Palladiy
Palladiy(Pd) | |
---|---|
Atom raqami | 46 |
Koʻrinishi | Oq-kumush rangli, yumshoq, bolgʻalanuvchan metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
106.42 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 137 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
803.5(8.33) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 128 pm |
Ion radiusi | (+4e) 65 (+2e) 80 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
2.20 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 0, +1, +2 (deyarli doim), +3, +4 (tez-tez), +5, +6 (gohida) |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 12.02 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.244 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 71.8 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 1554 K |
Erish issiqligi | 17.24 kJ/mol |
Qaynash harorati | 2940 K |
Qaynash issiqligi | 372.4 kJ/mol |
Molyar hajm | 8.9 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 3.890 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | 275.00 K |
46 | Palladiy
|
Pd | |
4d10 |
Palladiy (lotincha: Palladium), Pd — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guru-higa mansub kimyoviy element. Tartib raqami 46, atom massasi 106,42. Tabiiy Palladiy 6 ta barkaror izotop: IO2Pd (1%), l04Pd(ll,4%), 105Pd(22,33%),l06Pd(27,33%), 108Pd(26,46%) va 110Pd (11,72%) dan ibo-rat. Eng uzok vaqt mavjud boʻluvchi sunʼiy radiaktiv izotopi IO7Pd (T]/2=7-106 yil). Palladiyning koʻpgina izotoplari nisba-tan ozroq miqdorda uran va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida hosil boʻladi.
Palladiyni 1803-yil ingliz olimi Vollaston tozalanmagan platinadan ajratib olgan va uni 1802-yilda kashf qilingan Pallada planetasi nomi bilan atagan. Palladiy Yer poʻstining massa jihatidan 1 10 b% ini tashkil etadi. Tabiatda tugʻma yoki boshqa noyob metallar va kimyoviy birikmalar bilan qotishmalar holida uchraydi.
Palladiy platina guruxchasidagi metallarning eng yumshogʻi, eng yengili va eng bolgalanuvchanidir. Palladiy kumush kabi yaltiroq, tashqi koʻrinishi platinani eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 1554°; qaynasht-rasi 2940°, zichligi 12,02 g/sm³. Palladiy platina guruhchasidagi boshqa metallarga karaganda kimyoviy jihatdan faol. Zar suvida, nitrat kislotada, konsentrlangan kaynoq sulfat kislotada eriydi. 700° gacha qizdirilganda sirti oksidlanadi, uy temperaturasida nam xlor va brom bilan, kizdirilganda quruq ftor, xlor hamda oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi. Palladiy juda koʻp miqdorda vodorod yutish xususiyatiga ega (1 hajm Palladiy 800 hajmga yaqin vodorod yutadi). Palladiy molekulyar vodorodni yutib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida uni foal atom holida ajratib chiqaradi. Shu sababli Palladiydan vodorod atomi ishlatiladigan kimyo sanoatlarida keng foydalaniladi.
Palladiy birikmalarda, odatda, 2 va 4 valentli, baʼzi hollarda 3 valentli. 2 valentli birikmalari barqarorroq. Palladiyning PdO, Pd2O3, Pd°2 tarkibli ok-sidlari maʼlum. Galogenlar bilan palladiy (II) - ftorid PdF2, palladiy (III) - ftorid PdF3, palladiy (II) -xlorid PdCl2, palladiy (II) - yodid Pdl2 hosil qiladi. Oltingururtli bi-rikmalaridan palladiy (II) - sulfid PdS, palladiy (IV) - sulfid PdS^ap mavjud. Palladiy tuzlarining koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi va eritmalarida kuchli gidrolizlanadi.
Palladiy sulfidli misnikel rudalaridan platina bilan birgalikda, shuningdek, oltin sochilmalari va rudalaridan olinadi. Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya korxonalarida Palladiyni mis va qimmatbaho metallar olish texnologiyasi qoldiqlaridan ajratib olinadi. Palladiy va uning qotishmalari elektrotexnikada, kimyo sanoatida gidrogenizatsiya va degidrogenizatsiya katali-zatori sifatida, oltin, platina, rodiy bilan qotishmalari termoregulyator va termoparalar tayyorlashda, oltin, kumush, nikel va boshqa elementlar bilan qotishmasi zargarlikda va stomatologiyada ishlatiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Metallurgiya blagorodnix metallov, Palladiy, 1987.
Omonulla Xoʻjayev.[1]
Palladiy - unsurlar davriy jadvalining 46 unsuri, metall.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |