Kontent qismiga oʻtish

Pahlavon Mahmud majmuasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pahlavon Mahmud majmuasi
Joylashuvi Ichan qalʼa, Xiva, Xorazm viloyati
Turi Majmua
Arxitektura uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binolar Xonaqoh va maqbara
Mashhur kishilari Pahlavon Mahmud
Abulgʻozixon
Muhammad Rahimxon I
Olloqulixon
Qurilish materiali Pishiq g'isht
Map
Pahlavon Mahmud majmuasi xaritada
Pahlavon Mahmud majmuasi Vikiomborda
Pahlavon Mahmud maqbarasi

Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18101913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664-yilda moʻjaz sinchkori imorat qurilgan. Pahlavon Mahmud (1247—1326) maqbarasi azaldan oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlar vakillari ziyorat qilgan va ziyorat qiladigan muqaddas maskan hisoblanib kelgan. Bu majmua Xivada „Hazrati Pahlavon Pir“ nomi bilan ham mashhurdir[1]..

Vasiyatga koʻra, Pahlavon Mahmud oʻzining teri koʻnchilik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan bu yerda hurmatli ziyoratgoh paydo boʻldi va keyinchalik uning nomi bilan atalgan majmua barpo etildi.

XIII asrda yashagan Pahlavon Mahmud oddiy hunarmandlardan chiqqan mahalliy shoir boʻlib, yengilmas kurashchi sifatidagi qahramonlik kuchi, odamlarni davolay olish qobiliyati bilan ham mashhur edi. Uning qabri Juma masjidi orqasidagi qabristonda edi. Mahalliy ogʻzaki ijodda Pahlavon Mahmud hayoti va faoliyatiga oid koʻplab tafsilotlar tasvirlangan. Qadim zamonlardan beri u shaharning homiysi sifatida eʼzozlangan.

Dastlab maqbara binosi kamtarona edi, ammo bu joy mashhur ziyoratgohga aylangani sababli tez orada bu yerda masjidlar va xonaqohlar quriladi. Maqbara atrofida ziyoratchilar ham namoz oʻqiydilar, bundan tashqari, ziyoratchilar uchun yashash va boshqa xonalar ham mavjud edi. Asta-sekin maqbara Xivadagi eng katta gumbazli, tepasi yaltiroq zarhallangan koʻk rangli sirlangan koshinlar bilan qoplangan ajoyib inshootga aylandi. Olloqulixon davrida bino mayolika qoplamasi bilan bezatilgan.

Darvozaxona eshigidagi yozuvga koʻra, P. Pahlavon Mahmud majmuasining qurilish sanasi 1701-yilda Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 18251835-yillarda uning oʻrnida gʻishtin toqu ravoqli serhasham maqba-ra (17,5x25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4x4 m) qad koʻtargan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulgʻozixon, 164363; Shohniyozxon, 16951702; Muhammad Rahimxon I, 180726; Temurgʻozixon, 185758 va boshqalar) ham shu yerga dafn etilgan. 1913-yilda usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining gʻarb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga oʻymakori ustunli ayvon qurilgan. Maqbara uch qismdan iborat: Xonaqoh, qabrxona va yoʻlak[2]. Maqbraning gʻarbiy tomonida joylashgan xonaga Pahlavon Mahmud dafn etilgan. Xonaqohning shimoliy qismidagi devor yoniga Muhammad Rahimxon qoʻyilgan. Unga yaqinroq joyda Xiva xonlari Abulgʻozixon va Anushaxonga qabr tosh qoʻyilgan. Olloqulixon esa yoʻlakka dafn etilgan. XIX asr oxiriga kelib Pahlavon Mahmud majmuasining atrofi Xiva xonlari hamda ularning yaqin qarindoshlari dafn etiladigan xilxonaga aylantirilgan[3]. Asfandiyorxon (1910—1920-yillar hukmronlik qilgan) davrida hovlining gʻarbiy qismida ikki qavatli Qorixon masjidi, sharqiy qismida yozgi masjid qurilgan[4].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orqali kiriladi, ichkari sahniga gʻisht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, oʻngda ayvon, soʻlda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtogʻidagi gʻishtlar orasida sirkor bandlar bogʻlangan, ikki chekkasidagi guldasta morpech shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qubbasigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning gʻarbiy eshigi orqali ziyoratxonaga oʻtiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sagʻanasi joylashgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasidagi asosiy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad K,alan-dar oʻgʻli, Soʻfimuhammad Abdujabbor oʻgʻli va Abdulla „jin“lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810), tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 yilda usta Roʻzimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon taʼmir etilgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasida 19-asr Xiva meʼmorligi us-lubi yorqin namoyon boʻlgan.[5]

  1. „Pahlavon Mahmud maqbarasi“. meros.uz. Qaraldi: 12-oktabr 2023-yil.
  2. „Pahlavon Mahmud maqbarasi“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 12-oktyabr 2023.
  3. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 48-bet. 
  4. Alexey Arapov. Die historischen Denkmäler Usbekistans. Taschkent·Samarkand·Buchara·Chiva·Shahrisabz.. SMI-ASIA, Taschkent 2016 — 102-bet. ISBN 978-9943-17-075-9. 
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil