan Temuçin Aygen tomonidan topilgan[7]. U va Turkiya speleologiya jamiyati dastlab gʻorga kirishda suv toʻsiqlari tufayli qiyinchilikka uchragan[8]. Ammo Spéléo-club de Parisning fransuz speleologlari guruhi mahalliy turk gʻorlarini oʻrgangan va bu gʻorga ham birinchi boʻlib kirishgan. 1965-yil 6—12-avgustda jamoa aʼzolaridan J. L. Pintaux hamda Doniat suv toʻsigʻidan oʻtib gʻorni birinchi boʻlib koʻzdan kechirib chiqqan. Keyinchalik ular bilan hamkorlikda Britaniya speleologiya assotsiatsiyasidan Michael Clarke gʻorga ikkinchi boʻlib tashrif buyurgan. Ular 80 metr balandlikdagi suv toʻsigʻidan oʻtish bilan birga atrof-muhitni 900 metrgacha oʻrganib chiqqan. Gʻor ichidagi birinchi sharsharani hujjatlashtirgan[9].

1970-yil avgust oyida Fransiyaning Alp klubi Clarke bilan birgalikda gʻorga yer ostidan kirib borish yoʻlini topishadi (3220 m). Kirish joyidan 190 metr koʻtarilganda sharshara yonida toʻxtashadi. 1975-yil sentyabrda Red Rose jamoasi gʻor yonidan oʻtadigan irmoqni aniqlaydi va uni „badavlat suv ombori“ deb ataydi.

1970-yilda gʻorning kirish joyidan boshlab 248 m balandlik va 5,275 m uzunlikda ekanligi aniqlangan[10]. Uning ichida 100 dan ziyod gʻorlar xaritaga kiritilgan[11]. 1992-yilda gʻorning uzunligi 12 km ekanligi rasmiylashtirilgan. 2011-yilda fransuzlar guruhi tomonidan gʻor 16 kmdan uzunroq ekanligi takidlangan[12].

2011-yilda Turkiya hukumati Kızıldağ parki gʻoyasini ishlab chiqdi, bundan maqsad esa gʻor atrofidagi joylarni parkka aylantirish va asosan Pınargözü gʻorini tadqiq qilish boʻlgan. Loyiha gʻorni oʻrganish qiyinligi bois 2015-yilgacha davom etgan. 2015-yil loyiha menejeri Selim Erdogan fransuzlar aniqlagan 16 km tahmini bekor ekanligini, jami uzunlik 10,5 kmga borishini aytib oʻtadi. Ammo Pınargözü gʻorining toʻliq maydoni haligacha nomaʼlum[13].

Geologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pınargözü gʻori gʻarbiy Tavr togʻlari hududida joylashib, tahminan 40 000 km2 maydonni tashkil qiladi[14]. Bu hududda karst ohaktoshlari koʻp uchraydi va shu sabab tuprogʻi gʻovak va eroziyaga moyil. Turkiya arxeologik manzilgohlari boʻyicha ushbu hududda 2400 dan koʻp gʻor borligi aniqlangan. Umumiy Turkiya hududi boʻyicha esa Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 20 000 dan ortiq gʻor borligi taʼkidlangan. Pınargözü gʻori gorizontal sathda joylashgan. Umumiy joylashuviga koʻra gʻor Dedegʻol togʻi yonbagʻirlarida 1550 m (5090 fut) balandlikka koʻtarilgan va kengligi 5 metr (1 fut 8 dyuym) boʻlgan kirish joyidan taxminan 720 m (2360 fut) balandlikda joylashgan[6].

Gidrologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pınargözü gʻori ichidan suv oqib turgani sababli faol gʻorlar jumlasiga kiradi. U yerdagi buloq doim gʻorni yuvib turadi, lekin u yerda yarim doimiy qorli dalalar, muzli koʻllar mavjudligi sababli uning manbai aniqlanmagan[15]. Gʻorda katta sharsharalar, suv havzalari, suv omborlari koʻp. Suv harakati ham mavsumga qarab doimiy oʻzgarib turadi. Yoz oylarida sekundiga 700 litrgacha suv almashadi. Suvning harorati yil davomida 4—5 °C atrofida. Suv bosgan joylarni oʻrganishda gʻavvoslar shunga mos qalin himoya kiyimlarini kiyadi. Aksariyat joylarda gʻor havo harorati 5 °C gacha boʻladi[16].

