Kontent qismiga oʻtish

Penelope Lively

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dame Penelope Margaret Lively (qizlik familyasi Low; 1933-yil 17-martda tugʻilgan)[1] – bolalar va kattalar uchun moʻljallangan fantastik asarlar yaratgan ingliz yozuvchisi. Lively 1987-yilda Buker mukofotini („Moon Tiger“ asari uchun) va 1973-yilda Britaniya bolalar adabiyotining Carnegi medalini („The Ghost of Thomas Kempe“ asari uchun) qoʻlga kiritdi.

Bolalarga bagʻishlangan fantastik asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lively avval bolalar fantastikasiga bagʻishlangan asarlar bilan muvaffaqiyatga erishdi. Uning birinchi kitobi „Astercote“ 1970-yilda Heinemann nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Bu oʻrta asrga tegishli Cotswolds qishlogʻi va undan uzoq boʻlmagan oʻrmonzorning oʻlat tufayli yoʻq boʻlib ketishi haqidagi fantastik romanidir[1].

Lively bolalar uchun yigirmadan ortiq kitoblarni nashr etdi. Ayniqsa "The Ghost of Thomas Kempe" va "A Stitch in Time"[2] asarlari alohida eʼtirofga sazovor boʻldi[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lively 1957-yilda akademik va siyosiy nazariyotchi Jack Lively bilan turmush quradi. Ularning bir oʻgʻil va bir qiz farzandi bor edi. Livelyning turmush oʻrtogʻi 1998-yilda vafot etgan[3]. Hozirda Lively Londonda yashaydi[4].

Lively Qirollik Adabiyot Jamiyatining aʼzosi boʻlgan[5].

Lively Buker mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga ikki marta kiritilgan[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Dame Penelope Lively“. britannica.com. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  2. „Dame Penelope Lively“. britannica.com. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  3. Reeve, Andrew. „Obituary: Professor Jack Lively“. The Independent (30-oktabr 1998-yil). 25-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2019-yil.
  4. „Penelope Lively“. penelopelively.co.uk. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  5. „Friends of the British Library Annual Report 2006/07“. 2010-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2009-yil.
  6. Moon Tiger By Penelope Lively -Published by Deutsch Accolades: The Man Booker Prize 1987 Winner at themanbookerprize.com, Accessed 24 April 2018
  7. Beyond the Blue Mountains (1997) London: Viking ISBN 9780670869053

(Carnegie Winner 1973). Living Archive: Celebrating the Carnegie and Greenaway Winners. CILIP. Archived copy of page at carnegiegreenaway.org.uk, Retrieved 17 August 2012.</ref>}}