Shamolning ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻor kirish qismidan esib turadigan shamol tezligi soatiga 100 km/soatdan 160 km/soatgacha boʻlgan. Beaufort shamol kuchlari shkalasi boʻyicha 89 km/soat dan yuqori boʻlgan har qanday shamol dovul sifatida, 118 km/soatdan yuqori boʻlgan har qanday shamol boʻronli shamol deb tasdiqlangan. Gʻordagi bu kuchli shamol gʻorning baland va past qismlaridagi teshiklar orasiga kirib chiqib turishidan yuzaga kelgan[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gunn, John (2004). Encyclopedia of caves and karst science. New York: Fitzroy Dearborn. p. 1587. ISBN 0203483855. OCLC 252813655.
  2. Bayari, C. Serdar; Özbek, Onur (May 1995). „An Inventory of Karstic Caves in the Taurus Mountain Range (Southern Turkey): Preliminary Evaluation of Geographic and Hydrologic Features“ (PDF). Cave and Karst Science. 21 (3): 81-92.
  3. Scheffel, Richard L.; Wernet, Susan J., eds. (1980). Natural Wonders of the World. New York City: Reader’s Digest Association. pp. 294-95. ISBN 0-89577-087-3.
  4. Hanson, Jeanne K.; Nash, Geoffrey H. (2007). Caves. Infobase. p. 98. ISBN 9781438106656.
  5. „Pınargözü TAY-Yerlesme Ayrıntıları“. tayproject.org. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12.
  6. 6,0 6,1 Aydoğan, Muhammed (2010). "Caves of Turkey". In Evelpidou, Niki; deFigueiredo, Tomás; Mauro, Francesco; Tecim, Vahap; Vassilopoulos, Andreas (eds.). Natural Heritage from East to West: Case studies from 6 EU countries. Springer. pp. 287-301. ISBN 9783642015779.
  7. „Pınargözü Mağarası'nda Harıtalandirma Çalişmasi Yapiliyor“. Eğirdir Haber Akın Gazetesi. 2015-08-24. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12.
  8. French Federation of Speleology (1990). Rapport D’Expedition A Pinargôzü Turquie 1988-1989 (PDF) (Report). pp. 1-35. Retrieved 2018-08-25 — via Fédération Française de Spéléologie.
  9. French Federation of Speleology (1990). Rapport D’Expedition A Pinargôzü Turquie 1988-1989 (PDF) (Report). pp. 1-35. Retrieved 2018-08-25 — via Fédération Française de Spéléologie.
  10. Cassely, Ian (1976). "Turkey 1975" (PDF). Proceedings of the University of Bristol Spelaeological Society. 14 (2): 185-188 — via ubss.org.uk.
  11. Yamaç, Ali. „Claude Chabert And The Mapping Of Ayvaini Cave — Turkey“.
  12. „Pınargözü Mağarası'nda Harıtalandirma Çalişmasi Yapiliyor“. Eğirdir Haber Akın Gazetesi. 2015-08-24. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12.
  13. „Mağaralar“. www.ispartakulturturizm.gov.tr (in Turkish). Retrieved 2018-08-25.
  14. Cassely, Ian (1976). „Turkey 1975“ (PDF). Proceedings of the University of Bristol Spelaeological Society. 14 (2): 185-188 — via ubss.org.uk.
  15. Clarke, Mike (December 1970). "Pinar Gozu". Bulletin of the British Speleological Association. New Series No. 2: 11-14 — via British Caving Library.
  16. Clarke, Mike (December 1970). „Pinar Gozu“. Bulletin of the British Speleological Association. New Series No. 2: 11-14 — via British Caving Library.
  17. Bayari, C. Serdar; Özbek, Onur (May 1995). „An Inventory of Karstic Caves in the Taurus Mountain Range (Southern Turkey): Preliminary Evaluation of Geographic and Hydrologic Features“ (PDF). Cave and Karst Science. 21 (3): 81-92.